Линклар

Шошилинч хабар
29 октябр 2024, Тошкент вақти: 02:21

AQSh Rossiya gaz loyihasiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirmoqchi


Rossiya 11 milliard dollar qiymatga ega Nord Stream 2 tabiiy gaz quvuri loyihasini o‘z yakuniga yetkazishga urinar ekan, AQSh sanksiyalari tufayli qiyinchiliklarga duchor bo‘lib keladi.
Rossiya 11 milliard dollar qiymatga ega Nord Stream 2 tabiiy gaz quvuri loyihasini o‘z yakuniga yetkazishga urinar ekan, AQSh sanksiyalari tufayli qiyinchiliklarga duchor bo‘lib keladi.

AQSh Kongressining bir guruh senatori Rossiya gazini Germaniyaga uzatishni ko‘zlovchi gaz quvuri loyihasi yakunlanishiga yo‘l qo‘ymaslikni ko‘zlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.

Ted Kruz hamda Jinn Sheyxin yetakchiligidagi senatorlar loyihani 4 iyun kuni taqdim etdi.

Rossiya 11 milliard dollar qiymatga ega Nord Stream 2 tabiiy gaz quvuri loyihasini o‘z yakuniga yetkazishga urinar ekan, AQSh sanksiyalari tufayli qiyinchiliklarga duchor bo‘lib keladi.

2019 yilning dekabrida Vashington Boltiq dengizi tubida loyiha quvurlarini yotqizishga ko‘maklashadigan har qanday shirkatga qarshi sanksiya joriy qildi.

Natijada ushbu cheklovni chetlab o‘tish uchun Rossiya o‘z kemasini Boltiq dengiziga yubordi.

Nord Stream 2 har biri Boltiq dengizi bo‘ylab 1230 kmga cho‘ziluvchi ikki parallel liniyadan iborat bo‘lib, Rossiyadan Germaniyaga gaz eltib berishni ko‘zlaydi.

Liniya Yevropaga yiliga 55 milliard kub gaz eltib berishga qodir.

Loyiha 90 foizga tamomlangan bo‘lib, Daniya yaqinidagi taqriban 160 kmga cho‘zilgan bo‘lagi bitmay qolgan.

AQSh senatorlari o‘rtaga tashlagan yangi qonun loyihasi sanksiyalarni yanada kengaytirishni ko‘zlaydi.

Xususan, qonun qabul qilinsa, sug‘urta, port yoki boshqa xizmatlarni ko‘rsatib, loyihaga ko‘maklashuvchi har qanday shirkat AQSh sanksiyalariga duchor bo‘ladi.

AQSh Nord Stream 2 loyihasiga qarshi, chunki Vashington liniya Rossiyaning G‘arbiy Yevropa energiya bozoridagi o‘rnini mustahkamlab, Ukrainani tranzit daromadidan ayirishidan xavotirda.

Rossiya esa, o‘z navbatida, AQShni Yevropaga Amerika gazini ko‘proq eksport qilish imkoniga ega bo‘lish maqsadida loyihaga to‘sqinlik qilayotganini aytib keladi.

AQSh keyingi yillarda gaz ishlab chiqarish ko‘lamini oshirdi va Yevropaga suyuq gaz eksport qila boshladi. Ted Kruzni senator etib saylagan Texas AQShning eng ko‘p gaz ishlab chiqaruvchi shtatidir.

Ukrainaning «Neftogaz» shirkati AQShni Nord Stream 2 loyihasiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chorlab keladi.

AQSh senatorlarining qonun loyihasi kuchga kirishi uchun uni Kongressning har ikki palatasi ma’qullashi hamda prezident imzolashi lozim.

Yil boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya kansleri Angela Merkel bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida Nord Stream 2 kechi bilan 2021 yil boshida tamomlanishini aytgan edi.

Nord Stream 2 ga qarshi ilk qonun loyihasini imzolash jarayoni 7 oyga cho‘zilgan edi.

XS
SM
MD
LG