Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 06:24

"Koronavirus sharoitida “Ohangaronshifer” ishchilarini to‘rt oydan buyon maoshsiz qoldirmoqda"


2019 yilning iyulida ham ishchilar ish haqi to‘lanmaganidan norozilik bildirgan edi.
2019 yilning iyulida ham ishchilar ish haqi to‘lanmaganidan norozilik bildirgan edi.

“Ohangaronshifer” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati to‘rt oydan buyon ishchilarning maoshini bermayapti.

Bu haqda Ozodlikning OzodMikrofoniga “Ohangaronshifer”ning kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ozod Xushnazarov xabar qildi.

Xushnazarovning fikricha, jamiyat aksiyalari nazorat paketi egasi korxonani sindirmoqchi. Bu fikrini ifodalar ekan, Ozod Xushnazarov, jumladan, bunday dedi:

“2019 yil 1 dekabrdan korxona ishlamayapti. Shu bugungacha ishchilar to‘rt oylik ish haqini ololgani yo‘q. Korxonaning 54 foiz aksiyasi O‘zbekiston davlat aktivlari boshqarish agentligi ixtiyorida. Biz bu janoblarga xom ashyo bo‘yicha kredit so‘rab murojaat qilganmiz, lekin hal bo‘lmadi. Ish haqi so‘rab qilgan murojaatlarimizga ham javob bermayapti. Banklarga ish haqiga kredit so‘rab murojaat qilsak, ular xom ashyoga kredit olsalaring keyin beramiz deyishyapti. Xullas, bizni koronavirus bilan bog‘liq mana shunday og‘ir kunlarda sun’iy bankrot qilib, korxonani yo‘q qilishmoqchi. 400 ishchining taqdiri nima bo‘lishini hech kim o‘ylamayapti. Prezidentimiz bunday og‘ir kunlarda bankrot qilmanglar, odamlarni ish bilan ta’minlanglar deb turgan bo‘lsa ham, lekin agentlik xalq xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan shifer zavodini yo‘q qilmoqchi”.

Коронавирус шароитида “Оҳангароншифер” ишчиларини тўрт ойдан буён маошсиз қолдирмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:50 0:00
Бевосита линк


“Ohangaronshifer” aksiyadorlik jamiyatining o‘nlab ishchisi 2019 yilning 19 iyulida zavod darvozasini payvandlab qo‘yib, zavod direktori va yuk mashinalarining kirish-chiqishini to‘sib qo‘ygani haqidagi Ozodlik maqolasidan so‘ng, ishchilarning uch oylik maoshi to‘lab berilgan edi.

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG