Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 10:25

OzodSuhbat: ”O‘quvchilarni maktabga qaytarish kerak, onlayn-darslardan samara yo‘q”


Sarlavhaga chiqarilgan fikrni OzodSuhbat eshittirishi suhbatdoshi, qariyb 40 yillik pedagogik staji bor sirdaryolik o‘qituvchi Isroil Rizayev aytdi. Ayni paytda u o‘z nabiralarini maktabga yuboradimi-yo‘qmi - hozircha bir fikrga kelgani yo‘q.

Bir fikrga nafaqat bugungi suhbatdoshimiz, balki umuman mamlakat ta’lim tizimi boshqaruvi ham kelgani yo‘q. Shunday ekanligi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning 25 avgust kungi bildiruvidan ma’lum bo‘ldi.

OzodSuhbat: ”Ўқувчиларни мактабга қайтариш керак, онлайн-дарслардан самара йўқ”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:31 0:00
Бевосита линк

Sherzod Shermatovga ko‘ra, vazirlik yangi o‘quv yilini boshlashning 3 ta ssenariysi bo‘yicha ishlagan: 1) an’anaviy maktabni ochish, 2) onlayn maktab orqali o‘qitish va 3) aralash (gibrid) stsenariy – ham an’anaviy ham onlayn.

Vazirning yozishicha, bu ssenariylardan birini tanlash maqsadida Telegram orqali so‘rov o‘tkazilgan va unda deyarli 1 mln. foydalanuvchi qatnashgan.

Vazirga ko‘ra, so‘rovda qatnashganlarning 70% i farzandi sog‘lig‘idan xavotirda bo‘lib, uyda o‘zi onlayn o‘qitishi mumkinligi, 30% i esa pandemiya sharoitida ham farzandini maktabga yuborishini bildirgan.

“Shuning uchun, aholining ko‘proq qatlamini rozi qilishni inobatga olib, faqat 3-ssenariy, ya’ni ota-onalarning o‘zlariga tanlash huquqini berish eng optimal variant bo‘lib turibdi”, deb yozdi Xalq ta’limi vaziri.

Sherzod Shermatov maktablarni ochishga ruxsat berishga qo‘rqayotganini “ba’zi davlatlarda maktablar ochilib, kasallik ko‘payishi natijasida qaytadan yopilgani, bolalar virus tashuvchisi bo‘lishi mumkinligi, virus tarqalishi yana davom etishi, vaksina yetib kelishiga ancha vaqt” borligi bilan izohlagan.

“Bu yilgi o‘quv yilini 14 sentabr – dushanba kunidan boshlash taklif sifatida kiritildi”, deb yozdi vazir. Bu gapdan o‘quv yili 14 sentabrdan boshlanadimi-yo‘qmi – tushunilmaydi.

Vazir 25 avgustdagi xabarida maktablarda virus tarqalishining oldini olish uchun qanday choralar ko‘rilishi kerakligini yozgan.

Vazirning xabar qilishicha, “bugun-erta barcha maktablarda ota-onalardan so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda”.

So‘rovda qatnashganlar “sizning farzandingiz maktab ochilganda maktabga borib o‘qiydimi yoki uydan onlayn o‘qiydimi” degan savolga javob berishi kerak.

Bugungi suhbatdoshimiz, sirdaryolik o‘qituvchi Isroil Rizayev ham 25 avgust kuni Xalq ta’limi vaziri aytgan so‘rovda qatnashdi. U kishini so‘rov varaqasini to‘ldirib berganidan so‘ng suhbatga tortdik.

XS
SM
MD
LG