Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 18:24

Kasbi hokimi dehqonlarning qovunini bozorga chiqarmaslik uchun IIB xodimlarini yubordi(VIDEO)


IIB xodimlari paykal boshiga kelib dehqonlarning qovun-tarvuzini bozorga olib chiqishiga to‘sqinlik qilmoqda
IIB xodimlari paykal boshiga kelib dehqonlarning qovun-tarvuzini bozorga olib chiqishiga to‘sqinlik qilmoqda

Qashqadaryo viloyat, Kasbi tumanida mehnat qilayotgan namanganlik dehqonlarning pishib yetilgan qovunini ichki bozorga chiqarishga tuman hokimi taqiq qo‘ydi.

Dehqonlarning aytishlaricha, suv tanqisligi bois eksportbop bo‘lmay, lekin ichki bozorga yaraydigan o‘nlab tonna qovun-tarvuz dalada chirib ketmoqda. Hokim esa qovunni daladan chiqarmaslik uchun paykal boshiga IIB xodimlarini yuborgan.

Tuman hokimi dehqonlar mahsulotini daladan chiqarmaslik haqida farmoyish berganini tan oldi va buning sababini dehqonlar eksport rejasini bajarmaganligi bilan izohladi.

Наманганлик деҳқон Акмал Собитов
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:52 0:00

Kasbi tumanida og‘zaki shartnoma asosida yer olib dehqonchilik qilgan namanganlik Akmal Sobitovning aytishicha, bir haftadan buyon IIB va YHXB xodimlari uzib qo‘yilgan qovunni daladan olib chiqishga to‘sqinlik qilmoqda:

Chirisa joyida chirib ketsin ekan, lekin men sotmas ekanman.

- Erta bahorda oilaviy dehqonchilik qilish uchun kelganmiz. Shaxsan men 14 gektar yrga qovun-tarvuz ekkanman. Bola-chaqam bilan dalada yotib ishladik. Eksportchi o‘zi meni tanlab olib kelgan. Mahsulotim pishganiga 20 kuncha bo‘ldi. Eksport qilisholmadi. Rossiyada qovun ko‘payib qopti, probka bo‘p qopti, yo‘l yopiq degan bahonalar qilishdi. Qovun pishib ketdi. Eksportchilarga ko‘rsatsak, pishganini terib olinglar, keyingi partiyasini olamiz, dedi. Endi pishganlarini ichki bozorda sotmasak uvol bo‘ladi. Lekin tuman hokimi IIB va YHXB xodimlarini dalamizga yuborib, moshinaga ortgani qo‘ymayapti. Chirisa joyida chirib ketsin ekan, lekin men sotmas ekanman. Seni kim olib kelgan bo‘lsa o‘shandan talab qilasan, to‘rt kun ichida Kasbidan chiqib ket, deyishyapti.

Dehqonning aytishicha, ular o‘zlari eksport qilish uchun xaridor topgan, lekin hokim bunga ruxsat bermagan:

- Eksportga oladigan ham chiqdi. Necha fura olib kelgan bo‘lsak, hokim bu mahsulot Kasbi tumani nomidan chiqishi kerak, deb qo‘ymadi. Qovun sarg‘ayib qoldi, eksportchilar esa pishgan qovunni olmaydi, eksport uchun sal xomroq uziladi.

Наманганлик деҳқон Улкан Қурбонов
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:38 0:00

Akmal Sobitovning aytishicha, yana ikki namanganlik dehqonning 25 gektardagi qovuni ham dalada chirib ketmoqda.

- Suv ham juda tanqis bo‘ldi, 70 foiz yerimiz qurib yotibdi, hosil katta bo‘lmay qoldi.

IIB xodimlari paykal boshiga kelib dehqonlarning qovun-tarvuzini bozorga olib chiqishiga to‘sqinlik qilmoqda
IIB xodimlari paykal boshiga kelib dehqonlarning qovun-tarvuzini bozorga olib chiqishiga to‘sqinlik qilmoqda

Dehqonlarga homiylik qilgan kosonlik Islom Izomovning aytishicha, IIB xodimlari uchu kundan buyon dehqonlar mahsulotini bozorga olib chiqmaslik uchun qorovullab yotibdi:

Qariyb 50 tonna mahsulot uzganmiz, uch kundan beri oftobning tagida yotibdi.

- Vaziyat juda og‘ir. Hokim rosa o‘yin qilyapti. Ichki ishlar keldi. Uchastkovoyga mahsulotni chirib borayotganini, uvol bo‘layotganini ko‘rsatdim. Mahsulotingizni daladan chiqarmaslikka buyruq bor, deydi. Qariyb 50 tonna mahsulot uzganmiz, uch kundan beri oftobning tagida yotibdi. Hokimga mahsulot sifatini yo‘qotyapti, chirib tamom bo‘lyapti, desak, chiritamanu lekin senga sottirmayman, dedi. Eksport qilasan deydi, buni kim oladi, eksportga. Dehqonlarimiz ming kilometrdan bola-chaqasi bilan kelib shuni yetishtirdi. Hokim o‘rtada turgan Bahodir va Hasanboy degan eksportchilar bilan o‘rtada nima kelishgan, bunisi menga qorong‘i. Agar bir manfaatdorligi bo‘lmasa bunday qilmasdi”.

Деҳқонларга ҳомийлик қилган косонлик тадбиркор Ислом Изомов
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:56 0:00

Namanganlik dehqonlarni Kasbiga olib kelgan Bahodir va Hasanboy ismli shaxslarga Ozodlik qo‘ng‘iroq qildi, lekin ikkovining ham telefoni o‘chirilgani bois ular bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

Kasbi tumani hokimi To‘xtamurod Mengliyev Ozodlik bilan suhbatda dehqonlar mahsulotini daladan chiqarmaslik haqida farmoyish berganini tan oldi va buning sababini dehqonlar eksport rejasini bajarmaganligi bilan izohladi:

- Bahodir va Hasanboy ismli namanganlik tadbirkorlar yil boshida kelishgan edi. Ular bilan eksport qilish rejasi belgilangan va bitim tuzilgan. Biz shudgorlangan yerni ularga ajratib berdik. Tumanning eksport rejasi bor, 3 million 600ming dollar. Bugun reja bajarilmasa, biz qoloqlikka yo‘l qo‘yamiz. O‘sha qovunni saralab, eksportga chiqarish kerak, muammosi yo‘q. Belgilangan rejani bajarish kerak. Suv vaqtida berilgan. Albatta, u yerda mehnat qilgan dehqonlar bor, men ularning mehnatini kuydirmoqchi emasman, Albatta qo‘ldan kelgancha qonun doirasida amaliy yordam chorasini ko‘ramiz.

XS
SM
MD
LG