Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 06:22

“Mashinamizda chigit, dori olib kelishga ruxsatnoma bermasa paxtani qanday ekaylik?”


Farg‘ona viloyat, Farg‘ona tumanidagi fermerlardan birining ismi sir qolishini so‘ragan hisobchisi, fermerlarning avtomobillariga chigit, mineral o‘g‘it va kimyoviy dorilar olib kelish uchun ruxsatnoma berilmayotgani sababli, dala ishlari kechikib ketayotganidan OzodMikrofonga shikoyat qildi.

“Farg‘ona tumani fermerlari mineral o‘g‘it, chigit, kimyoviy dorilarni Farg‘ona shahridan oladi. Mana uch yarim soat postda turdik, lekin o‘tkazishmayapti. Shaxsiy moshinaga ruxsatnoma olgin deyishyapti. Lekin ruxsatnoma so‘rab murojaat qilganimizda otkaz qilishdi. Dala ishlari kutib turmaydiku, bug‘doy bilan paxtaga sen karantindasan deyishning iloji bo‘lmasa, o‘tayotgan har bir kun oltinga teng bo‘lsa, nima qilish kerak? Ko‘chada taksi yo‘q, boshqa moshina yo‘q. Biz ham ko‘chada o‘ynab yurganimiz yo‘q, har kuni uyga bu virus menga yopishmadimikin deb ming xavotir bilan boramiz”.

“Машинамизда чигит, дори олиб келишга рухсат бермаса пахтани қандай экайлик?”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:38 0:00
Бевосита линк

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG