Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 22:28

“Fermerlarni tiriklay ko‘mdirgan “karatist” amaldor Sardobaning tepasida turgan...”


Sarlavhaga chiqarilgan jumlani Sharof Ubaydullayev “...degan gaplar ham yuribdi” deb yakunladi va o‘sha amaldorning “karatist”dan tashqari “kallakesar”, “bandit” degan laqablarini ham aytdi. Ayni paytda OzodNazar mehmoni bu gaplar hozircha xalq orasida yurgan gaplar ekanligini, so‘nggi xulosani esa, Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan avariyani o‘rganayotgan hukumat komissiyasi va sud aytishini ta’kidlab aytdi.

O‘zi mirzacho‘llik suhbatdoshimiz bugungi eshittirish davomida Mirzacho‘lni o‘zlashtirishning so‘nggi 100-150 yillik tarixini, Sardoba suv omborini qurish hayotiy zarurat bo‘lganini aytib berdi.

Sharof Ubaydullayev, shuningdek, Sardoba fojiasi va uning mahalliy matbuotda yoritilishi masalasiga ham to‘xtalib, Karimov davridan qolgan amaldorlar yana eski to‘nlarini kiyib oldi, degan fikrni ham bildirdi.

“Фермерларни тириклай кўмдирган “каратист” амалдор Сардобанинг тепасида турган...”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:28:56 0:00
Бевосита линк

Алоқадор

XS
SM
MD
LG