Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 16:27

“Toshqinda bor mulkimdan ayrildim, lekin bir so‘m ham yordam berilmadi”(VIDEO)


Mirzamurod Xo‘jayevning toshqindan vayron bo‘lgan molxonasi
Mirzamurod Xo‘jayevning toshqindan vayron bo‘lgan molxonasi

Sirdaryo viloyat, Mirzaobod tumani, Bahoriston QFYda yashaydigan 61 yashar tadbirkor Mirzamurod Xo‘jayevning OzodMikrofon ga arz qilishicha, Sardoba suv toshqinida uning bor mulki vayron, chorva-parrandasi, 30 gektar polizi nobud bo‘lgan, lekin shu paytgacha bir so‘m ham yordam puli olmagan:

“Тошқинда бор мулкимдан айрилдим, лекин бир сўм ҳам ёрдам берилмади”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:28 0:00
Бевосита линк

“Sardoba fojiasida hamma narsamni yo‘qotdim. 32 metrlik molxonam yakson bo‘ldi, 3 ta qoramol, 2 ta eshak, 8 ta qo‘y, 4 ta qo‘zi o‘ldi. Tovuq ferma qilgan edim, yuzdan ortiq jo‘ja tovuq kurkalarim, o‘shanga yarasha don va yemlar ham oqib ketdi. Xolodilnik bilan gaz plita qoldi xolos, boshqa hamma ro‘zg‘or buyumlarim yo‘q bo‘ldi. Asalari yashchiklarimni suv olib ketgan. Ichida 200-300 kilo balig‘i bor hovuzim ham yo‘q bo‘ldi. 30 gektar yerga ekkan qovunim gullab, hosilga kirgan edi, u ham suv tagida qolib ketdi. Hech narsasiz qoldim. Shu paytgacha mahalladan tortib, hokimu Senatgacha borib keldim. Lekin bir so‘m ham yordam puli berilmadi. Lekin yashirmayman, bir buzilgan tashkilotning eski taxtalarini tashlab ketishgan, lekin uyni ko‘tarishga menda mablag‘ yo‘q. Nega prezidentimizning biz kabi talafot ko‘rgan oilalarga bergan beg‘araz yordami bizgacha yetib kelmayapti?”

Мирзааободлик Абдулла Аҳмедов тошқиндан талафот кўрган уйи учун бир сўм ҳам моддий ёрдам ололмади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:11 0:00

--------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG