Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 14:23

Kreml YeIning Lukashenkoni tan olmaslik qarorini qoraladi


Hafta boshida Lukashenkoni qasamyodga keltirish marosimi imi-jimida o‘tkazilgan edi.
Hafta boshida Lukashenkoni qasamyodga keltirish marosimi imi-jimida o‘tkazilgan edi.

Rossiya Yevropa Ittifoqining Aleksandr Lukashenkoni Belarus prezidenti etib tan olishdan bosh tortganini tanqid qildi.

Hafta boshida Lukashenkoni qasamyodga keltirish marosimi imi-jimida o‘tkazilgan edi.

Lukashenko davlat rahbari lavozimiga mamlakatda ommaviy norozilik namoyishlari fonida kirishmoqda.

Mazkur aksiyalar 9 - avgustda bo‘lib o‘tgan prezident saylovi rasmiy natijalari e’lon qilingani ortidan boshlanib ketgandi va 1,5 oydan beri hanuz tingani yo‘q.

25 - sentabr kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov YeIning Lukashenkoni tan olmaslik qarori blokning Belarus bilan dialogini mushkullashtirishi, lekin Belarus va Rossiya munosabatlariga esa hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligini aytdi.

Lukashenko inauguratsiyasi haqida xabar tarqashi ortidan Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya aholini 27 sentabr kuni norozilik aksiyasiga chiqishga hamda «yangi, adolatli saylovlar va ular ortidan rasmiy, qonuniy inauguratsiya o‘tkazilishini» talab qilishga chorladi.

Rossiya saylov o‘tkazilganidan beri Lukashenkoni qo‘llab keladi. Kreml Belarusga 1,5 milliard dollar qarz berdi va harbiy yordam va’da qildi.

24 - sentabr kuni YeI tashqi ishlar mutasaddisi Jozep Borrel ittifoq Aleksandr Lukashenkoni Belarus prezidenti sifatida tan olmasligini tasdiqlagan edi.

«Bu inauguratsiya Belarus xalqining asosiy qismi xohish-irodasiga ziddir. Belarus xalqi buni prezidentlik saylovidan so‘ng ko‘p sonli, misli ko‘rilmagan darajadagi tinch namoyishlarni o‘tkazish orqali bildirmoqda. Belarus xalqi irodasiga qarshi o‘tkazilgan inauguratsiya mamlakatdagi siyosiy inqirozni chuqurlashtirish uchungina xizmat qiladi», - dedi Borrel.

23 - sentabrda Qo‘shma Shtatlar ham Aleksandr Lukashenkoni qonuniy prezident deb tan olishdan bosh tortishini bildirgan edi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Ozodlikka intervyu berib,

«9 - avgust kuni o‘tkazilgan saylovlar na ochiq, na adolatli bo‘ldi. E’lon qilingan natijalar soxtalashtirilgan va legitim emas. Qo‘shma shtatlar Aleksandr Lukashenkoni Belarusning saylangan, legitim yetakchisi o‘laroq tan ololmaydi», - dedi.

AQSh va YeI saylovda muxolifat nomzodi Tixanovskaya saylovda g‘alaba qozonganini aytmoqda.

Lukashenko tinch namoyishlarga qarshi ayovsiz kurashmoqda. Bugunga qadar minglab odam qo‘lga olindi, yuzlab namoyishchi kaltaklandi, xorijlik jurnalistlar mamlakatdan chiqarib yuborildi.

25 - sentabr kuni Minsk sudi muxolifat yetakchilaridan biri Mariya Kolesnikovani garov evaziga qo‘yib yuborishdan bosh tortdi. Kolesnikova muxolifatni muvofiqlashtirish kengashi a’zosi hamda Tixanovskaya saylov kampaniyasi yetakchisi bo‘lib, unga «milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi harakatlarga chaqirish» moddasi asosida ayblov qo‘yilgan.

Uning advokati Lyudmila Kazak 24 - sentabr kuni bedarak yo‘qolgan edi. Keyinroq politsiya u qo‘lga olinganini bildirdi.

Kazakning advokati unga ruxsat berilmagan ommaviy tadbirda qatnashish hamda politsiyaga qarshilik qilish ayblovlari qo‘yilganini aytdi.

Kolesnikova hamda uning ikki sherigi 7 - sentabrda qo‘lga olingan va kuch ishlatar tuzilmalar tomonidan Ukrainaga majburiy deportatsiya qilingan edi. Ammo Kolesnikova Ukraina chegarasida qochishga muvaffaq bo‘lgan va Belarusga qaytgandi.

Xabarlarga ko‘ra, Kolesnikova o‘z pasportini yirtib tashlagani uchun Belarus rasmiylari uni Ukrainaga badarg‘a qila olmagan. Uning sheriklari esa ayni damda Ukrainada qolmoqda.

Belarusdagi inson huquqlari guruhlari Kolesnikova hamda uning sheriklari siyosiy sabablarga ko‘ra qo‘lga olinganini aytib, ularni ozodlikka chiqarishni talab qilmoqda.

AQSh, Kanada va Buyuk Britaniya Belarus rasmiylariga qarshi sanksiya joriy qilishni rejalashtiryapti.

24 - sentabr kuni Britaniya tashqi ishlar kotibi Dominik Raab Britaniya AQSh va Kanada bilan muvofiqlashtirgan holda sanktsiya joriy qilishini bildirdi. YeI sanksiyalari Qibris qarshiligi tufayli kechikmoqda.

Yevropa Ittifoqidagi eng kichik davlatlardan biri bo‘lgan Qibris Belarusga sanksiya joriy etilsa, Turkiyaga nisbatan ham sanksiya qo‘llashni talab qildi.

Qibris Turkiyaning O‘rta dengizda gaz zaxirasini o‘rganayotganidan norozi.

XS
SM
MD
LG