Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 22:24

COVID-19: Nega Nazarboyev va u boshqarayotgan Xavfsizlik kengashi bo‘hron paytida kamnamo?


Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev, 9 iyun, 2019
Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev, 9 iyun, 2019

Qozog‘iston rasmiylari koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy va tibbiy bo‘hron davomida mamlakat aholisiga yo‘l ko‘rsatishga kurashar ekan, elboshi Nursulton Nazarboyev hamda u yetakchilik qiladigan Xavfsizlik kengashidan umuman darak yo‘q.

Nazarboyev ushbu kengashning umrbod yetakchisi bo‘lib, aftidan, sobiq prezidentsiz kengash a’zolari uchrashmaydi — hatto mamlakat yirik inqirozga duchor bo‘lgan taqdirda ham.

3 aprelda Nazarboyevning ashaddiy raqibi, sobiq bankir Muxtor Ablyazov elboshi vafot etganini iddao qilgandi.​

Aslida Nazarboyev kamnamo ekanligini hayratlanarli holat emas.

Mamlakatga 30 yilga yaqin yetakchilik qilgan Nazarboyev odatda Qozog‘iston mushkul kunlarga duchor bo‘lganda ko‘rinish bermaydi.

Qolaversa, elboshi joriy yilning iyulida 80 yoshga to‘ladi.

Nazarboyev universitetidagi qarishga qarshi va uzoq yashashni o‘rganuvchi bo‘limni moliyalashtirib kelayotgan sobiq prezident koronavirusni yuqtirishni istamasligi tushunarli holat.

Bunga qaramasdan, elboshining kamnamoligi u vafot etgani haqida mish-mish tarqalishiga sabab bo‘ldi.

3 aprel kuni Nazarboyevning ashaddiy raqibi, Yevropada yashayotgan sobiq bankir Muxtor Ablyazov o‘z Facebook sahifasida elboshi vafot etganini iddao qildi.

Markaziy Osiyo davlatlarining avtoritar yetakchilari omma oldida chiqmay qo‘yishi ular vafot etgani haqida mish-mish tarqalishiga sabab bo‘lib turadi.

Masalan, 2019 yilning iyul va avgust oylarida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat telekanallarida ko‘rinish bermay qolgani uchun u vafot etgani haqida mish-mishlar urchigan edi.

Nazarboyevning matbuot kotibi Aydos Ukibay elboshining bildiruvlarni Qozog‘iston xalqiga yetkazib turibdi. Kotib Ablyazovning iddaosini rad etib, Nazarboyev sog‘-salomat ekanligini ta’kidladi.

Ukibay karantin davomida Nazarboyev ofisi faoliyati cheklanganini, sobiq prezident yaqinda telemurojaat qilishini aytdi.

Kotibning so‘zlariga ko‘ra, elboshi hanuz ishlamoqda. Xususan, Nazarboyev viloyatlar gubernatorlari bilan suhbatlashib, joriy yildagi lavlagi hosilini muhokama qilgan.

Bu orada koronavirus pandemiyasi tufayli jahon bozorida neft narxlari tushib ketdi.

O‘tgan oyda Rossiya va Saudiya Arabistoni neft narxi pastlab ketishi oldini olish maqsadida ishlab chiqarish ko‘lamini ozaytirishga kelisha olmadi, natijada 8 mart kuni neft narxlari tushib ketdi.

13 mart kuni esa Qozog‘istonda ilk koronavirus yuqtirish holati qayd etildi.

Ushbu muammolarga qaramasdan, Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi 11 fevraldan beri biror marta uchrashgani yo‘q.

Qozog‘iston janubida etnik qozoqlar va dunganlar o‘rtasida kelib chiqqan nizoni muhokama qilish uchun chaqirilgan yig‘in davomida Nazarboyev pandemiya Qozog‘iston va Xitoy iqtisodiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aytgan edi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli Qozog‘iston iqtisodi nafaqat tushib ketgan neft narxlari, balki deyarli butunlay to‘xtab qolgan savdo tufayli mushkul ahvolga tushishini kutish mumkin. Shunday bo‘lsa-da, Xavfsizlik kengashi hali biror marta, hatto video orqali yig‘in o‘tkazgani yo‘q.

Kengashning boshqa a’zolari, jumladan, prezident Qasim-Jomart Toqaev hamda bosh vazir Asqar Mamin ommaviy axborot vositalari orqali xalq bilan muloqot qilmoqda.

Kengashning yana bir a’zosi – Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyeva matbuot kotibi orqali o‘g‘li bilan Britaniyada 100 million dollardan oshiq qiymatga ega uylarni sotib olganini rad etdi.

2018 yilda Qozog‘iston konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar Xavfsizlik kengashi vakolatlarini oshirib, Nazarboyevni kengashning doimiy raisi etib belgiladi.

Kengashning vazifalari milliy xavfsizlik siyosatini amalga oshirish, ichki siyosiy barqarorlikni ta’minlash, konstitutsion tuzum, mustaqillik, hududiy birlik hamda Qozog‘iston manfaatlarini himoya qilishdir.

Konstitutsion organ maqomi berilgan kengash qarorlarini barcha davlat idoralari bajarishi shart. Joriy bo‘hron davomida kengash o‘ta band bo‘lishini kutish mumkin edi, ammo aslida buning aksi sodir bo‘layotgani hayratlanarli holatdir.

XS
SM
MD
LG