Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 06:21

Hokim o‘rinbosari mansabidan foydalanib yerimni o‘ziga qo‘shib oldi, molu qo‘ylar ozuqasiz qoldi


Mamatvali Karimov ozuqa yo‘qligi sabab mollarini endi qanday boqishga hayron
Mamatvali Karimov ozuqa yo‘qligi sabab mollarini endi qanday boqishga hayron

Namangan viloyat, O‘rtaqo‘rg‘on tumanidagi sobiq “Boyag‘on bog‘i eram” fermer xo‘jaligi rahbari Mamatvali Karimovning “OzodMikrofon”ga arz qilishicha, tuman hokimining o‘rinbosari optimizatsiya bahonasida uning 43 gektar yerini o‘z nomida bo‘lgan fermer xo‘jaligiga qo‘shib olishi oqibatida uning boquvida bo‘lgan 20 bosh qoramol, 40ta qo‘y va yuzlab tovuq ozuqasiz qolgan.

Ҳоким ўринбосари мансабидан фойдаланиб еримни ўз фермер хўжалигига қўшиб олди, мол-қўйларим оч қолди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:01 0:00
Бевосита линк


“Optimizatsiya bahonasida tuman hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari o‘tgan yili yerimni o‘zining fermer xo‘jaligiga qo‘shib oldi. Tender ham o‘yin bo‘ldi. Agar so‘nggi uch yillik ko‘rsatkichni ko‘tarsangiz, mening ko‘rsatkichlarim unikidan yaxshi bo‘lganini ko‘rasiz. Lekin o‘rinbosar hokim bilan kelishib, qonunni poymol qildi. Men mol va qo‘ylarimni har yili bug‘doydan bo‘shagan yerga ozuqabop ekinlar ekin, boqib kelayotgan edim. Endi esa ular och qoldi. Hozir bozordan yem-xashak sotib olib boqib o‘tiribman. Hokimga o‘zim tashlandiq yerdan obod qiligan besh gektar yerni bering desam ham bermayapti. Tadbirkorga, elga go‘sht-sut yetkazib beradigan chorvadorga bo‘lgan e’tibor shumi?

Mamatvali Karimov ozuqa yo‘qligi sabab mol-qo‘ylarini endi qanday boqishga hayron
Mamatvali Karimov ozuqa yo‘qligi sabab mol-qo‘ylarini endi qanday boqishga hayron


Mamatvali Karimov O‘zbekiston prezidenti xuzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili Biznes -OMBUDSMAN ga mana shu maktubni yuborganini, lekin hali javob olmaganini aytdi:

A R I Z A

Meni ariza yozishdan maqsadim, 2019 yilda chorvachilik soxasidan 423 mln. so‘m bank aylanmasi bajarib,27,5 mln so‘m davlat byudjetiga daromad keltirdim.

Natijada 1.01.2020 yil xolatiga ishchi xizmatchilardan 25 mln so‘m qarzdorlik mavjud.

Karantin tufayli mol,qo‘y,tovuq boqish, ularga omuxta yem sotib olish muammo bo‘lmoqda.Tashlab qo‘ygani tirik jonzotlar.

Tuman DSI tomonidan 21,6 mln so‘m mablag‘ni noto‘g‘ri avtoto‘lov orqali inkasso yo‘li bilan olgan. Buni tuman ma’muriy sudi tomonidan 2020 yil 11 mart kuni ko‘rib chiqilgan bo‘lib, xali xanuzgacha qaytarmayapti.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudi o‘z ishini vaqtincha to‘xtatdi.

Yuqoridagilarni xisobga olib, Sizdan “BOYAG’ON BOG’I ERAM” fermer xo‘jaligining Qonuniy faoliyatini tiklashga, xamda tuman DSI tomonidan 21,6 mln so‘mni qaytarilishiga amaliy yordam berishingizni so‘rayman.

“BOYAG’ON BOG’I ERAM” fermer xo‘jaligi rahbari M.Karimov.

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG