Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 12:26

Prezidentning kuyovi O‘zbekistonda ro‘yxatga olinmagan Xitoy dorisini koronavirus bemorlariga tarqatmoqda


26 iyul kuni Yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayev “Lianhua” dorilarini O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov nomidan Zangiota tumanidagi maxsus shifoxonasiga topshirgani haqda Effect.uz
26 iyul kuni Yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayev “Lianhua” dorilarini O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov nomidan Zangiota tumanidagi maxsus shifoxonasiga topshirgani haqda Effect.uz

O‘zbekiston Farmakologiya qo‘mitasi rasmiylari Ozodlikka "koronavirusga qarshi samarali dori" deya Xitoydan O‘zbekistonga olib kelib tarqatilayotgan “Lianhua” preparatlari dori vositasi sifatida davlat reestriga kiritilmaganini bildirdi.

26 iyul kuni mahalliy nashrlarO‘zbekistonga Xitoydan koronavirusga qarshi Lianhua Qingwen Jiaonang” deb nomlangan samarali dori keltirilgani va uning katta partiyasi prezidentning kenja kuyovi Otabek Umarov nomidan Toshkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilgan ko‘p tarmoqli maxsus shifoxonaga topshirilganini xabar qilgan edi.

Reklama xarakteridagi bunday xabarlar ortidan ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida so‘nggi kunlarda “Lianhua” tabletkalarini targ‘ib qilayotgan videolar ko‘payib bormoqda.

Roliklarda "Xitoy xalq tabobati asosida tayyorlangan bu dorilarning ikki pachkasi bilan koronavirus yuqtirgan bemorlar tuzalayotgani" iddao qilinadi.

Bu dori bozorini o‘rgangan toshkentlik bloger¸ "Xitoyda narxi bor-yo‘g‘i 2 AQSh dollari turadigan bu dorining hozirda o‘zbekistonliklarga uch-to‘rt baravar qimmat, ba’zi joylarda esa¸ pachkasi 40 dollardan sotilayotgani"ni bildirdi.

Qora bozordagi "mo‘’jizakor dori" reklamasi

Telegramdagi "Stop coronavirus" guruhida e’lon qilingan videoda noma’lum erkak “Lianhua” dorilari solingan qutilarni ochar ekan:

"Mana shunday dorilar bor mana, bir bemorga ikki pachkasi yetadi. Mana bu yerda 1500 quti dori bor, kelasi hafta yana 2000-3000 quti keladi", deydi.

Ўзбекистонда Хитойдан олиб келинган “Lianhua Qingwen Jiaonang” воситаси тарқатилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:17 0:00

Yana bir videoda mashina rulida o‘tirgan erkak koronavirus testi pozitiv chiqqan bemorlarga “Lianhua” ​dorisining ikki pachkasi bepul berilishini aytadi.

"Saxiy odamlar bor, qiyin kunlarda yordam beradigan. Albatta¸ hammaga yordam berolmaymiz. Kimga koronavirusga qarshi foydali bo‘lgan mana shu Xitoy dorisi kerak bo‘lsa, bizga murojaat qiling, olib kelib beramiz. Buning uchun koronavirusga pozitiv ekanligingizni tasdiqlovchi spravkani ko‘rsatishingiz kerak", - deydi bu dorifurush.

Хитойдан олиб келинган “Lianhua Qingwen Jiaonang” дориси коронавирусга қарши восита, дея тарқатилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:48 0:00

Ozodlik muxbiri targ‘ibot roliklaridagi telefon raqamlaridan biriga bog‘langanida ismi ochiqlanishini istamagan erkak “Lianhua” preparatlari Xitoydan O‘zbekistonga "orqasi baquvvat kattakon”lar yordamida olib kelinayotganini aytdi.

"Bog‘ini so‘ramang, deyishadiku. Himmatli kattakon akaxonlar yordami bilan Xitoydan olib kelinyapti. Bir qutida 24 ta tabletka bor. Xalq tabobati asosida tayyorlangan. ​Ikki qutisi bilan koronavirusni yengil turiga chalinganlar tuzalyapti. O‘pka nafas qisishni olar ekan. Koronavirusga pozitiv ekani haqidagi hujjatni ko‘rsatsa¸ ikki pachkani bepul beramiz", dedi bu sotuvchi.

Bozori chaqqonlashgan dori "homiysi "- prezident kuyovi

Ushbu dorining Toshkentdagi bozorini o‘rgangan mahalliy bloger Ozodlik bilan suhbatda Xitoyning o‘zida narxi bor-yo‘g‘i 2 AQSh dollari turadigan bu dorilar o‘zbekistonliklarga uch-to‘rt baravar qimmat, ba’zi joylarda pachkasi 40 dollar narxda sotilayotganini aytdi.

"Oldiniga bepul deb turib, keyin ilintirib olishadi. Bu dorilar o‘rganib ko‘rsak, shamollashga qarshi dori ekan, pachkasi 2 dollar. Bular 6 dollardan pullashyapti. Ba’zi joylarda 40 dollardan ham sotilgan. Buning ortida kuyov (O‘zbekiston prezidentining kenja kuyovi)Otabek Umarovni odamlar turibdi, deyishyapti. Shular yordamida Xitoydan olib kelinyapti ekan", - dedi Ozodlik bilan suhbatda ismi ochiqlanishini istamagan toshkentlik bloger.

26 iyul kuni Yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayev “Lianhua” dorilarini O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov nomidan Zangiota tumanidagi maxsus shifoxonasiga topshirgani haqda Effect.uz sayti xabar bergandi.

Effect.uz e’lon qilgan videoda Otabek Umarov initsiallari (OU) tushirilgan futbolka kiygan Xonto‘rayev dorilarni shifoxonaga topshirar ekan "Hammasini Otabek akam Umarov berib yubordilar", deb alohida ta’kidlaydi.

Yengil shamollash, yo‘talga qarshi “Lianhua" dorisi Xitoyda Yiling Pharmaceutical shirkati tarafidan 2002 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, dastlab atipik pnevmoniya epidemiyasi (SARS) tarqalgan paytda bemorlarga tavsiya etilgan edi.

​Ayni dori Xitoyda koronavirusning yengil turiga chalinganlarga ham tavsiya etilgani ma’lum.

O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda ishlatilishi mumkin, deya Xitoydan olib kelinayotgan “Lianhua Qingwen Jiaonang” dori.
O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda ishlatilishi mumkin, deya Xitoydan olib kelinayotgan “Lianhua Qingwen Jiaonang” dori.

COVID bemorlariga berilayotgan dori O‘zbekistonda rasmiy ro‘yxatdan o‘tmagan!

O‘zbekiston Farmakologiya qo‘mitasi Dorilarni sertifikatsiyalash bo‘limining ismi ochiqlanishini istamagan mulozimi 5 avgust kuni Ozodlik bilan suhbatda “Lianhua" dorisi mamlakatda ro‘yxatga olinmagani, mahalliy normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tekshiruvdan o‘tmagan va ro‘yxatga olinmagan dori vositalarini tarqatish, sotish va iste’mol qilish mumkin emasligini aytdi.

"Bu dori koronavirusga qarshi foydalidir, lekin bizda ro‘yxatga olinmagan bu. Xitoydan kirib kelayotgan dorilar ularning tilida yozilgan bo‘ladi. Yo‘riqnomasi ham xitoycha. Lekin, yo‘riqnoma o‘zbek va rus tiliga tarjima qilingan bo‘lishi talab etiladi. So‘ng Farmakologiya qo‘mitasi tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi, ana undan keyin sertifikatlanib, dorixonalarga tarqatiladi va iste’mol qilishga ruxsat beriladi. Shuning uchun har xil joylardan dorilarni olmasdan, faqat doktor tavsiya etgan dorilarni olishni bemorlarga tavsiya etamiz".

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan ko‘p o‘tmay Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rivojlanayotgan mamlakatlarda soxta dori-darmonlar tarqalishi xavfidan ogohlantirgan edi.

"Soxta dorilar kasallikni davolamasligi mumkin. Yomon holatda esa¸ salomatlikka jiddiy ziyon yetkazadi", deya ogohlantirgan edi bu tashkilot.

XS
SM
MD
LG