Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 22:30

COVID-19: 1 mln. 200 ming odam yuqtirdi, 65 mingi o‘ldi. Tramp o‘lim yanada ko‘p bo‘lishini e’tirof etdi


Koronavirus pandemiyasi bois, ishini yo‘qotganlar imtiyoz talab qilmoqda, 1 aprel kungi namoyish, 2020, Kaliforniya, AQSh
Koronavirus pandemiyasi bois, ishini yo‘qotganlar imtiyoz talab qilmoqda, 1 aprel kungi namoyish, 2020, Kaliforniya, AQSh

AQSh prezidenti Donald Tramp keyingi haftada COVID-19 epidemiyasi ko‘plab odam o‘limiga sabab bo‘lishi kutilayotganini ta’kidladi.

Yevropa komissiyasi prezidenti esa qit’a yangi koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqirozdan o‘zini tiklashi uchun «Marshall rejasi» kerak bo‘lishini aytdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, virusni yuqtirganlar soni dunyo bo‘yicha 1 million 200 mingdan oshdi, o‘lganlar soni esa 65 mingdan ziyod.

248 mingga yaqin shaxs esa sog‘ayib ketdi.

Pandemiyaning o‘chog‘iga aylangan AQShda analiz olish ko‘lami sezilarli darajada oshdi. Bugunga qadar Amerikada 312 mingdan oshiq odam virusga chalindi.

Ammo kuzatuvchilar Xitoy, Rossiya, Turkmaniston va Eron kabi mamlakatlar rasmiylari yoyinlagan rasmiy ma’lumotlarni shubha ostiga olmoqda.

4 aprel kuni Tramp navbatdagi matbuot anjumanida:

- Afsuski, ko‘plab o‘lim bo‘ladi, — dedi.

Prezident Nyu-York hamda Luiziana shtatlarida vaziyat eng og‘ir bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, shtatlarga bo‘hronga qarshi kurashishga ko‘maklashish uchun AQSh armiyasi ko‘p sonli tibbiyot xodimlarini safarbar qiladi. Prezident ijtimoiy masofa saqlash choralarini 30 aprelgacha uzaytirdi, ammo bir vaqtning o‘zida amerikaliklar tez orada ishga chiqishiga umid qilishini aytdi.

- Ishga chiqishimiz kerak. Qaytadan ochilishimiz kerak. Bu choralarni oylab davom ettira olmaymiz, — dedi prezident.

Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen Welt am Sonntag olmon gazetasi uchun yozgan maqolasida Ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh Yevropa iqtisodini tiklash uchun ko‘rsatgan yordamni nazarda tutib, «Yevropa uchun Marshall rejasi zarurligini» ta’kidladi.

Lyayen Yevropa davlatlari hukumatlari pandemiyaning iqtisodga salbiy ta’siriga qarshi chora ko‘rish masalasida muzokara olib borar ekan, ko‘proq sarmoya yotqizish qit’a bo‘ylab bir jamiyatga a’zolik ruhini kuchaytirishini aytdi.

Pandemiyadan eng ko‘p aziyat chekayotgan Yevropa davlatlari bo‘lmish Italiya va Ispaniyada virus keltirib chiqaradigan COVID-19 infeksiyasi tufayli umumiy hisobda 27 mingdan oshiq odam halok bo‘ldi.

Britaniyada esa qirolicha Yelizaveta II Britaniya xalqiga videomurojaat qildi. Videomurojaatni qirollik telekanallari efirga uzatdi.

Gretsiya esa qochqinlar lagerida yashayotgan afg‘onistonlik shaxs virusni yuqtirgani aniqlanishi ortidan mamlakatdagi lagerlarni karantinga oldi.

50 mingdan oshiq fuqarosi virusga chalingan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 11 apreldan boshlab ayrim iqtisodiy faoliyatlar qayta yo‘lga qo‘yilishini aytdi. Eronda bir necha rasmiy, jumladan, vitse-prezident virusga chalindi.

3000 dan oshiq odam virusni yuqtirgani aytilayotgan Yaponiyada esa favqulodda vaziyat joriy qilish talablari kuchaymoqda.

O‘zbekistonda bugunga qadar 2 bemor COVID-19 infeksiyasi tufayli vafot etdi, 298 kishida virus aniqlandi.

Boshqa tafsilotlarni jonli blogda kuzating!

XS
SM
MD
LG