Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 06:30

Bankning kasal xodimi pul tarqatganini aytgan IIB xodimi ishdan bo‘shatildi (VIDEO)


Namangan Pensionerlarga pensiya pulini Xalq banki tarqatadi.
Namangan Pensionerlarga pensiya pulini Xalq banki tarqatadi.

"Koronavirus yuqtirgan Xalq banki xodimi 15 ta mahallaga pul tarqatibdi, ehtiyot bo‘lasizlar", deyiladi 12 aprelda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda. Video muallifi - niqobli kishi o‘zini IIB xodimi deb tanishtirgan.

Video muallifiga ko‘ra, ana shu "kassirning ishi tufayli IIB xodimlari qurolsiz jangga kiryapti".

Namangan shahar ichki ishlar bo‘limi xodimining Ozodlikka bildirishicha, ijtimoiy tarmoqlarda video e’lon qilgan xodim 13 aprelda ishdan bo‘shatildi.

Xalq banki Namangan viloyat filiali 13 aprel kuni videodagi ma’lumotlarni asossiz deb, bayonot berdi.

Ayni paytda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 13 aprel soat 06:00 dan boshlab Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumani hududida transport va fuqarolarning harakatlanishi butunlay to‘xtatildi. Bu cheklovlar bilan ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video o‘rtasida bog‘liqlik bor-yo‘qligi ma’lum emas.

12 aprel kuni Telegram kanalida o‘zini IIB deb tanishtirgan, yuziga niqob taqqan kishi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan videosida bunday deydi:

15ta mahallaga pul tarqatibdi, pid...z. Endi hozir bl...d, qurolsiz jangga kiryapmizda.


“Akalar, vaziyat notinch, ehtiyot bo‘lasizlar. Mana bizda ish tashkil qilinyapti, mana shular hammasi ichki ishlar xodimlari (videoda boshqa xodimlar ham ko‘rsatiladi), o‘zimizani xodimlar, bilasizlar. Shuning uchun ehtiyot bo‘lib, bitta pid...z bank xodimidan chiqqan ekan, 15ta mahallaga pul tarqatibdi, pid...z. Endi hozir bl...d, qurolsiz jangga kiryapmizda. Duoda bo‘lasizlar, akalar”.

Наманган шаҳар ИИБнинг ходими коронавирус юққан банк ходимининг пул тарқатгани ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:39 0:00
Бевосита линк

Telegram kanalida audioyozuv qoldirgan boshqa bir namanganlik, pensiya olgan fuqarolarning uylari to‘liq karantinga olinganini aytadi:

“Mana, ikki tomondagi qo‘shnilarimiz karantinga olingan. Biz tomonlarda, ya’ni Chorsu tomonlarda vaziyat juda qattiq, jamiki pensiya olganlar karantinga olingan”.

Ismi sir qolishini so‘ragan namanganlik tadbirkorlardan biri bu xabarni eshitganidan so‘ng aholi orasida xavotir oshganini aytdi:

Lekin odamlarning o‘zida ham ayb bor, qancha karantin qilishmasin baribir ko‘chaga chiqib ketyapti.


“Bu bank xodimi 15 ta mahallada qancha odamning uyiga kirgan ekan, qancha odam bilan muloqot qilgan ekan, biz bilmaymiz. Asosan Chorsu atrofidagi mahallalarga pul tarqatgan ekan. Shuning uchun o‘sha mahallalardagi bank xodimi kirib chiqqan har uy qattiq karantinga olingan deb eshitdik. Lekin odamlarning o‘zida ham ayb bor, qancha karantin qilishmasin baribir ko‘chaga chiqib ketyapti, ayniqsa yosh yigitlar va bolalar ko‘p chiqyapti”.

13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat qariyb 15 da Aksionerlik tijorat “Xalq banki” Namangan viloyat filiali boshlig‘i Bahrom Yuldashev uning xodimi koronavirusga chalingani to‘g‘risida tarqalgan video asossiz deb, Namangan viloyati hokimligi Telegram kanalida bayonot tarqatdi:

“So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Xalq banki viloyat filiali xodimi koronavirus infeksiyasiga chalinib, pensiya pullarini tarqatgani to‘g‘risida asossiz videomaterial tarqalganiga guvoh bo‘ldik. Xalq banki viloyat filiali nomidan bu xabarning to‘la asossiz ekanini ma’lum qilamiz”.

Bayonotda pensiya tarqatgan bank xodimining kim ekanligi va uning salomatligi to‘g‘risida hech narsa deyilmagan.

Namangan shahar ichki ishlar bo‘limining Ozodlik bog‘langan mulozimiga ko‘ra, videodagi xodim jinoyat qidiruv bo‘limining tezkor xodimi bo‘lgan va u ishdan bo‘shatildi:

“Mansab vakolatiga kirmaydigan, aholi o‘rtasida vahima uyg‘otadigan video tarqatgani uchun bu tezkor vakil bugun, 13 aprel kuni ertalab ishdan bo‘shatildi”.

Наманган вилоят ИИБнинг кўрсатуви
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:46 0:00

Viloyat IIB o‘zini tanishtirmagan mulozimi Ozodlikning bu xususdagi savolini eshitishi bilanoq, aloqani uzib qo‘ydi.

Namanganda karantin kuchaytirildi

Namanganliklarning “Mahalla topshiriqlari” Telegram kanalida mas’ul shaxslardan biri, 13 apreldan karantin qoidalari kuchaytirilishi munosabati bilan, oziq-ovqat sotadigan tadbirkorlarni tovarni kechasi olib kelib g‘amlab qo‘yishga chaqiradi:

“13 apreldan karantin kuchaytiriladi. Shu munosabat bilan har biringiz o‘zingizning hududingizdagi savdo do‘konlari egalarini ogohlantirib chiqishingiz shart. Bozorlarimiz bugun soat 00.00dan ertalab 06.00gacha ochiq bo‘ladi. Har biri o‘zining do‘konini to‘ldirib olishi shart!”.

Namangan shahridagi vaziyat ancha tashvishli ekanligi haqida mahalla raislariga topshiriq bergan, o‘zini tanishtirmagan mulozimlardan biri ham Telegram kanalida audio qoldirib, jumladan shunday deydi:

Shahar to‘liq yopilgan, hamma odamlaringizga ayting, biror kishi shaharga qarab yurmasin.


“Bugun ertalab soat yetti yarimda yig‘ilish bo‘ldi. Viloyat hokimi juda qattiq topshiriq berdi. Shahar to‘liq yopilgan, hamma odamlaringizga ayting, biror kishi shaharga qarab yurmasin. Hozir uyma-uy yurib, hammaga shuni aytib chiqish kerak, yuz foiz. Ertaga soat 5 dan viloyat sektorlari rahbarlari har bir mahallada aylanadi. Cizlarga taklifim, mahallada Telegram kanali oching, hamma fuqaroni shu kanalga ulanglarda, nima unga kera kbo‘lsa o‘sha yerda zayavkasini bersin, dorisini ham, produktasini ham birorta xodimingiz olib borib bersin. Shunaqa tashkil qilmasak bo‘lmaydi”.

Namangan shahrining Mingchinor mahallasida yashaydigan 66 yashar Olimjon Yo‘ldoshev pensiya puli karantin qoidalariga rioya qilinmagan holda tarqatilganini aytadi:

Pensiyani qog‘ozga o‘rab berishadi deyishgan edi, qayda ,ochirid, odam o‘ldi-o‘ldi.


- Pensiyani qog‘ozga o‘rab berishadi deyishgan edi, qayda ,ochirid, odam o‘ldi. Qo‘limizga sanab berdi. Karantin paytida uyga olib kelib beradi, degandi, qayda, ur-sur to‘polon bilan oldik. Oromgoh mahallasida yashaydigan qizim uch bolasi bilan kam ta’minlangan, eri yo‘q. Mahallaga yordam so‘rab borsa, yo‘q debdi. Ishlab bo‘lmasa, yurib bo‘lmasa, nima qilish kerak? Bizga o‘xshagan pensionerlar, kam ta’minlangan oilalar qanday yashasin bu paytda?

Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 13 aprel soat 06:00 dan boshlab Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumani hududida transport va fuqarolarning harakatlanishi butunlay to‘xtatildi.

Mazkur hududlarda, jumladan, mototransport (skuter) va velosipedda ham harakatlanish mumkin emas.

Mazkur hududlarda yashovchi fuqarolar istisno tariqasida uyidan 100 metr atrofidagi savdo nuqtalariga oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilish uchun kuniga bir marta chiqishi mumkin.

XS
SM
MD
LG