Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 10:33

So‘xda yaylov va suv ustida janjal yuzaga chiqdi; qirg‘iz chegarachilari o‘q uzdi¸ talafotlar yo‘q


O‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, So‘x tumani.
O‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, So‘x tumani.

Farg‘ona viloyati So‘x tumani Lenburg va Devayron qishloqlarida mol boqayotgan O‘zbekiston vatandoshlariga qarata 2 may kuni qirg‘iz chegarachilari avtomatdan o‘t ochgan.

Bu xabarni tasdiqlagan Qirg‘iziston Chegara xizmatining Botken tumani mulozimi¸ "chegara buzilishini oldini olish uchun nizomda belgilangan qoidadan chiqmay harakat qilinganini" aytish bilan cheklandi.​

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi So‘x tuman bo‘limi mulozimi va Ozodlik suhbatlashgan So‘x tuman hokimligi xodimiga ko‘ra¸ «nizo tinchigan va yaradorlar yo‘q».

Yaylov muammosi

So‘xlik vrach Farhod Safarovning Ozodlikka bildirishicha¸ «mahalliy aholi o‘z qo‘y¸ molini chegara yaqinida o‘tlatayotgan paytda qirg‘iz chegarachilari "chegarani buzding" deya avtomatdan o‘t ochgan¸ ammo hech kim yaralanmagan va nizo kattalashmagan».

«Mahalliy aholi bu yerda azaldan mol boqib keladi. Mustaqillikdan so‘ng ular qo‘y echki boqadigan joy chegara oldi neytral zonasiga aylandi. Unaqa katta otishma bo‘lmadi Qirg‘iz askari osmonga qarab otdi. Keyin xalq tarqaldi. Bor gap shu»¸ dedi Farhod Safarov.

So‘x tumanida chorvachilik qiladigan Halimjonning aytishicha¸ qo‘y-echkilar Qirg‘iziston chegarasiga yaqin, ammo O‘zbekiston hududida o‘tlashgan va qirg‘iz chegarachilari o‘q otganidan keyin bir-ikki qo‘y chegaraning qirg‘iz tarafiga qarab yugurgan.

Suv talashildimi?

O‘zini Komiljon deb tanshtirgan so‘xlik fermer esa 2 may kungi otishmaga Lenburgdan Qirg‘izistonga o‘tadigan kanaldagi suv talashidan janjal kelib chiqqan

«Suv oldin O‘zbekistonning Lenburg qishlog‘iga keladi¸ keyin Qirg‘izistonga o‘tadi. Shu suvni so‘xlik sholikorlar birinchi bo‘lib olmoqchi edi. Qirg‘izlar janjal qildi. Suv talashib janjal boshlandi. Lenburgning bir turg‘uni yaralandi. Odamlar qo‘zg‘aldi. Otishmadan so‘ng o‘zbek soldatlari kelib xalqni to‘xtatib qoldi».

Komiljon o‘z gapiga ilova sifatida Ozodlikka videotasvir ham jo‘natdi. Videotasvirda tog‘li hududda 8 nafar qirg‘iz chegarachisi kamuflyajini kiygan askar bilan 200 ga yaqin aholining nizoga kirishgani aks etgan. Tasvirda nizoning aynan nima ustida chiqqaniga oid gap-so‘z yo‘q.

Ozodlik bu voqeaga aniqlik kiritish uchun So‘x tumanida dislokatsiyada bo‘lgan DXX Chegara qo‘shinlari bo‘linmasi bilan bog‘landi. O‘zini Sarvar deb tanishtirgan bo‘linma vakili bu haqda hech narsa izohlamasligini bildirdi.

So‘x tuman hokimligi esa «otishmada hech kim yarador bo‘lgani yo‘q»ligini ta’kidlash bilan cheklandi¸ boshqa tafsilotlar¸ xususan¸ janjalning nimadan kelib chiqqanini ochiqlamadi.

2 may kuni So‘xning «Hushyor» degan qishlog‘ida Qirg‘iziston tarafi qurayotgan yo‘l bilan bog‘liq kichikroq nizo ham chiqqan.

Qirg‘iziston Chegara xizmati Botkent tuman boshqarmasi navbatchisining Ozodlikka aytishicha¸ "qirg‘iz chegarachilari 2 may kuni chegara buzilishini oldini olish uchun nizomda belgilangan qoidadan chiqmay harakat qilishgan."

Qirg‘iziston janubidagi Botken viloyatida O‘zbekistonning So‘x anklavi bilan chegaradosh hududda 2013 yili mahalliy yo‘l qurilishi boshlanganidan beri yo‘l quruvchilar hamda mahalliy aholi orasidagi nizo davom etib kelmoqda.

Eksklav

Bundan 7 yil avval So‘x anklavidagi «Hushyor» qishlog‘i aholisi va Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi chegarachilar o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvlar ortidan qirg‘iz rasmiylari O‘zbekistondan So‘x anklaviga boruvchi Rishton-So‘x avtomobil yo‘lini butunlay berkitib tashlagan edi.

2019 yil sentabrida qirg‘iz tomoni So‘x-Rishton yo‘lining ochilishi uchun qator shartlar mavjudligini bildirgan edi.

4 may kuni Ozodlik gaplashgan so‘xliklarga ko‘ra¸ So‘x-Rishton yo‘li ayni kunlarda "oddiy xalq uchun yopiq"¸ lekin o‘t o‘chiruvchilar¸ Tez tibbiy yordam¸ davlat amaldorlari va harbiylar bundan mustasno.

Farg‘ona viloyatining ikki tumanini bog‘lovchi taxminan 70 kmlik bu yo‘l deyarli to‘lig‘icha Qirg‘iziston hududidan o‘tadi.

So‘x tumani O‘zbekistonga qarashli¸ ammo to‘rt tarafi boshqa davlat bilan o‘ralgan hudud. Bu hudud O‘zbekiston uchun eksklav¸ Qirg‘iziston uchun anklav hisoblanadi.

1999-2000 yillari Botken viloyatidan O‘zbekiston hududiga jangarilari sizib kirganida O‘zbekiston tomoni So‘x anklaviga o‘z harbiylarini joylashtirishdan boshlab hududda taranglik yuzaga chiqqan edi.

O‘zbekiston tomoni So‘x anklavidan harbiylarning bir qismini olib chiqib ketgan. Hozir u yerda chegarachilar xizmat o‘tamoqda.

XS
SM
MD
LG