Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 20:21

Dovuldan ziyon ko‘rgan buxoroliklar prezident va’da qilgan yordamni kutmoqda


Buxoroning Olot tumanida yuzlab uy tomlarini shamol uchirib ketdi
Buxoroning Olot tumanida yuzlab uy tomlarini shamol uchirib ketdi

Buxoro viloyatida yuz bergan kuchli shamol oqibatida uylari vayron bo‘lgan aholi prezident va’da qilib ketgan yordamlarni haligacha olmaganliklarini aytmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 aprel kuni Buxoroga safar qilib, u yerda yuz bergan kuchli shamol oqibatlarini shaxsan ko‘zdan kechirgach¸ jabrdiydalarga uylarini tiklab olish uchun uzog‘i bilan 10 kun ichida zaruriy yordam berilishini va’da qilgan edi.

Mirziyoyev Buxoroda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlariga davlat byudjetidan 100 milliard so‘m ajratish haqidagi farmonni ham imzoladi.

Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan buxoroliklar hokimlikka qayta-qayta murojaat qilib "haligacha bitta shifer ham olmaganliklari"ni aytishdi.

Buxoro viloyati Olot tumani "Xalqobod" mahallasida yashovchi ayolning Ozodlikka aytishicha, 27 aprel kungi bo‘ron o‘zi va qo‘shnilarining uylari tomini shamol uchirib ketgan, o‘shandan buyon butun mahalla gaz, elektr tarmog‘idan uzilganicha qolmoqda.

Olti yoshli bolasi bilan yashovchi yolg‘iz ona bir necha marta yordam so‘rab tuman hokimligiga borgani, ulardan "o‘zlaring qilasizlar" degan javobni olganini aytadi.

Сервер хатоси

Бу ердаги файл (ҳужжат)ни ҳозирча фақат сайтимизда кўришингиз мумкин.

Бошқа жойдан топишга уриниб кўриш учун юқоридаги Search (Қидириш) тугмасини босинг

- Uyimni bir dona shiferi qolmasdan uchirib ketdi. 28 aprelda prezidentimiz Olot tumaniga kelib mutasaddi xodimlarga ko‘rgan talafotlarimizni 10 kun ichida to‘g‘irlab berishlarini topshirgandilar. Lekin mana bugun 10 kun bo‘ldi, bizning ko‘chamizda na elektr toki bor, na uyimizning tomini yopishga yordam berishdi. Hokimlikka borsak¸ "o‘zlaring qilaveringlar" dedi. Har kim o‘zi qo‘ldan kelganicha usta yollab yoki o‘zlari shifer qoqib yurishibdi.

27 aprel kuni kuchli shamol birgina Buxoro viloyatining o‘zida mingdan ziyod ob’yektlarga ziyon yetkazdi.
27 aprel kuni kuchli shamol birgina Buxoro viloyatining o‘zida mingdan ziyod ob’yektlarga ziyon yetkazdi.

"U yoqda suv toshqini bo‘lib¸ biz chetda qolib ketdik"

Olotlik 52 yoshli fermer Ozodlik bilan suhbatda 4¸5 million so‘mga shifer sotib olib, tabiiy ofat oqibatida ochilib qolgan uyi tomini o‘zi yopayotganini aytadi.

Hokimiyat ko‘zga ko‘rinadigan joylarning shiferini qoqdi. Boshqa joylarda hamma o‘zi qilib yotibdi.

- Uyimni tomi ochilib yotibdi. Hokimiyatga borsak¸ hammang o‘zlaring qilasizlar, ishchilarimiz Sardobaga ketgan, deydi. Shunga u yoqda suv toshqini bo‘lib¸ biz chetda qolib ketdik. 4¸5 million chiqarib tomni yopyapmiz, boshqa iloj yo‘q. Hokimiyat ko‘zga ko‘rinadigan joylarning shiferini qoqdi. Boshqa joylarda hamma o‘zi qilib yotibdi, - deydi fermer.

Olot tumani hokimligi rasmiylari tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan aholiga prezident va’da qilgan yordamning berilmayotgani haqidagi iddaolarni rad etdi.

Hokimlik mutasaddisi uyi tomini shamol uchirib ketgan xonadonlarga shifer berilayotganini aytdi.

- Shifer beriladi, lekin o‘zlaring qilasizlar, deyildi-da. Hozir ishchilarning hammasi Sirdaryoga ketgan, shunga o‘zlaring qilasizlar¸ deyilgan. Lekin shifer, qurilish materilallari beriladi, - dedi hokimlik mutasaddisi.

Buxoro viloyati hokimligining qurilish va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha mutasaddisi ham Ozodlik bilan suhbatda uyi vayron bo‘lgan xonadon egalariga davlat tarafidan yordamlar berilishini va’da qildi.

- Shifer so‘rab kelsa berib yuborilavermaydiku. Har bir uy inspeksiya qilinadi, ko‘rilgan zarar hisob-kitob qilinib, keyin beriladi. Shifer kerak bo‘lsa shifer, yog‘och kerak bo‘lsa yog‘och beriladi. Hozir ko‘ryapsizku¸ faqat bizda emas, Sirdaryoda ham ofat bo‘ldi, bir tomonda koronavirus bo‘lib yotibdi. Bu yerda shamol uylarni tomini uchirgan bo‘lsa, u yoqda bundan ham dahshatli bo‘ldi, uylarni suv bosib ketdi, sabrli bo‘lish kerak, beriladi, - dedi hokimlik rasmiysi.

Tadbirkorlar ham homiylikka jalb etildi

Ayni paytda Buxoroning Olot va Qorako‘l tumanlarida tadbirkorlar ham uylari vayron bo‘lgan aholiga yordam berishga homiylik qilishga jalb qilingan.

Olot tumanidagi mebel do‘konining egasi bo‘lgan tadbirkorlardan biri Ozodlikka ¸ ma’muriy bosim ostida bo‘layotgan bunday homiylikdan sillasi quriganini aytadi :

- Tuman hokimligida dushanba kuni majlis o‘tkazilib, har bittang ikki-uch ob’yektni tiklashga ko‘maklashasizlar, dedi. Avval koronavirus deyishdi, "Saxovat va ko‘mak" deyishdi. Endi mana bu tashvish boshimizga tushdi.

Bundan oldin O‘zbekistonda koronavirus karantini sharoitida oylik maosh va daromadlaridan mahrum bo‘lgan aholiga yordam berish ham tadbirkorlar zimmasiga yuklatilgan edi.

27 aprel kuni kuchli shamol birgina Buxoro viloyatining o‘zida o‘ttiz mingdan ortiq ob’yektga ziyon yetkazdi.

Aholi uylaridan tortib umumta’lim maktablari, bog‘chalar, ko‘p qavatli va yakka tartibdagi uy-joylar, savdo do‘konlari, ma’muriy binolar, madaniy meros va sport ob’yektlari vayron bo‘ldi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tabiiy ofat oqibatlarini shaxsan ko‘zdan kechirish uchun 28 aprel kuni Qorako‘l va Olot tumanlariga bordi.

Shavkat Mirziyoyev tabiiy ofat oqibatlarini shaxsan ko‘zdan kechirgan.
Shavkat Mirziyoyev tabiiy ofat oqibatlarini shaxsan ko‘zdan kechirgan.

Mirziyoyev tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni belgilagan, mutasaddilarga ofatdan aziyat ko‘rgan aholiga yordam berish bo‘yicha topshiriqlar bergandi.

O‘zbekiston rahbari Buxoroda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish haqidagi farmonni ham imzolagandi.

"Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida" deb nomlanuvchi farmonda ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlariga davlat byudjetidan 100 milliard so‘m ajratish belgilangan.

Farmonning bajarilishi Buxoroda keyingi yillarda qurilgan yangi ob’yektlarning bosh mas’uli - bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov zimmasiga yuklatildi.

XS
SM
MD
LG