Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 16:27

Rossiyada patent to‘lash va registratsiyani uzaytirish 15 iyungacha to‘xtatildi


Muhojirlar patent to‘lovlari va registratsiyani bekor qilib turishni so‘ragan edi
Muhojirlar patent to‘lovlari va registratsiyani bekor qilib turishni so‘ragan edi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorij grajdanlariga berilgan ishga ruxsatnoma, registratsiya, vizalar muddatini avtomatik tarzda 15 iyungacha uzaytirish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi.

Kreml rasmiy saytida shanba kuni e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, har qaysi ish beruvchi xorij grajdanlarini patentsiz ishga qabul qilishi mumkin.Shu kundan boshlab, migrantlarni deport qilish va oldin berilgan migratsiya hujjatlarini bekor qilish taqiqlanadi.

Rossiya prezidenti mehnat muhojirlari tomonidan kutilgan hujjatga nihoyat imzo chekdi.

Koronavirus kasalligi tarqalishi oldini olish maqsadida 18 aprel kuni Vladimir Putin xorij grajdanlari va grajdanligi yo‘q shaxslarning huquqiy holatiga oid Qaror chiqardi.

Unga ko‘ra, 15 martdan 15 iyunga qadar xorijliklar va grajdanligi yo‘q shaxslar uchun qaydga turish (registratsiya) va ishga ruxsatnomalarni (patent) rasmiylashtirish va to‘lab borish vaqtinchalik to‘xtatildi.

Qarorda barcha boshqa migratsiya hujjatlarining amal qilish muddati ham 15 iyungacha muzlatilgani aytiladi.

Shu tariqa, 2020 yilning 15 martidan 15 iyunigacha quyidagi hujjatlar muddatlari vaqtinchalik muzlatiladi:

- Rossiya Federatsiyasi hududida muddati o‘tgan va o‘tib borayotgan xorij grajdanlari va grajdanligi yo‘q shaxslarning vaqtinchalik yoki doimiy yashashga ruxsatnomalari;

- Vatandoshlarni o‘z ixtiyoriga ko‘ra ko‘chirish dasturi (Gosudarstvennoy programmi po okazaniyu sodeystviya dobrovolnomu pereseleniyu v Rossiyskuyu Federatsiyu) asosida Rossiyada hujjat rasmiylashtirgan yoki doimiy yashash ruxsatnomasi (VNJ)ni olgan, ammo muayyan sabablarga ko‘ra xorij mamlakatlarida qolib ketgan va 6 oylik muddat davomida Rossiyaga qaytib kelish imkoni bo‘lmagan shaxslar va ular oilalarining xorijda bo‘lish muddatlari;

- Rossiya tashqarisiga chiqib ketish to‘g‘risida sud qarorini qo‘liga olgan, deportatsiya yoki ekstraditsiya qilingan xorijliklarning chiqib ketish muddatlari;

- viza, vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi, doimiy yashash ruxsatnomasi, muddati o‘tgan yoki o‘tib borayotgan migratsiya kartasi, qochqinlik guvohnomasi, qochqinlik olishga topshirilgan ariza egalari, ishga ruxsatnoma va patent, xorij grajdanlarini ishga yollashga ruxsatnomalar muddatlari.

Joriy yilning 15 martidan 15 iyuniga qadar Rossiyadagi har qaysi ish beruvchi sanitariya-epidemiologiya chora-tadbirlariga qat’iy rioya qilgan holda ishga ruxsatnoma yoki patenti bo‘lmagan ishchilarni ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘ldi.

Qaror 18 apreldan boshlab kuchga kirdi.

Rossiya prezidenti 2020 yilning 1 fevralida muddati o‘tgan yoki 15 iyulgacha o‘tadigan Rossiya pasportlari va haydovchilik guvohnomalari haqiqiy deb hisoblanishi to‘g‘risida maxsus qarorga ham imzo chekdi.

Ozodlik Rossiyadagi qator muhojirlar himoyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, huquq himoyachilari va yuristlar patent to‘lovlari va registratsiyani vaqtinchalik to‘xtatib turish talablari bilan chiqqani to‘g‘risida xabar bergan edi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga mehnat patenti to‘lovi muddatini uzaytirish va majburiy ishsizlik sababli patent to‘lovini amalga oshira olmagan o‘zbekistonliklarni ma’muriy javobgarlikka tortmaslikni iltimos qilib nota jo‘natgandi.

Epidemiya tarqalib borayotgan Moskva va Moskva viloyati hukumatlari 13 apreldan 19 aprelgacha qurilish ishlarini to‘liq to‘xtatgan ham edi.

2019 yil natijalariga binoan, birgina Moskva shahrida xorij grajdanlariga qariyb 464 ming ishga ruxsat beruvchi patent berilgan. Bu poytaxt byudjetiga 18,3 milliard rubl (248 million AQSh doll.) keltirdi. Patent to‘lovchilarning yarmidan ko‘pi - O‘zbekiston grajdanlaridir.

XS
SM
MD
LG