Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:36

Tadbirkorlar: Prezident farmoniga qaramay¸ banklar kredit ta’tili berish so‘rovini rad qilmoqda


Markaziy bank tijorat banklariga pandemiya oqibatida og‘iq ahvolga tushgan mijozlarga kredit ta’tili berishni tavsiya qilgan¸ ammo tijorat banklari bu tavsiyani qabul qilmaslik vakolatiga ega.
Markaziy bank tijorat banklariga pandemiya oqibatida og‘iq ahvolga tushgan mijozlarga kredit ta’tili berishni tavsiya qilgan¸ ammo tijorat banklari bu tavsiyani qabul qilmaslik vakolatiga ega.

Dunyoning aksar davlatlari qatori O‘zbekistonda ham koronavirus bilan bog‘liq keskin cheklovlar va karantin oqibatida bankrotlik yoqasida qolgan tadbirkorlardan tortib o‘z hisobidan mehnat ta’tiliga chiqarilgan oddiy ishchilarga qadar bankdan olgan krediti to‘lovlarini qanday qaytarish muammosi oldida qolmoqda.

24 mart kuni Ozodlikka bog‘langan o‘zbekistonlik tadbirkorlar kredit to‘lovlarini kechiktirib turishni so‘rab banklarga murojaat qilgani¸ ammo rad javobi olganini bildirdi.

O‘zbekiston Markaziy bankining Ozodlik suhbatlashgan mulozimi kredit to‘lovlarni to‘lashga qiynalib qolganlarga 2020 yilning 1 oktabrigacha to‘lov ta’tili berish va kredit muddatini uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotganini aytdi.

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida yashovchi fermer Shodiqul Matkarimov 2018 yilda "Har bir oila — tadbirkor" dasturi doirasida "Xalq banki" tuman bo‘limidan uch yilga 30 million so‘mlik kredit olgan.

Tadbirkor koronavirus bilan bog‘liq cheklovlar kredit to‘lovlarini to‘lash imkonidan maxrum qilganini aytadi.

Kredit olganmiz, sakkiz foizlik. Oyda 1 million 150 ming so‘m to‘lovi bor. Shu paytgacha to‘lab keldik. Hozir ishimiz to‘xtab qolgan. Koronavirus sabab hech qayerga qimirlay olmayapmiz.

- Kredit olganmiz, sakkiz foizlik. Oyda 1 million 150 ming so‘m to‘lovi bor. Shu paytgacha to‘lab keldik. Hozir ishimiz to‘xtab qolgan. Koronavirus sabab hech qayerga qimirlay olmayapmiz. Ko‘chaga chiqmanglar deyapti, shunga pul kelishi to‘xtagan. Karantin davrida to‘lovlarni muzlatib tursa yaxshi bo‘lar edi, lekin banklar to‘lamasalaring peniya minadi, deb ogohlantiryapti, - deydi sardobalik fermer.

Toshkentdagi "Vatanparvar" tashkiloti qoshida tashkil etilgan haydovchilik maktabi xodimi 24 mart kuni Ozodlik bilan suhbatda o‘zi va o‘nlab hamkasbi oyliksiz mehnat ta’tiliga chiqarilgani sabab bank to‘lovlari tugul¸ kommunal xizmatlar haqlarini to‘lashga qiynalayotganini aytdi.

Hali karantin bo‘lmasidan hamma avtoshkola xodimlarini o‘z hisobidan ta’tilga chiqarishdi. Bir so‘msiz qoldik.

- Hali karantin bo‘lmasidan hamma avtoshkola xodimlarini o‘z hisobidan ta’tilga chiqarishdi. Ertadan boshqa tashkilotlarning xodimlari ham bessoderjaniyaga chiqarilyapti. Bir so‘msiz qoldik. Mayli¸ o‘z hisobimizdan bo‘la qolsin, lekin uyga olgan ipoteka kredit to‘lovlarini, kommunal to‘lovlarni karantin tugaguncha to‘xtatib turishsa yaxshi bo‘lardi. Boshqa davlatlarda shunaqa qilishyapti, bizda yo‘q, - deydi haydovchilik maktabi xodimi.

Ozodlik kredit to‘lovlarini to‘lashga qiynalayotganlarning arzi yuzasidan Markaziy bank rasmiylari bilan bog‘landi.

Markaziy bankining 24 mart kuni Ozodlik suhbatlashgan mulozimi kredit to‘lovlarni to‘lashga qiynalib qolganlarga 2020 yilning 1 oktabrigacha to‘lov ta’tili berish masalasi ko‘rib chiqilayotganini aytdi.

- Mijozlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularga to‘lovlar bo‘yicha 2020 yil 1 oktabriga qadar imtiyoz berish va shuni evaziga kredit shartnoma muddatini uzaytirish masalasini ko‘rib chiqyapmiz. Joylardagi tijoriy banklarga bu bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Har bir mijoz vaziyati o‘rganilib, ularga imtiyozlar, jumladan to‘lov ta’tili berish kerakligi aytilgan, - dedi Markaziy bank mulozimi.

Ozodlik bilan suhbatda bo‘lganlar Markaziy bank tavsiyasi tijorat banklarida qabul qilinmayotgani¸ o‘zlari borgan mahalliy bank bo‘limlari to‘lovlarni kechiktirib turish so‘rovini rad qilayotganini aytishdi.

- Juma kuni ham telefon qildim, bugun ham telefon qildim. "Xalq banki" xodimi "to‘laysan, to‘lamasang qo‘shimcha qiymat minadi ustiga", deydi. To‘lovdan qochayotganimiz yo‘q. Davlat uydan chiqmanglar deyotgan ekan¸ bu yog‘ini ham qilsin, - deydi sardobalik tadbirkor Shodiqul Matkarimov.

"Xalq banki"ning Toshkentdagi markaziy idorasining matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi sabab ismi ochiqlanmasligini istagan xodimi kredit to‘lovlarini kechiktirish so‘ralgan murojaatlarning ko‘payib ketganini bildirdi.

- Har bir holatni o‘rganib chiqyapmiz. Agar haqiqatan ham koronavirus sabab mijozimiz to‘lov imkonisiz qolgan bo‘lsa, ishidan ayrilgan yoki o‘z hisobidan ta’tilga chiqarilgan bo‘lsa¸ ularga¸ albatta¸ imtiyozlar beriladi.

Ayni paytda na Markaziy bank¸ na "Xalq banki" mulozimi to‘lov ta’tiliningg kimlarga¸ qachondan boshlab¸ qanday shartlar asosida berilishiga aniqlik kiritdi.

O‘zbekiston prezidenti 2020 yil 20 martda imzolagan "Koronavirusning iqtisodiyotga salbiy ta’siri va global inqirozni yumshatish bo‘yicha farmoni"da ham kreditlarni qaytarish muddatini kechiktirish va kechiktirilgan muddatda qarzdorlik uchun jarima qo‘llanilmasligi haqida aytilgan.

Moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ajratilgan kreditlar to‘lovlarini ham jarima sanksiyalarini hisoblamagan holda 2020 yil 1 oktabrga qadar uzaytirish prezident farmonida ta’kidlangan.

Ayni farmonda, 2019 yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish muddatini 2020 yil 1 avgustga qadar uzaytirish¸ jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lash muddatini ham 2020 yil 15 oktabrga qadar uzaytirish topshirilgan.

Butun dunyo¸ xususan¸ O‘zbekistonda yoyilib borayotgan koronavirus pandemiyasi sizning biznes faoliyatingizga qanday ta’sir qilmoqda? Hozirgi sharoitda O‘zbekiston hukumatidan kichik va o‘rta biznesni bankrotlikdan saqlab qolish uchun qanday ërdam kutyapsiz? Bu haqdagi fikringizni Ozodlikning @ozodnews Telegram kanaliga yozib yuboring.

XS
SM
MD
LG