Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 10:32

Buxorodagi hovuzni buzish ishlari to‘xtatildi. Prokuratura nazoratga oldi


Buxorodagi buzilayotgan hovuz
Buxorodagi buzilayotgan hovuz

Buxoro shahar hokimligi va obodonlashtirish boshqarmasi tarafidan XVI asrga mansub Xo‘ja Kalon masjidi oldidagi Govkushon hovuzini buzish ishlari 24 aprel kuni to‘xtatildi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tarixiy obida bilan bog‘liq vaziyat nazoratga olinganini Ozodlikka bildirdi.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi vakili hovuzni buzishni boshlagan hokimiyat mutasaddilari bilan muloqot olib borilayotgani va muammo qonun talabi doirasida hal qilinishini aytdi.

O‘tkan haftada Buxorodagi Govkushon hovuzi buzib tashlanayotgani aks etgan fotosuratlar Internetning o‘zbek segmentida tarqalgani ortidan me’mor va mutaxassislar Madaniyat vazirligi va Buxoro hokimiga murojaat qilgan edi.

Hovuzni buzmaslik haqida murojaat qilganlar orasida Inson huquqlari va demokratiya instituti direktori Sayyora Ho‘jayeva ham bor.

Sayyora Ho‘jayeva o‘z maktubida yozganlarini Ozodlik orqali yana bir bor takrorladi.

- Buxoro viloyat hokimidan iltimos qilardik! Karantin bahona, ushbu noyob tarixiy arxitektura majmuini talon-torojdan qutqaring! Boshqa davlatlar bunday tarixiy obidalarni yo‘q yerdan bor qilib, qurishadi turistlarni ko‘paytirish uchun. Bizga ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan, betakror va noyob in’omlarni asrab avaylamasak, ko‘r bo‘lamiz!

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva Ozodlik bilan suhbatda muammo o‘rganilayotgani va qurilish to‘xtatilganini aytdi:

“Xo‘ja Kalon masjidi va minorasi XVI asrga mansub yodgorlik, ushbu yodgorlik oldida hovuz bor. Hovuzning suvi binolar tagiga singayotganligi oqibatida uni ta’mirlash ishlari Buxoro shahar hokimligi va obodonlashtirish boshqarmasiga yuklatilgan. Shu munosabat bilan suvni binolar tagiga singmaslik holatini oldini olish maqsadida Buxoro shahar hokimligi ish boshlagan. Ammo tartibga ko‘ra, Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish kerak, tiklash kerak¸ ta’mirlash emas, hokimiyat mutasaddilari bilan hozir muloqot olib borilyapti, ammo qonun doirasida ish ko‘riladi»

Buxoro viloyat hokimligi kapital qurilish bo‘limi xodimi Ozodlik bilan suhbatda hovuzni buzish ishlari uchun Madaniy meros departamentidan ruxsat olinganligini bildirdi.

Madaniy meros departamenti vakili esa Buxoroning tarixiy qismida sifatli kanalizatsiya tizimi o‘tkazlishi bilan bog‘liq ishlar uchun ruxsat berganligini aytadi.

Mulozimga ko‘ra¸ XVI asrga oid Xo‘ja Kalon masjidi va minorasi madaniy obida sifatida qayd qilingan, ammo hovuz bu ro‘yxatda yo‘q.

Hovuz nega ro‘yxatda yo‘q?

Buxoro haqidagi turkum asarlari Londondagi galereyada namoyish qilinayotgan rassom Vyacheslav Oxunovning aytishicha¸ Buxoro shahridagi Xo‘ja Kalon masjidi oldidagi hovuz taqdiri siyosiy rejimlar bois turlicha bo‘lgan:

- Shayboniy davrida bu majmua qurilganida uning oldida hovuz bo‘lgan. Bu qadimiy hovuz 1950 yilda ko‘mib tashlanib, o‘rnida Lenin va Stalin haykali qo‘yilgan. Keyin Stalin haykali olib tashlanib Lenin yolg‘iz qolgan. 1991 yilda Lenin haykali ham olib tashlandi. 1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan hovuzni shoshib- pishib yasab qo‘yishdi.

Buxoro viloyat hokimligi kapital qurilish bo‘limi xodimining aytishicha¸ «shoshib» qurilgan hovuzning nishablari noto‘g‘ri olingani va gidrohimoya yo‘qligi bois, Xo‘ja Kalon madrasasi tagiga suv sizgan. Shuning oldini olish maqsadida hovuzni buzish boshlangan edi.

Buxoro
Buxoro

Govkushon majmuasi haqida

Govkushon madrasasi shayboniylar hukmronligi davrida, XVI asrda bunyod etilgan.

Govkushon madrasasi va masjidning o‘rtasidan Shohrud arig‘i o‘tgan

Masjid kirish peshtoqi, hovli atrofi g‘ishtin ravoqli ayvonlar, xonaqoh va minoradan tashkil topgan. Minoraga masjid tomidagi ravoqli ko‘prik orqali chiqilgan.

Minora turli shakldagi g‘ishtlardan terilgan. Naqshlar yuqoriga tomon noziklasha borib, fonusning ravoqli darchalari bilan birga minoraga nafislik bag‘ishlaydi. Govkushon madrasasi Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, naqshdor, “Chor” uslubida ishlangan.

1997 yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan shahardagi barcha obidalar qatorida Govkushon madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. UNESCO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi.

Buxoro manzarasi
Buxoro manzarasi

XS
SM
MD
LG