Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 18:25

Fuqarolar Qoraqo‘tanda oltin rudasi o‘g‘rilariga qarshi chora ko‘rilmayotganidan norozi bo‘lmoqda (VIDEO)


Kombinat ishchilaridan biri 26 may kuni o‘zi guvoh bo‘lgan "oltin rudasi o‘g‘irligi holati"ni qo‘l telefoni yordamida videoga tushirib, Ozodlikka jo‘natdi.
Kombinat ishchilaridan biri 26 may kuni o‘zi guvoh bo‘lgan "oltin rudasi o‘g‘irligi holati"ni qo‘l telefoni yordamida videoga tushirib, Ozodlikka jo‘natdi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Samarqand viloyat, Paxtachi tumanidagi Qoraqo‘tan konida, mahalliy aholi va konchilarning Ozodlikka aytishicha, tarkibida oltin bo‘lgan ma’danli toshlarni o‘g‘irlash avjiga chiqqan.

Kombinat ishchilaridan biri 26 may kuni o‘zi guvoh bo‘lgan "oltin rudasi o‘g‘riligi holati"ni qo‘l telefoni yordamida videoga tushirib, Ozodlikka jo‘natdi.

Navoiy kon metallurgiya kombinati rahbariyati o‘g‘rilik iddaolarini Ozodlikka izohlamadi.

Tahririyat o‘g‘rilik deb iddao qilinayotgan videotasvirlarni kombinat matbuot kotibi Abdumajid Jo‘rayevga jo‘natdi, lekin 27 may kun oxirigacha undan javob bo‘lmadi.

Video tasvirda rudalar ortilgan yuk poezdi harakatlanib ketayotgani, vagonlar ustida o‘rta yoshlardagi erkaklar qoplarni yerga uloqtirayotgani aks etgan.

Қорақўтонда ўғирлик
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:51 0:00

Tasvirlarni Ozodlikka jo‘natgan korxona xodimi videoda aks etgan voqea oltin rudasi o‘g‘riligi ekani va bunday o‘g‘riliklar Qoraqo‘tan konida "har kuni qo‘riqchilarning ko‘z o‘ngida" sodir bo‘lishini aytar ekan, bunday dedi:

Poezdni ustiga chiqib Ziyovuddin stantsiyasigacha rudalarni tashlab boraverishadi.

- Oltin rudalari vagonlarga ortilganidan keyin, poezd Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarab yo‘lga chiqadi. O‘shanda bular poyezdning ustiga chiqib to Ziyovuddin stantsiyasigacha, (Qoraqo‘tan konidan Ziyovuddin bekatigacha 16 kilometr) rudalarni qoplarga solib tashlab boraverishadi. Poyezd ortidan sheriklari "Niva" mashinalarida qoplarni terib chiqishadi, har kuni shu ahvol.

Ozodlikka kelgan boshqa videoda ham rudalar ortilgan yuk poyezdi ustida shubhali odamlar ko‘rinadi.

Kadr ortidan gapirgan ayol yuk poyezdi ustidagi odamlarni oltin o‘g‘rilari deb ataydi.

Қорақўтонда ўғирлик
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:51 0:00

Strategik ahamiyatga molik muassasalar sirasiga kiruvchi Navoiy kon metallurgiya kombinati va unga tegishli konlar harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘limi tarafidan qo‘riqlanadi.

"Tizimli o‘g‘rilik"

Kombinat ishchilari iddaosicha, ba’zida o‘g‘riliklar qo‘riqchilar ko‘zi oldida bo‘ladi.

- Ular bilan til biriktirilgan holda qilinadi. Hammasining ichki ishlarda, prokuraturada odamlari bor, - deydi Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishchisi.

Ozodlik korxonada o‘g‘rilik iddaolarini o‘rganish asnosida Qoraqo‘tan konining boshqa xodimlari bilan ham suhbatda bo‘ldi.

Ular ham o‘g‘riliklar uyushgan xolda ekanini aytishdi.

- Hammasining tili bir. Ular ham ulush oladi, chunki o‘g‘riliklar qo‘riqchilarning ko‘z oldida bo‘ladi, indashmaydi. Vagonlarga ortilganidan keyin Ziyovuddin stansiyasigacha o‘g‘irlab bo‘linadi, - deydi Qoraqo‘ton koni ishchisi.

Navoiy kon metallurgiya kombinati rahbariyati o‘g‘rilik iddaolarini Ozodlikka izohlamadi.

Tahririyat o‘g‘rilik deb iddao qilinayotgan videotasvirlarni kombinat matbuot kotibi Abdumajid Jo‘rayevga jo‘natdi, lekin 27 may kun oxirigacha undan javob bo‘lmadi.

Qoraqo‘tan oltin koni Navoiy kon metallurgiya kombinatiga qarashli bo‘lib, u yerdagi shaxtalardan tarkibida oltini bor ruda qazib olinadi.

G‘ayriqonuniy oltin biznesidan yaxshi xabardor paxtachiliklardan birining Ozodlikka aytishicha, Qoraqo‘tan konida o‘g‘riliklar sistematikdir, tuman aholisining 70 foizi shu tizimdan kun ko‘radi:

Tumanda 200ta rudalarni qayta ishlovchi yashirin tegirmon sexlari bor. O‘g‘irlangan rudalar shu yerga olib borilib, yuviladi.

- Tumanda 200 ta rudalarni qayta ishlovchi yashirin tegirmon sexlari bor. O‘g‘irlangan rudalar shu yerga olib borilib, yuviladi. Qaysidir tsexda toshni qumga aylantirishadi, qaysi birida toshni yuvib, zarra qilib berishadi. Bir yoki ikki kilogrami toshdan 1 gramm tilla chiqadi. Hammasi uyushtirilgan sistema bu. Yillardan beri davom etyapti. Huquqni muhofaza qilish tizimlari biladi buni. Maydalarini ushladik, deb matbuotga chiqarishadi, yirik mafiyaga tegishmaydi.

Bu iddao yuzasidan Ozodlik huquq-tartibot idoralaridan izoh ololmadi.

Paxtachi tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimi bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati izoh berish vakolatiga egaligini aytdi.

Ozodlik IIV rasmiy saytidagi matbuot xizmati telefonlariga kun davomida telefon qildi, lekin hech kim ko‘tarmadi.

Ozodlik radiosi Navoiy kon-metallurgiya kombinati tasarrufidagi Qoraqo‘tan konida ilgari g‘ayriqonuniy oltin qazishlar haqida xabar bergan.

Qoraqo‘tanda o‘nlab g‘ayriqonuniy oltin qazuvchi kon ostida qolgani, bir nafari halok bo‘lgani haqda Ozodlik xabar bergandi.

XS
SM
MD
LG