Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 06:24

Jurnalistni Bishkekdan jinoyatchi sifatida olib kelgan davlat nega unga uy hadya qildi?


Jurnalist Bobomurod Abdullayevga Toshkent shahrida uch xonali kvartira hadya qilindi. Bu haqda jurnalistning o‘zi 18 - oktabr kuni Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Bobomurod Abdullayevning yozishicha, kvartira unga prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan topshirilgan.

«Shu yil 8 - sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev menga Toshkentdagi Green Park turar joy majmuasidan yangi uch xonali kvartirani ichidagi barcha jihoz va maishiy texnikasi bilan birga hadya qildilar. Bu uyga 5 - oktabr kuni ko‘chib o‘tdik. Bugun Xorazmdan onam keldilar va Prezident hadya qilgan yangi uyni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar. Alhamdulillah! Prezident Shavkat Mirziyoyevga katta rahmat! Alloh u kishidan rozi bo‘lsin!» deb yozdi jurnalist.

Qirg‘iziston Davlat Milliy Xavfsizlik Qo‘mitasi Bobomurod Abdullayevni shu yilning 8 - avgust kuni O‘zbekiston tomonining rasmiy so‘roviga binoan Bishkekda ushlagan va 22 - avgust kuni O‘zbekistonga topshirgandi. 22 - avgust kuni Toshkentda DXX xodimlari tarafidan sakkiz soat so‘roq qilinishi ortidan Abdullayev qo‘yib yuborildi.

Ammo unga qarshi ish hali yopilmagan. O‘zbekiston shu paytgacha jurnalistning nimada ayblanayotgani tafsilotlariga rasman oydinlik kiritmagan. Abdullayevga qo‘yilgan ayblovlarning mazmun-mohiyati mavhum qolmoqda.

Mana shunday vaziyatda sarlavhaga chiqarganimiz savol ko‘pchilikni qiziqtirmoqda va uni kunning boshqa savollari qatorida publitsist Sharof Ubaydullayevga berdik.

Журналистни Бишкекдан жиноятчи сифатида олиб келган давлат нега унга уй ҳадя қилди?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:29:48 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG