Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 20:25

“Ichki ishlar vazirining Yulduz Usmonovaga kuchi yetmaydi”


Xalq artisti Yulduz Usmonovaga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ish, uning “ruhiy zo‘riqish holatida” bo‘lgani va “yoshlarda vatanparvarlik ruhini tarbiyalashdagi xizmatlari” inobatga olingan holda, to‘xtatildi. Bu haqda “Qalampir” nashriga Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov o‘tgan haftada ma’lum qildi.

Yulduz Usmonova 3 may kuni Instagram’da jonli efirda ichki ishlar xodimlarini ishlamayotganga chiqarib, “padarla’nati bo‘ldilaring”, degan edi.

Buning ortidan IIV keskin bayonot bilan chiqqan, unda jumladan bunday deyilgan edi:

“Toshkent shahar IIBB tomonidan madaniyat xodimi nomiga dog‘ tushirgan, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimagan, ichki ishlar organlari xodimlari sha’ni va qadr-qimmatini kamsitishga harakat qilgan fuqaro Yu.Usmonovaning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Ish yakuni bo‘yicha holatga oydinlik kiritilib aybdorlarga qonuniy tartibda chora belgilanadi”.

Vazirlikning Yulduz Usmonovaga nisbatan munosabati o‘zgarib qolishidan hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining Andijondagi voqea yuzasidan bayonotidan paydo bo‘lgan savollarni jurnalist Abdurahmon Tashanovga berdik.

“Ички ишлар вазирининг Юлдуз Усмоновага кучи етмайди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:19:09 0:00
Бевосита линк


XS
SM
MD
LG