Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 06:26

Manbalar: MXX polkovnigi Taymuraz Alimov qamoqdan chiqib, DXX Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlamoqda


Taymuraz Alimov
Taymuraz Alimov

Polkovnik Taymuraz Alimov qamoqdan ozod qilinib, 2019 yil oxirida DXX Qashqadaryo viloyat boshqarmasiga boshliq qilib tayinlangani haqida Ozodlikka hukumat doiralariga yaqin bir biridan mustaqil uch mulozim kuni kecha ma’lum qildi.

44 yashar polkovnik Taymuraz Alimov 2018 yilning 26 fevralida hibsga olingani haqida, Ozodlik rasmiylar ma’lumotiga tayanib, o‘sha yil 28 fevralda xabar bergan edi.

O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralarida ishlovchi mulozimning ismi sir qolish sharti bilan 13 avgustda Ozodlikka aytishicha, “44 yashar Taymuraz Olimjonovich Alimovning ismi DXX shtat jadvalida Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i degan lavozim qarshisida turganini" o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan.

Ikkinchi mulozimning aytishicha, u Taymuraz Alimovni viloyat hokimligidagi majlisda ko‘rgan.

Uchinchi mulozim Taymuraz Alimovning ismini viloyat hokimligi farmoyishlaridan birida ko‘rganini aytdi.

Ayni paytda bu ma’lumotlarning rasmiy tasdig‘i Ozodlikda yo‘q.

Ozodlik muxbirining bu boradagi savolini O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati "Bu masala DXX tasarrufidagi masaladir, shuning uchun DXXdan so‘rang" deb javob berdi.

O‘zbekiston DXX matbuot xizmati bilan bog‘lanishning iloji bo‘lmadi.

“Eltuz” nashrining yozishicha, Taymuraz Alimovni Qashqadaryodagi majlislarda ko‘rishgan. Nashr manbasi bunday degan: “Qashqadaryodagi faoliyatining ilk oylarida Taymuraz Alimov panada yurdi. Biroq taxminan 2-3 oydan keyin ommaga ko‘rinish bera boshladi. Hatto viloyat hokimi Zoir Mirzayev bilan bir necha marta suratga ham tushdi”

Hibsga olingan edi

Rasmiylardan olingan ma’lumotga tayanib Ozodlik 44 yashar polkovnik Taymuraz Alimov 2018 yilning 26 fevral kuni hibsga olingani haqida xabar bergan edi.

MXXning Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi (2018 yil fevralida tugatilgan) boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Taymuraz Alimovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 97-modda, («Qasddan odam o‘ldirish»), 301-modda («Hokimiyatni suiiste’mol qilish») va 230-moddalari («Aybsiz odamni javobgarlikka tortish») asosida ayblov ilgari surilgan edi.

O‘zbekiston hukumatiga yaqin amaldorning 13 avgustda Ozodlikka aytishicha¸ Taymuraz Olimjonovich Alimov O‘zbekiston Harbiy prokuraturasi so‘roviga muvofiq hibsga olingan va Ichki ishlar vazirligi tergov izolyatorida saqlangan.

“2018 yilda Taymuraz Alimov ustidan xizmat tekshiruvi olib borildi. Bu paytda u tergov izolyatorida saqlandi. Alimov ishi o‘sha paytdagi Bosh prokuror Otabek Murodovning shaxsiy nazoratida bo‘lgan. 2019 yilda Alimov qamoqdan sirli ravishda qutulib qoldi va Qashqadaryo DXXsi boshlig‘i lavozimiga yuborildi” , dedi ismi sir qolishini istagan amaldor.

Polkovnik Alimov xizmat yo‘liga oid ma’lumotlar

Taymuraz Alimov faoliyati bilan yaqindan tanish bo‘lgan rasmiyning Ozodlikka aytishicha¸ u o‘z vaqtida MXX raisining xos buyruqlarini bajaruvchi alohida mavqega ega mulozim bo‘lgan:

"2007 yildan 2014 yilgacha MXXning uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘linmasi boshlig‘i bo‘lib ishladi. 2014 yildan 2015 yilgacha Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi rahbari o‘rinbosari bo‘lgan. 2015 yildan 2017 yilning may oyigacha Namangan viloyat MXXning korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 2017 yil may oyidan 2018 yil 5 fevralgacha MXXning korrupsiyaga qarshi bo‘linmasi boshlig‘i bo‘lib ishladi¸ deydi mulozim.

Qiynoqlar iddaosi

O‘zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromov Ozodlik bilan 2018 yilgi suhbatda Taymuraz Alimovning aynan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi ( «Qasddan odam o‘ldirish») bo‘yicha hibsga olingani va Alimovning mahbuslarni muntazam qiynaganiga oid ma’lumotlarga ega ekanini bildirgan edi.

Huquq faoli iddaosiga ko‘ra¸ Alimov “MXX nazaridagi istalmagan shaxslar¸ sir saqlanishi zarur bo‘lgan hodisa guvohlarining likvidatsiya qilinishi doirasidagi ishda figurantdir".

Moliyaviy jinoyatlarda ayblanib¸ 2015 yili Alimov guruhi tomonidan tergov qilingan sobiq mahkum Ozodlik bilan 2018 yil, 28 fevral kungi suhbatda Taymuraz Alimovning qilmishlariga guvoh bo‘lganini aytgan edi.

"Shaxsan Taymuraz Koson jazoni ijro etish muassasasiga borib¸ 44 yashar mahkum B.N.Q.ga (bu shaxsning to‘liq ismi Ozodlikka ma’lum - tahr.) mahbuslar likvidatsiyasi bo‘yicha topshiriq berganiga guvohman. Bu odam bir necha marta tovlamachilik¸ odam o‘ldirish jinoyati bo‘yicha qamalgan. Asli farg‘onalik¸ hozir Chilonzorda yashaydi. Taymuraz shu bolaga shaxsan 97-bo‘yicha («Qasddan odam o‘ldirish») buyurganiga guvohman"¸ degan edi sobiq mahkum.

Polkovnik Taymuraz Alimov 2011 yilning 11 avgustida o‘sha paytdagi prezident Islom Karimovning UP 4356 farmoni bilan ikkinchi darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangan.

XS
SM
MD
LG