Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 06:28

Istanbuldan bir reysda qaytgan yo‘lovchilarning 7 nafarida koronavirus borligi aniqlandi


Istanbul aeroportidagi o‘zbekistonliklar, 22 mart, 2020 yil.
Istanbul aeroportidagi o‘zbekistonliklar, 22 mart, 2020 yil.

26 mart kuni maxsus reys bilan Istanbuldan Toshkentga qaytgan 240 yo‘lovchining 7 nafari koronavirusga chalingani aniqlangan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbuldagi bosh konsulligi Feysbuk sahifasi orqali 28 mart kuni ma’lumot tarqatdi.

O‘zbekiston Respublikasining Istanbuldagi Bosh konsulligi murojaati
O‘zbekiston Respublikasining Istanbuldagi Bosh konsulligi murojaati

Ma’lumotga ko‘ra, 240 nafar yo‘lovchining aksari homilador va yosh bolali ayollar, keksa hamda onkologik kasallikdan davolanib qaytganlar bo‘lgan.

Shu munosabat bilan Bosh konsullik vatandoshlarni "imkon darajasida Vatanga qaytishlariga shoshilmaslikka" chaqirgan.

Turkiyada istiqomat qilayotgan bir necha o‘zbekistonlik Ozodlik bilan suhbatda Konsullik chaqirig‘ini nihoyatda to‘g‘ri deya baholashdi.

Istanbulda istiqomat qilayotgan Muhabbat Ismoilova ismli namanganlik ayol bosh konsul bilan suhbat ortidan hozircha O‘zbekistonga qaytmaslikka qaror qilganini aytdi:

“Konsullik, imkoni bo‘lsa, O‘zbekistonga qaytishga shoshilmay turinglar deb to‘g‘ri maslahat beryapti. Men ham bosh konsul bilan gaplashgach, O‘zbekistonga hozircha qaytmaslikka qaror qildim. Olti soat uchasiz, keyin 14 kun karantinda bo‘lasiz, bu paytda koronavirusga chalinmasligingizga kim kafolat beradi, deb konsul to‘g‘ri maslahat berdi,” dedi Muhabbat Ismoilova.

Turkiyada o‘n minglab o‘zbekistonlik mehnat muhojiri istiqomat qiladi.

O‘zbekiston uchoqlar qatnovini bekor qilganidan keyin, Istanbul aeroportida yuzlab o‘zbekistonlik ucholmay qolib ketgani haqida Ozodlik xabar qilgan edi.

Bu yo‘lovchilar keyin charter reyslar bilan O‘zbekistonga olib kelingan ikki haftalik karantinga qo‘yilgan.

XS
SM
MD
LG