Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 16:25

“Rossiyadagi mehnat muhojirlari, Qozog‘iston chegarasiga kelmang, hukumatdan haqingizni talab qiling”


Mingga yaqin o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari Orenburg oblastining (Rossiya) Qozog‘iston chegarasiga yaqin qismida hanuz to‘planib turibdi. Bu haqda Ozodlikka 10 kundan ortiq muddatdan buyon O‘zbekiston hukumatidan yordam kutayotgan muhojirlarning vakillari xabar qildi.

Ayni paytda 963 qirg‘izistonlik 20 ta avtobusda Rossiyaning Sol-Iletsk shahridan Qozog‘iston orqali o‘z mamlakatiga yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston rasmiylari xabar qildi.

Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining koronavirus pandemiyasi sharoitidagi tashvishlarini sharhlab berishni so‘rab, OzodNazarga Yurtdosh o‘zbeklarning “Vatandosh” jamiyati (Moskva) rahbari Usmon Baratovni taklif qildik.

“Россиядаги меҳнат муҳожирлари, Қозоғистон чегарасига келиб олманг, ҳукуматдан ҳақингизни талаб қилинг”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:20:00 0:00
Бевосита линк

Ayni paytda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi uyiga qaytish ilinjida bo‘lgan mehnat muhojirlarini Rossiya—Qozog‘iston chegarasidan muayyan haq evaziga o‘tkazib qo‘yishni taklif qilayotganlarga ishonmaslikka chaqirdi.

Elchixonaning bildirishicha, “yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan ayrim shaxslar Rossiya—Qozog‘iston chegarasiga odamlarni etkazib qo‘yish va chegarani kesib o‘tishda “yordam berish”ni va’da qilib, turli e’lonlar tarqatmoqda”.

Elchixona bu yolg‘on ekanini, Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘istonda karantin choralari, jumladan, mamlakatlarga kirish bo‘yicha cheklovlar o‘z kuchida qolayotganini ta’kidladi.

“Afsuski, shu kunlarda Samara viloyatidagi Bolshaya Chernigovka qishlog‘i, Orenburg viloyatidagi Buzuluk tumani va Sol-Iletsk shahrida O‘zbekiston fuqarolarining yana to‘planishi kuzatilmoqda. Ularning ko‘pchiligi yolg‘on xabarlarga ishonib Rossiyaning turli hududlaridan kelgan va Qozog‘iston orqali vatanimizga qaytish istagini bildirmoqda”, -deyiladi xabarda.

Elchixona muhojirlarni bir yerga to‘planish koronavirusga chalinish ehtimolini kuchaytirishi to‘g‘risida ogohlantirdi.

XS
SM
MD
LG