Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 14:25

“Yordam puliga tashakurnoma yozdirib olishdiyu lekin puldan urib qolishdi”


Surxondaryo viloyat, Angor tuman, Navshahar mahallasidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan Erkin Gapparovning arz qilishicha, u prezident qarori bilan kam ta’minlangan oilalarning bolalariga ajratilgan bir martalik yordam pulini to‘liq ololmagan:

“Prezidentimiz farmoni asosida temir daftarga kiritilgan oilalarning bolalariga bir martalik yordam puli berilgan edi. Mening bolalarimga bu yordamni berishmaganidan keyin Xalq qabulxonasiga yozgan edim. Shundan keyin pensiya jamg‘armasidan nogiron bolamga 500 ming olib kelishdi-da, qolgan ikkitasiga ham beramiz, deb Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining Angor tuman bo‘limi boshlig‘i Shoira Rajabova nomiga tashakkurnoma yozdirib olishdi. Shu bilan aldab, qolgan bir million so‘mni o‘rtada tuya qilib yuborishdi. O‘sha ariza yozdirgan hokimlik vakiliga aytsam, siz berayotgan pulga qarab o‘tirmasdan, paxta tering, deydi. Men paxta ro‘yxatiga yozilib qo‘yganman, lecheniyam tugasa paxtaga chiqaman desam, bo‘lmasa pul yo‘q, dedi. Men prezidentimiz qarorida paxtaga chiqmasa berilmasin degan joyi yo‘qku, desam xohlagan joyingga bor, bermaymiz, deyapti”

“Ташакурнома ёздириб олишдию, лекин болалар пулини уриб қолишди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:52 0:00
Бевосита линк

-------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG