Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 10:38

Tramp saylov natijasi soxtalashtirilganiga oid iddaosini rad etgan xavfsizlik rasmiysini ishdan bo‘shatdi


Kiberxavfsizlik va davlat tuzilmalari xavfsizligi agentligi rahbari Kristofer Krebs, 22 - may, 2019 - yil, Vashington
Kiberxavfsizlik va davlat tuzilmalari xavfsizligi agentligi rahbari Kristofer Krebs, 22 - may, 2019 - yil, Vashington

Donald Tramp 2020 - yilgi prezident saylovida keng ko‘lamli qonunbuzarlik bo‘lganiga oid uning da’volarini rad etgan kiberxavfsizlik bo‘yicha agentlik rahbarini ishdan bo‘shatdi.

Prezident Kiberxavfsizlik va davlat tuzilmalari xavfsizligi agentligi rahbari Kristofer Krebsni ishdan bo‘shatganini 17 - noyabr kuni Twitterda e’lon qildi.

AQSh prezidenti, Krebs rahbarlik qilgan agentlikning saylovlarni yoqlab e’lon qilgan so‘nggi bayonotini «juda noto‘g‘ri», deb ta’kidladi.

Tramp o‘z tvitida, isbot-dalilsiz bir shaklda saylov davomida «yirik qonunbuzarliklar va firibgarlik» sodir bo‘lgani, o‘liklar ovoz bergani, kuzatuvchilar ovoz berish joylariga kiritilmagani va ovoz sanash mashinalarida xatoliklar sodir bo‘lganini iddao qildi.

Tramp o‘z iddaosini yozganidan ko‘p o‘tmay, Twitter shirkati uning tviti ostida «Saylovdagi firibgarliklar haqidagi ushbu iddaolar bahslidir» degan izohni qo‘shib qo‘ydi.

Tramp saylovda o‘z raqibi, Demokratik partiya nomzodi Jo Bayden g‘alaba qozonganini tan olishdan bosh tortib, saylov natijalari «soxtalashtirilgani» to‘g‘risida dalil-isbotlarga asoslanmagan bayonotlarni berishda davom etmoqda.

15 - noyabr kuni AQSh prezidentining bir necha shtatda sudga qilgan murojaati qanoatlantirilmadi. Shunga qaramay, prezident bu natijalarni bekor qilish talabi bilan sudga murojaat qilishda davom etishini aytdi.

Tramp o‘z tvitlarida ovoz berish natijalarini bekor qilish yo‘nalishidagi faoliyat endi boshlanayotgani, bu borada avval sudlarda ko‘rib chiqilgan arizalar uning komandasi tomonidan berilmaganini bildirdi.

15 - noyabr kuni Vashingtonga prezident Trampning o‘n minglab tarafdori uning saylov natijalari soxtalashtirilgani to‘g‘risidagi asossiz da’volarini qo‘llab, namoyishda chiqdi.

Namoyishchilar Oq uydan Oliy sud binosiga qarab yurdilar. Tadbir ijtimoiy tarmoqlarda avvaldan ovoza qilingan edi. Unda mamlakatning turli burchagidan kelgan amerikaliklar qatnashdi.

Tramp esa Twitter tarmog‘ida namoyishni matbuot keng yoritmayotganini iddao qildi.

O‘tgan haftada Trampning saylovdagi raqibi Bayden Jorjiya va Arizona shtatlarida g‘olib chiqib, saylov kollegiyalarining 306 ovozini qozongani ma’lum bo‘lgan edi. Trap esa umumiy hisobda 232 ovoz to‘plagan.

Prezident saylovi 3 - noyabr kuni o‘tkazilgan, ammo yakuniy natijalar pochta orqali ovoz berilgani va saylovga rekord darajada ko‘p saylovchilar kelgani tufayli kechikdi.

Krebs Kiberxavfsizlik va infratuzilma xavfsizligi agentligiga (CISA) yetakchilik qilayotgan edi.

Agentlik 2016 - yilgi AQSh prezident saylovlariga Rossiya aralashgani ortidan tuzilgan.

Krebs CISA rahbari sifatida ovoz berish infratuzilmasini xorijiy davlatlar aralashuvi va firibgarlikka qarshi himoya qilish bo‘yicha ish olib borgan yuqori lavozimli shaxslardan biri edi.

O‘tgan hafta CISA 2020 - yilgi saylovlar haqida bayonot e’lon qilib, ularni «Amerika tarixidagi eng xavfsiz» saylovlar deb atagan edi.

XS
SM
MD
LG