Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 12:33

"Bayramdan boshqa kunlar"niyam yozgan Erkin A’zamov 70 yoshga to‘ldi


O‘zbekiston xalq yozuvchisi, "Tafakkur" jurnali bosh muharriri Erkin A’zamov.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi, "Tafakkur" jurnali bosh muharriri Erkin A’zamov.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, “Tafakkur” jurnali bosh muharriri «Chiroqlar o‘chmagan kecha», «Otoyining tug‘ilgan yili», «Olam yam-yashil», «Javob», «Bayramdan boshqa kunlar», «Pakananing oshiq ko‘ngli», «Kechikayotgan odam», «Jannat o‘zi qaydadir», «Shovqin» kabi qissa va hikoyalardan iborat kitoblar muallifi Erkin A’zamov 10 avgustda 70 yoshga to‘ldi.

Adib yubileyi munosabati bilan 2018 yilning yanvarida e’lon qilganimiz eshittirish matnini e’tiboringizga havola qilamiz. Oradan ikki yarim yil o‘tsa ham dolzarbligini mutlaqo yo‘qotmagan o‘sha eshittirishda Erkin A’zamov ishtirok etgan edi.

Erkin A’zamov: Til islohoti o‘tkazilishi kerak. Qachongacha arosatda yuramiz?

“O‘zingiz ayting, O‘zbekistonning chet eldagi elchisi bo‘lsayu o‘zbek tilini bilmasa, bu xalqimizga xiyonat emasmi?”

Bu xitobni Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 yanvar kuni (2018 yil) Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishda qildi.

“O‘zingiz ayting, elchi degan odam o‘zbek xalqining boy tarixini, madaniyatini, milliy qadriyatlarini, vatandoshlarining dardu tashvishlarini yaqindan bilmasa, ularni yuragidan o‘tkazmasa, qanday qilib O‘zbekistonni dunyoga tanitishi mumkin? Deylik, Alisher Navoiydan, Boburdan, Abdulla Oripov, Erkin Vohidovdan ikki qator she’r ayta olmasa, eng yomoni, ona tilimizni mukammal bilmasa, qanday qilib haqiqiy elchi bo‘lishi mumkin?” dedi davlat rahbari.

Bu Shavkat Mirziyoyevning davlat tepasiga kelganidan buyon birinchi marta davlat tili va unga munosabat haqida aytgan gapidir.

Ayni paytda “Tafakkur” jurnali davlat tili to‘g‘risidagi qonunning ijrosi, kirill-lotin muammosi, keyingi yillarda avj olgan imloviy anarxizm kabi masalalar yuzasidan o‘z savollarini mutaxassislar, jurnalist va olimga berdi.

Xo‘sh, bir tomondan mamlakat rahbari, ikkinchi tomondan xalqning fikrli qatlami minbari sifatida tanilgan “Tafakkur” jurnali til masalasiga bir vaqtning o‘zida e’tibor qaratib qolgani bu masalada ham islohot boshlanayotganidan darakmi?

Bu savolni Ozodlik O‘zbekiston xalq yozuvchisi, “Tafakkur” jurnali bosh muharriri Erkin A’zamovga berdi.

"Тафаккур" журнали бош муҳаррири Эркин Аъзамов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:47 0:00
Бевосита линк

Yozuvchi bilan suhbat ortidan u kishi bilan ko‘tarilgan masalaning naqadar dolzarbligini his qilishingiz uchun tilshunos olim Eldor Asanovning “Tafakkur” jurnali savollariga bergan javoblaridan kattaroq bir parchani keltirishni o‘rinli, deb bildik.

Keltiradiganimiz parchada til bilan bog‘liq joriy vaziyat, nazarimizda, ancha xolis va obyektiv baholangan.

Jurnalning “Sizningcha, davlat tili haqidagi qonun qanday bajarilyapti? Bu borada yana nima ishlar qilinmog‘i lozim deb hisoblaysiz?” degan savoliga javob berarkan, Eldor Asanov bunday degan:

“O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun juda zarur, ammo e’tibordan chetda qolgan rasmiy hujjatlardan biridir. Uning ijrosi uchun mas’ul qilib belgilangan tuzilmalar — respublika Oliy Soveti hamda uning qoshidagi Doimiy til komissiyasi allaqachon o‘z faoliyatini tugatgan. Boshqa ijrochilar tayinlanmagan, harqalay, qonun matniga tegishli o‘zgartish kiritilmagan. Qonunning 5, 6, 7, 8 va hokazo moddalarida ilgari surilgan talablar (davlat tashkilotlari, turli shakldagi korxonalarda, shuningdek, tadbirlar, hujjatlar, e’lonlar, mahsulotlar yorliqlarida davlat tilidan foydalanish) yetarli darajada bajarilmaydi: juda ko‘p davlat tashkilotlari hanuz rus tilida ishlaydi, nodavlat tashkilotlar va xususiy korxonalarni-ku aytmasa ham bo‘ladi.

Xo‘sh, bu holni qanday izohlash mumkin? Nazarimda, o‘zbek xalqi davlat tili to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi yo‘lida ko‘rsatgan matonat va birdamlikni e’tirof etgan holda, bir parcha qog‘oz bilan ish bitmasligini, nihoyat, tushunmog‘imiz lozim. Bugun muhimroq vazifa kun tartibiga qo‘yilishi zarur: yutuq va kamchiliklarni baholash, tarix va bugunning tajribasini ehtirosga berilmay o‘rganish hamda tegishli xulosalar chiqarish”, deb yozadi Eldor Asanov.

“Tafakkur” jurnali savollaridan yana biriga javob berar ekan, mutaxassis mana bu fikrni ham bildirgan: “Agar hamma “x” va “h”ni adashtirsa, unda ehtimol muammo “savodsiz” va “mas’uliyatsiz” odamlarda emasdir? O‘zbek so‘zlashuv tilida bu ikki tovush farqlanmaydi, shunday ekan, adabiy tilga ularni zo‘rlab singdirish nechog‘li to‘g‘ri?”

Umuman, “Tafakkur” boshlagan bahsda til masalasi yillardan buyon tortishuvlarga sabab bo‘layotgan kirill-lotin masalasidan kengroq ekanligi ayon bo‘ldi.

Bas, shunday ekan, bugun kun tartibidagi masala YoZUV islohoti haqida emas, TIL islohotiga o‘xshaydi.

Ko‘tarilgan mavzu yuzasidan fikr-mulohazalaringizni yoritishga Ozodlik doim tayyor.

XS
SM
MD
LG