Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:30

Deputat Rasul Kusherbayev: "Aytgan gapimiz bilan qilgan ishimiz mos bo‘lsin"


Rasul Kusherbayev
Rasul Kusherbayev

Ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayevni yoqlaydiganlar va unga qarshi bo‘lganlar orasida munozara bo‘lib o‘tmoqda.

Bundan oldin ijtimoiy tarmoqlarda ayrim tadbirkorlar unga qarshi ko‘rsatma berishga majburlangani haqida xabarlar tarqalgan edi.​

Rasul Kusherbayev Ozodlik muxbiri bilan suhbatda o‘zi haqda so‘nggi kunlarda paydo bo‘lgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Yaqinda Toshkent viloyat, Yangiyo‘l tumanida mulkni talon-toroj qilishda ayblanib, uch oydan beri tergovi davom etayotgan tadbirkor video chiqarib¸ tergovchilar uni deputat Kusherbayevga qarshi guvohlik berishga majburlayotganini iddao qildi.

Bu iddao ortidan Kusherbayevga qarshi ijtimoiy tarmoqlardagi o‘ndan ziyod guruhda qoralov kampaniyasi boshlandi. Kusherbayev tarafdorlari esa, tarmoq yulduziga aylangan deputatni himoyasiga postlar e’lon qilmoqda.

Deputat Kusherbayevning atrofida ko‘tarilgan shov-shuv yuzasidan fikr bildirgan mustaqil jurnalist Abduraxmon Tashanovning Ozodlikka aytishicha¸ Mirziyoyev qo‘llovidan keyin tarmoq yulduziga aylangan deputat Kusherbayevning “osmoniga qora bulutlar to‘planmoqda”:

“Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida tergovi ketayotgan bir necha tadbirkorlar bilan gaplashdim. Ularning aytishicha, 2017 yilda tadbirkorlik subyektini tashkil qilish chog‘ida O‘zbekiston Oliy Majlisining deputati Rasul Kusherbayev huquqiy ko‘mak bergan. Endi tadbirkorlar mazkur “shag‘al biznesi asli Kusherbayevniki” ekanini aytishsa bo‘ldi, hammasi joyida bo‘larmish. Yana bir gap, bundan 6-7 yil muqaddam Rasul Kusherbayev marhum otasiga ajratilgan yer uchastkasini ekilgan teraklari bilan birga mahalliy fuqarolardan biriga ehtiyoj tufayli sotgan. Endi deputatning yerini sotib olgan kishini siquvga olishmoqda. Yuqoridagi kabi u ham mazkur ishga “firib” aralashganini tan olsa, hammasi joyida bo‘larkan”.

Bu gaplar ortidan boshlangan tarmoqdagi munozarada ba’zi guruhlar Kusherbayevga nisbatan haqoratomuz postlar qodirishdi. Boshqa guruhlar esa "Qusherbayev O‘zbekistonning keyingi prezidentidir" degan shior bilan chiqishdi.

Bu iddaolar yuzasidan Ozodlik muxbiri Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayevning o‘zi bilan suhbatlashdi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:25 0:00
Бевосита линк


Ozodlik bilan suhbatda Oliy Majlis deputati Kusherbayev “Haqoratlardan qattiq xafa ekani va uni ma’naviy qo‘llagan” barchaga rahmat aytdi:

- Deputat daxlsizligi degan tushuncha bekor bo‘lgani yo‘q. Menga qarshi jinoyat ishi yoki tergovgacha surishtiruv ochilgani yo‘q. Endi meni qo‘llayman deb, "navbatdagi prezidentlikka nomzod bu" deganlar,aslida, oyog‘imga bolta urmoqda. Qonun bo‘yicha ham men kelasi yil prezidentlikka nomzodimni qo‘ya olmayman. Chunki yoshim yetmaydi. Xozir 33 yoshdaman. Yangiyo‘llik tadbirkor bilan bog‘liq holatlar, yer uchastkasi bilan bog‘liq vaziyat va boshqa ishlar bo‘yicha ayrim prokuratura mas’ullarining menga ayblov uyushtirish, majburan ko‘rsatma olishga urinishlari haqida fuqarolar tomonidan menga ham murojaatlar bo‘lgan va ularni imkon darajasida o‘rganganman. Ushbu holatlar bo‘yicha huquqiy baho berish, deputat faoliyati, o‘zi va oilasi daxlsizligi bilan bog‘liq kafolatlarni to‘liq ta’minlash yuzasidan tegishli yuqori idoralarga murojaat qilganman.Umid qilamanki, barcha holatlar hech qanday ta’sirlarsiz xolis o‘rganilib, huquqiy baho beriladi, deputat daxlsizligi, sha’ni va ishchanlik obro‘si ta’minlanadi.

Prezidentni qo‘llayman

Deputat Kusherbayev o‘z so‘zida davom etib¸ O‘zbekiston prezidentining islohotlar va ochiqlik bo‘yicha siyosatini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi:

- Men o‘zimni Mirziyoyev ochiqlik va oshkoralik islohoti bois yuzaga chiqqan siyosatchi deb bilaman. Agar Shavkat Miromonovich bo‘lmaganida men ham bo‘lmasdim. Deputat sifatida mamlakat prezidenti istagandek faol bo‘la olmayotganimni aytishni istardim. Prezident ish sur’atiga mos ravishda faoliyat ko‘rsatishni o‘zi bo‘lmaydi. Eng muximi aytgan gapimiz bilan qilgan ishimiz mos bo‘lsin.

Joriy yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yangi chaqiriq deputatlari majlisida, prezident Shavkat Mirziyoyev deputat Rasul Kusherbayevning faoliyatini alohida e’tirof etgan edi: “Ayniqsa, Rasul to‘g‘risida ko‘p gaplar bo‘ladi, hammagayam yoqmaysan, menga yoqasan”, - degan edi prezident.

Jurnalist¸ liberal demokrat va deputat

Rasul Kusherbayev 1987 yili Toshkent viloyatining Qushyog‘och qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jurnalistika fakultetini bitirgan Kusherbayev 2012 yilda 2014 yilgacha “Yangiyo‘l” gazetasi bosh muharriri bo‘lib ishladi. 2014 yilda O‘zbekiston liberal demokratlar partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat bo‘lib saylandi.

XS
SM
MD
LG