Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:20

DSQ markaziy idorasi 240 xodimi binoda 2 kunga "qamaldi". Ular koronavirusga test qilindi


Davlat soliq qo‘mitasi binosi
Davlat soliq qo‘mitasi binosi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Toshkentdagi markaziy idorasi xodimlari 23 maydan 25 maygacha binodan chiqarilmay, koronavirus bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazildi.

Xodimlar ikki kun mobaynida o‘tirg‘ichlarda uxlagani va konditsionersiz dim xonada qiynalganidan shikoyat qildi.

DSQning Ozodlik gaplashgan ikki mudozimi: vazir yordamchisi va matbuot xizmati rahbari xodimlar ikki kun davomida binodan chiqarilmay, testdan o‘tkazilganini tan oldi.

Ozodlik bilan suhbatlashgan xodimlar iddaosiga ko‘ra¸ DSQning 4 xodimida virus topilgan va bu o‘z navbatida bino ichida vahima muhitini yaratgan.

Davlat soliq qo‘mitasi raisining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi va matbuot xizmati boshlig‘i Yelena Ismayeva bu ma’lumotni inkor qildi. Uning 25 may kuni Ozodlikka aytishicha¸ tekshirilgan DSQ xodimlari orasida birorta ham koronavirus yuqtirgan odam yo‘q.

"23 may kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida, Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy apparati barcha xodimlaridan COVID-19 ga test tahlillari olindi." deya bildirdi DSK matbuot xizmati boshlig‘i Yelena Ismayeva.

Vahimali shanba

Ozodlik gaplashgan va ishidan ajralishidan qo‘rqib ismi sir qolishini istagan DSQ xodimiga ko‘ra¸ markaziy idoraning 240 xodimi 23 may kuni ishxonaga chaqirilgan, ularga shanba kuni ishga chaqirilgani sababi aytilmagan.

«Barcha xodimlar qatori meni ham aldab ishga chaqirishdi. Test haqida oldindan aytishmadi. Ishga kelganimizda esa, bizga «test topshirib uyga ketaverasizlar» deyishdi. Testni topshirdik, ammo uyga ketishga izn berishmadi. Administrativ bino ichida qoldik. Hech qanday sharoit yaratishmadi. Kechqurun 8 da palov olib kelishdi. Ammo palov hammaga yetmadi. Tushdan keyin bizga oralaringizda 4 kishidan virus chiqdi deb aytishdi. Hamma bir-biriga qaraydi kim ekan deb. SES xodimlari kelib tekshirdi. Shu bo‘yi ikki kun qolib ketik. Bugun - uchinchi kun nihoyat taqdirimiz xal bo‘ldi. 100 xodim maxsus mehmonxonaga joylashtirilib, 14 kun o‘sha yerdan qatnab ishlaydigan bo‘ldi. 40 xodim alohida karantinga olindi. Qolgan 100 xodim uyidan qatnab ishlaydigan bo‘ldi».

Yordamchining yordami

Ozodlik muxbiri ayni iddao bilan shikoyat qilgan boshqa xodimlar bilan ham gaplashdi. Bu suhbat ortidan Ozodlik O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi raisi yordamchisi bilan bog‘landi. Bu suhbatdan keyin DSQ xodimlari Ozodlik muxbiri bilan yana aloqaga chiqib “konditsionerlar yoqilgani¸ antiseptik ashyolar bilan ta’minlanib¸ hammaga yetadigan qilib ovqat keltirilganini” aytishdi.

Mehmonxona sharoiti va xodimlar talabi

Izolyatsiya qilinadigann DSQ xodimlari 14 kun qolishi uchun DSQ tarafidan ijaraga olingan "Labzak" mehmonxonasiga borib, sharoitni ko‘rib kelgan DSQ xodimi Ozodlik bilan suhbatda mexmonxonaning ahvoli juda yomonligidan shikoyat qildi:

“Shu qadar yomonki, qo‘yaverasiz. Sichqonlar bolalab yotibdi. Tarakan bosgan hamma yoqni. Mutlaqo antisanitariya. Arzon bo‘lgani uchun olgan buni rahbariyat. Kuniga 55000 so‘m kishi boshiga”.

DSQning Ozodlik suhbatlashgan 8 xodimi ham ayni shikoyatni tilga oldi.

DSQ xodimlari talablari umumiylashtirilsa mana bunday bo‘ladi:

1.Koronavirusga chalingan DSQ xodimlari bilan bog‘liq vaziyat haqida aniq va oshkora berish.

2. Karantinga olingan xodimlarni yaxshiroq mehmonxonaga joylashtirish yoki uyidan ishlashga izn berish.

3. DSQ binosi ichida xodimlarning sharoitini yaxshilash.

Bu talablar yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi raisining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi va matbuot xizmati boshlig‘i Yelena Ismayeva Ozodlik muxbiriga javob berdi:

Ismayevaga ko‘ra¸ DSQ xodimlaridan birortasi ham koronavirus yuqtirmagan.

“DSQ ning bir necha xodimida virus aniqlanibdi degan gap haqiqatdan uzoq. Siz aytgan DSQ boshqarma boshlig‘i va uning haydovchisida aniqlandi degan gap ham noto‘g‘ri. DSQ respublika idorasida ishlamaydigan va umuman Toshkentning boshqa bir qismida joylashgan soliq xodimlari malakasini oshirish markazi xodimida koronavirus aniqlandi. Shu bois DSQ boshqaruv hay’ati va xodimlari COVID19 tarqalishining oldini olish maqsadida testdan o‘tkazildi. Bino ichi sanitariya ishlovidan o‘tdi. Bu jarayon xodimlar uchun noqulaylik tug‘dirgani uchun uzr so‘raymiz” dedi Yelena Ismayeva Ozodlik bilan suhbatda.

Ismayeva DSQ xodimlaridan 100 kishining mehmonxonaga joylashtirilgani va 40 kishining maxsus karantinga olingani faktini izohlamadi.

Ismayevaga ko‘ra¸ bu savollarga 14 kundan keyin oydinlik kiritiladi.

O‘zbekistonda rasmiy davlat idoralari, xususan Toshkent shahar hokimligi aprel oyida koronavirus pandemiyasi bois karantinga yopilgani haqida Ozodlik xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG