Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 06:22

Hukumat 1 - yanvardan boj olinmaydigan kuryerlik jo‘natmalari me’yorini $1000 dan $200 ga tushirmoqchi


Kuryerlik jo‘natmalari me’yorini 5 barobarga kamaytirish rejasi O‘zbekiston prezidentining yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirishga doir farmoni loyihasida belgilab qo‘yilgan choralardan biridir.

Farmon loyihasi bilan tanishib chiqqan o‘zbekistonlik ikki iqtisodchi olimning fikricha, loyihada nazarda tutilgan ba’zi choralar chindan ham yashirin iqtisodiyotni soyadan chiqarishga xizmat qilishi mumkin, biroq unda vaziyatni keskin o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan ayrim choralar nazarda tutilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi Me’yoriy-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida 8 - oktabrda e’lon qilindi.Muhokama 23 -oktabrgacha davom etadi.

Yashirin iqtisodiyot nima?

Iqtisodchi olim Xidirnazar Allaqulovning aytishicha, “yashirin iqtisodiyot rasmiy manbalarda qayd etilmagan iqtisodiyotdir”.

Xidirnazar Allaqulov
Xidirnazar Allaqulov

O‘zbekiston hukumatining sobiq mulozimi, Ostonadagi Yevroosiyo universiteti dotsenti, iqtisodchi olim Saparboy Jubayev, xalqaro tashkilotlar hisob-kitoblariga tayanib, O‘zbekistondagi yashirin iqtisodiyotning ko‘lamini 30% atrofida ekanini aytdi.

Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Dilshod Xolmurodov yaqinda kun.uz muxbiri savoliga javoban bunday degan edi:

“Xalqaro statistika amaliyotida “kuzatilmaydigan iqtisodiyot” degan ibora ishlatiladi. Bu 3 ga bo‘linadi. Birinchisi“norasmiy iqtisodiyot”, deb yuritiladi. Bu uy xo‘jaliklari o‘zi va bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishi, yetishtirishidir. Keyingisi -“yashirin iqtisodiyot”. Soliqdan, sanitariya va sertifikatlashga doir muayyan talablarni aylanib o‘tish uchun, asosan, yirik ishlab chiqarish subyektlari tomonidan yo‘l qo‘yiladi. Uchinchisi, bu “noqonuniy”, ya’ni qonunchilikda taqiqlangan faoliyat turlaridir.

Uy jihozlari ishlab chiqaruvchi kompaniya hamda Kimchi Plate kafelar tarmog‘i asoschisi Marina Ten 16 - ktyabrda aloqada.com saytiga bergan intervyusida O‘zbekiston iqtisodiyoti sohalarining 99,9 foizi yashirin iqtisodiyotda ishtirok etayotganini ta’kidlab, loyihasi e’lon qilingan farmondan voz kechishni, buning o‘rniga boshqa choralar ko‘rish kerakligini bildirgan. Marina Ten o‘sha boshqa choralar qanday bo‘lishi kerakligiga oid o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashgan.

Tayyorlanayotgan farmon nimasi bilan muhim?

Iqtisodchi olim Saparboy Jubayevning aytishicha, “farmondan maqsad barcha sohalarda hisob-kitobni soddalashtirishdir”.

Farmon loyihasida, masalan, “2022 - yil 1 - yanvargacha bo‘lgan muddatga, umumiy ovqatlanish sohasidagi kichik biznes subyektlarining bank kartalari va kontaktsiz to‘lovlardan foydalangan holda jismoniy shaxslardan olingan daromadlari umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga majburiy tartibda o‘tish maqsadida umumiy daromadga kiritilmasligi tartibi joriy etiladi”, deyilgan.

Saparboy Jubayev bu bandni mana bunday tushuntirdi:

Saparboy Jubayev
Saparboy Jubayev

- Oshxona egasiman, deb tasavvur qiling, shu paytgacha siz 10 mln so‘mlik savdo qilardingiz. Lekin soliqchilar kelib, 20 mln so‘mlik savdo qilyapsiz, deb turib olardi. "Stollaringizning sonidan kelib chiqsak, shuncha savdo bo‘lishi kerak. 20 mln so‘mdan soliq to‘laysiz", deb turib olishar edi. Bunday vaziyatda oshxona egasi ortiqcha to‘lamaslikning yo‘lini qidirishga tushar edi. Hukumat esa, boshqa yo‘lni taklif qilyapti. Agar mijozlardan pulni elektron tarzda oladigan bo‘lsang, bu pul daromad solig‘iga tortilmaydi, deyapti. Osonlashtiryapti”.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:21:52 0:00
Бевосита линк

Prezident farmoni loyihasida taklif qilinayotgan choralar qatorida kirakash haydovchilarga taalluqli qismi ham bor:

“Jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida 5 kishidan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqli (haydovchini hisobga olgan holda) yengil avtomobil transportida tashish faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Bunda o‘zini o‘zi band etuvchi shaxslar yengil avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyatini mobil ilovalar – agregatorlar orqali amalga oshirganlarida olingan daromadlarga ijtimoiy soliqni to‘lash bilan bir qatorda jismoniy shahslardan daromad solig‘i belgilangan to‘lov stavka bo‘yicha olingan daromad summasi 50 foizga kamaytirilgan holda soliq solinadi”.

Saparboy Jubayevning fikricha, bu me’yor ham yashirin iqtisodiyotning qisqarishiga xizmat qilishi mumkin.

Farmondan ko‘zlangan maqsadga zid me’yor

Loyihaning "2021 - yil 1 - yanvardan boshlab bojxona to‘lovlari olinmaydigan xalqaro kuryerlik jo‘natmalarida jismoniy shaxsning manziliga kelib tushadigan tovarlarni respublikaga olib kirishning eng yuqori me’yorini, bir kalendar chorakda birinchi qabul qilinganda, 1000 AQSh dollaridan 200 AQSh dollarigacha tushirish va brutto og‘irligi 10 kilogrammdan oshmasligi bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Moliya vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin", degan bandini sharhlar ekan, Saparboy Jubayev bunday dedi:

- Bunday talab yashirin iqtisodiyotni kamaytirishga xizmat qilmaydi. Aksincha, bu sohani yanada erkinlashtirish kerak. Bu erkin bozor iqtisodiyotiga qarshi harakatdir. Qaytanga chegaralarni ochib qo‘yish, ming emas, o‘n ming dollarlik narsaniyam olib kiraver, deyish kerak.

2020 - yil, 1 - yanvardan prezident Shavkat Mirziyoyevning «Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib o‘tish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori kuchga kirgan edi.

Farmon loyihasi ayni ko‘rinishda muhokamadan o‘tib, tasdiqlangani taqdirda, kuryerlik jo‘natmalarining boj olinmaydigan qismi me’yori 5 martaga qisqaradi.

Iqtisodchi olim Xidirnazar Allaqulov farmon loyihasida nazarda tutilgan mana shu me’yor yuzasidan bunday dedi:

- Bu me’yor bojxona bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, bu yerda men bojxona orqali tovarlarni olib kirish shu qadar tartibsiz, shu qadar korrupsiyalashgan holat ekanligini to‘la ishonch bilan ayta olaman, xolos. Kuryerlik jo‘natmalari me’yorini ozaytirish yashirin iqtisodiyotni kamaytirishga emas, aksincha korrupsiya ko‘lamini oshirishga xizmat qiladi.

Imzolanishi kutilayotgan farmonning olim nazaridagi kamchiliklaridan biri

Iqtisodchi olim Xidirnazar Allaqulovning fikricha, yashirin iqtisodiyotga zarba berish uchun davlat amaldorlaridan daromadlar hamda harajatlar deklaratsiyalari talab qilishni yo‘lga qo‘yish kerak:

- Nafaqat daromadlar, birinchi navbatda harajatlar deklaratsiyasi kerak, deb hisoblayman. Davlat amaldorlarining rasmiy daromadini surishtirsangiz, arzimagan pul bo‘lib chiqadi. Lekin ularning harajatlari hisoblansa, ulkan boyliklarni nazorat qilayotgani tushuniladi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi muhokamasi 23 oktyabrgacha davom etadi.

XS
SM
MD
LG