Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 18:36

Navoiyda uyi buzilgan ayol viloyat hokimligi oldida o‘ziga o‘t qo‘ymoqchi bo‘ldi (VIDEO)


O‘zbekistonda hokimiyat binolari oldida o‘ziga o‘t qo‘yishga urinishlar bundan oldin ham bo‘lgan.
O‘zbekistonda hokimiyat binolari oldida o‘ziga o‘t qo‘yishga urinishlar bundan oldin ham bo‘lgan.

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi 38 yoshli ayol uyining buzilishidan norozilik sifatida viloyat hokimligi binosi oldida o‘ziga o‘t qo‘yishga urindi.

Ayolning ustiga benzin sepib o‘t qo‘yishga urinishi aks etgan video 28 may kuni Telegram tarmog‘ida tarqaldi.

Navoiy viloyat hokimligi mulozimi ayol o‘ziga o‘t qo‘yish bilan tahdid qilgani, lekin o‘t qo‘yish holati bo‘lmaganini aytdi.

Telegram tarmog‘idagi "Navoiyliklar" guruhi foydalanuvchilarining Ozodlikka aytishicha, o‘zini yoqmoqchi bo‘lgan ayol Karmana tumanilik 38 yoshli D. A.dir.

Uning Kalovat mahallasidagi uyi 25 may kuni buzib tashlangan.

Ozodlik uyi buzilgan ayolning o‘ziga bilan bog‘lana olmadi.​

28 may kuni Telegram tarmog‘ida tarqalgan videoda ayol Navoiy viloyat hokimligi oldida turgan qo‘riqchilardan "hokim chiqadilarmi, chiqmaydilarmi?" deb so‘raydi.

Qo‘riqchilardan "hokim yo‘qlar", degan javobni eshitgach, ayol "men o‘zimni yoqaman, hokim uyimni buzib tashladi", deb ustiga qo‘lidagi kanistrdagi benzinni sepadi.

"Yaqinlashma, o‘zimni yoqaman, tushsin hokim, tushsin. Men uysiz, joysiz qoldim", deydi ayol.

Tasvirlardan videoni ayolning o‘zi olayotgani anglashiladi.

Navoiy viloyat hokimligi mulozimi 26 may kuni uyi buzilgan ayol hokimlik binosiga o‘ziga o‘t qo‘yish bilan tahdid qilib kelgani, lekin o‘t qo‘yish xolati bo‘lmaganini Ozodlikka aytdi.

Ozodlik o‘zini yoqmoqchi bo‘lgan ayol Karmana tumanining Kalovat mahallasida yashovchi 38 yoshli D. A. ekanini o‘rgandi.

Lekin, ayolning o‘ziga bog‘lanib bo‘lmadi.

Telegran kanali foydalanuvchilaridan birining Ozodlikka aytishicha, D. A.ning Kalovat mahallasidagi 300 kvadrat metrdan ortiq maydonli uyiga 25 may kuni buldozer solingan.

- Shu kuni bu ayolning uyiga buldozer solinib,buzib tashlandi. Qiy-chuv bo‘ldi. Keyin dod-voy solib Karmana tuman hokimligiga bordi. U yerda hech kim qabul qilmagach 26 may kuni kanistrda benzin ko‘tarib Navoiy viloyat hokimligiga bordi. U yerda ayolni tinchlantirib yuborishdi, - deydi karmanaliklardan biri.

Karmana tumani hokimligining kapital qurilish bo‘yicha mulozimi Ozodlikka ayol meniki deb iddao qilayotgan uy noqonuniy qurilish bo‘lgani uchun buzib tashlanganini aytdi.

- Hokimlikning yerida noqonuniy uy qurib olgan. Bo‘shat, deb yilning boshidan buyon ogohlantirib kelindi. Sudning qarori bilan bir necha marta tanishtirildi. 25 martda Karmana tuman sudi, noqonuniy qurilish, buzilsin, deb qaror ham chiqarib qo‘ygan. Lekin, bu ayol sudning qarorini mensimasdan shu uyda yashashda davom etaverdi, - deydi Karmana tumani hokimligi rasmiysi.

Uyi buzilgan ayolning keyingi taqdiri, qayerda yashayotgani va voqea nima bilan yakun topgani Ozodlikka noma’lum.

Uning oilaviy ahvoli haqida ham Ozodlik ma’lumotga ega emas.

O‘zbekistonda ijtimoiy-maishiy muammolar sabab, fuqarolarning o‘ziga o‘t qo‘yish holatlari uchrab turadi.

O‘tgan yil fevral oyida Surxondaryo viloyati termiz tumanida yashovchi tadbirkor o‘zi ochgan kafe binosining buzilishiga norozilik bildirib, Termiz tuman hokimligi binosi oldida o‘ziga o‘t qo‘ygan edi.

2017 yilning sentabrida esa Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumani Ullibog‘ qishlog‘ida yashovchi 29 yashar Ahmad Niyozimbetov uyini buzishga kelgan hokimlik vakillariga norozilik bildirib, o‘ziga o‘t qo‘ygani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

Nega sudlarga shikoyat qilishmaydi?

O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov 29 mayda Ozodlik savollariga javob berarkan, ​mamlakatda mulk daxlsizligi kafolatlanishi, huquqlari poymol etilgan fuqarolar dod-voy qilmasdan sudlarga murojaat etishi kerakligini aytib, jumladan bunday dedi:

- Nega ular dod-voy soladi, janjal ko‘taradi, Ozodlikka shikoyat qiladi. Huquqlari poymol etilsa tadbirkorlar ma’muriy sudlarga shikoyat kiritishsa albatta adolatli ko‘rib chiqiladi. Dod-voy qilgan bilan ish bitmaydi,huquqiy hal qilish kerak, ahir biz huquqiy jamiyatda yashaymizku.

Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan fuqarolar esa sud idoralariga ishonmasliklarini aytishadi.

O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov esa, sudlarda fuqarolarning hokimliklar ustidan qo‘li baland kelgani holatlari ko‘p bo‘lganini aytdi:

- Mana so‘nggi holat: Toshkentning Yakkasaroy tumanida bo‘ldi. Yer maydonidagi ko‘p yillik 81 ta daraxtlar qonunga zid ravishda kesilganligi oqibatida o‘simlik dunyosiga keltirilgan moddiy zarar undirlib, qurilish to‘xtatildiku. Bundan oldin ham juda ko‘p xolatlarda arzchilar sudda yutib chiqqan.

O‘zbekistonda buzilishlar ortidan kelib chiqqan noroziliklar ortidan prezident Shavkat Mirziyoyev yer uchastkalarini olib qo‘yish hamda ko‘chmas mulk obyektlarini buzish masalasida hokimlar vakolatini qisqartirish haqida o‘tgan yil avgust oyida farmoyish chiqargandi.

"Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" deb nomlangan farmoyishda fuqarolarning mulkini buzish ishlari faqat sud qarori bilan amalga oshirilishi aytilgan.

Prezidentning bu farmoni Farg‘ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida o‘tgan yil iyul oyida buzilishlar ortidan aholining noroziligi kelib chishi ortidan qabul qilingan edi.

XS
SM
MD
LG