Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 12:21

Andijonda ruhiy kasallar dispanseri tez yordam xizmati ko‘chirilib, xodimlar ishsiz qoldi (VIDEO)


Ishsiz qolgan tibbiyot xodimi
Ishsiz qolgan tibbiyot xodimi

Andijon viloyat Psixonevrologiya dispanserining Tez yordam xizmati o‘z binosidan ko‘chirilgani ortidan o‘nlab o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlari bir oydan beri ishsiz qoldi.

Bu haqda Ozodlikka xabar qilgan vrachlar bo‘shatilgan bino koronavirus yuqtirganlar uchun zaxira klinika sifatida ajratilganini aytishdi.

Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rasmiylari bu borada sukut saqlashni maqul ko‘rdi.

Ishsiz qolganini iddao qilgan 35 tibbiy xodim nomidan Ozodlikka kelgan ikkita videomurojaatda o‘nga yaqin xodimning o‘zini "bo‘lim boshlig‘i" deb atagan rahbar bilan ruhiy kasalxona binosi oldida haq talashayotgani aks etgan.

Videomurojaatlardan birida o‘zini psixbrigada sanitari bo‘lib ishlaganini aytgan 25 yoshlardagi niqob taqqan yigit ishdan bo‘shatilgani bois oilasi iqtisodiy qiyin ahvolda qolganini aytadi. O‘z so‘zi davomida yigit ishsiz qolib sarson bo‘lgan tibbiy xodimlar soni 35 nafar ekani va ularning mutassaddilarga shikoyati inobatsiz qolganini ta’kidlaydi.

Videomurojaat qilgan tibbiyot xodimi ishsiz qolgani borasida prokuraturaga murojaat qilgani ammo haligacha natija yo‘qligini aytadi.

Ишсиз қолганлардан мурожаат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:26 0:00

Ozodlik suhbatlashgan¸ ammo ismi efirda aytilishini istamagan dispanser xodimiga ko‘ra, bu ko‘chirilish asnosida ishsiz qolgan tibbiyot xodimlari muammosi bilan dispanser emas, balki shahar Shoshilinch tez tibbiy yordam markazi shug‘ullanadi.

Mulozim: Muammo deyarli hal bo‘ldi

Respubika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon shahar filiali Xodimlar bo‘limi mulozimi 35 kishinig vaqtincha ishsiz qolganini tasdiqladi va bu muammo ijobiy yechim topayotganligini aytdi.

- Shu yil 15 apreldan boshlab bu muammoni hal qilishga kirishdik. Ya’ni sizga shikoyat qilgan 35 nafar tibbiyot xodimining ish bilan ta’minlanishi masalasi deyarli hal bo‘ldi. Uni tezroq hal qilishga karantin holati halaqit qildi . Tajribaga ega sanitar xodimlar va hamshiralar oldingi ish joyidagi stavkasiga mos keladigan ish bilan ta’minlanadi. Ularning ish stajidagi uzluksizlik saqlab qolinadi. Oldin dispanserda ishlashgan bo‘lsa bundan buyon markaziy shifoxonada ishlashadi.

Ayni paytda Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon shahar filiali mulozimi bu 35 kishiniing ishsiz qolgan davriga pul to‘lanadimi¸ degan savolga javob bera olmadi.

Ozodlik muxbiri bu suhbat ortidan ishsiz qolganini iddao qilgan tibbiyot xodimlari bilan qayta bog‘landi. Ular 16 aprel holatida hech narsa o‘zgarmagani¸ rahbariyat va’da berishda davom etayotganligini aytishdi.

Bino nega bo‘shatildi?

Ozodlik Andijon shahrining Otabekov ko‘chasida joylashgan Psixonevrologiya dispanseri Tez yordam xizmati o‘z binosidan ko‘chirilganligi va bino shu kunda bo‘sh turganligini aniqladi.

O‘zini tanishtirmagan dispanser xodimi Ozodlik bilan suhbatda sog‘liqni saqlash boshqarmasi qaroriga asosan “dispanserdagi tez yordam podstansiyasi shaxar shoshilinch tibbiy yordam markaziga” ko‘chirilganligini aytdi.

Ozodlik suhbatlashgan, ammo ismi sir qolishni so‘ragan vrachlar dispanser tez yordam bo‘limi bo‘shatgan bino koronavirus yuqtirganlar uchun dezokameralar bilan jihozlanganligini iddao qilishdi.

Andijon viloyat Psixonevrologiya dispanseri Tez yordam xizmatining bo‘shab qolgan binosi kelgusida nima maqsadda ishlatilishi haqidagi Ozodlik savoliga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mulozimi "bu haqda ma’lumot berilmaydi" deb gapni qisqa qildi.

Shunday qilib, binoning koronavirus bilan kasallanganlar uchun dezobokslar bilan jihozlanayotgani haqidagi xabar rasman tasdiqlanmadi, ammo inkor ham qilinmadi.

Ozodlik bundan oldin hukumat koronavirusga chalinganlar soni oshish ehtimoliga jiddiy hozirlik ko‘rayotgani va viloyat kasalxonalari shunga moslanayotgani haqida yozgan edi. Samarqand shahridagi Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazidan bemorlar chiqarib yuborilib¸ yaqin kelajakda koronavirus yuqtirish ehtimoli borlarni davolaydigan maxsus kasalxonaga aylantirildi.

Ayni kunlarda¸ O‘zbekistonning aholi zich yashovchi boshqa katta shaharlarida ham koronavirusga chalinganlarni qabul qilish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

XS
SM
MD
LG