Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:23

Qarshida 80 nafar avtobus haydovchisi ish tashladi (VIDEO)


Qarshi shahar “Avtotransport” davlat unitar korxonasining 80 nafar avtobus haydovchisi 2 - dekabr kuni ish tashladi
Qarshi shahar “Avtotransport” davlat unitar korxonasining 80 nafar avtobus haydovchisi 2 - dekabr kuni ish tashladi

Qashqadaryo viloyat, Qarshi shahar “Avtotransport” davlat unitar korxonasining 80 nafar avtobus haydovchisi 2 - dekabr kuni yo‘nalishga chiqmay, ish tashlash e’lon qildi.

Haydovchilar shu yo‘l bilan bir yildan maosh olmaganliklari, kunlik to‘lov rejasi 120 ming so‘mdan 400 ming so‘mga oshirilganiga e’tiroz bildirdi.

Voqea joyiga yetib kelgan Qashqadaryo viloyat Transport boshqarmasi boshlig‘i Narzulla Nomozov Ozodlikka haydovchilar bilan gaplashib, ularga tushuntirish berganidan so‘ng, odamlar tarqalganini aytdi.

Қашқадарё вилоят Транспорт бошқармаси бошлиғи Нарзулла Номозовнинг иш ташлаган ҳайдовчилар билан учрашуви
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:09 0:00
Бевосита линк

Qarshi shahar “Avtotransport” davlat unitar korxonasining 80 ta avtobusi 2 -dekabr kuni ertalabdan yo‘lovchilarga xizmat qilmadi.

Ismi sir qolishini so‘ragan haydovchilardan birining aytishicha, kunlik to‘lov rejasining 120 ming so‘mdan birdaniga 400 ming so‘mga ko‘tarilishi ularning sabr kosasini to‘ldirgan so‘nggi tomchi bo‘lgan:

Ertalabdan hech kim ishga chiqmadi, ommaviy ish tashlash qildik.

“Haydovchilar bir yildan beri bir so‘m ham oylik ololmaydi. Yaqinda viloyat transport boshqarmasiga Narzulla Nomozov degan odam boshliq bo‘ldi. Bu odam kelib kunlik planni 400 ming so‘mga chiqaryapti. Buncha pul yig‘adigan sharoitimiz ham, bunga yarasha yo‘lovchimiz ham yo‘q. Haydovchiga tushumning 10 foizini oylik qilib bermasa, buning ustiga planni oshirsa, biz qanday qilib tirikchilik qilamiz? Shuning uchun bugun ertalabdan hech kim ishga chiqmadi, ommaviy ish tashlash qildik. Keyin Nomozov kelib, yangi odam ekanligini, korxonaning qarzdorligi ko‘p ekanligini, qarzdorlikdan qutulish uchun shunaqa chora ko‘rganini aytdi. Lekin u ham avval qo‘lqopdek almashgan rahbarlarning gapini gapirib ketdi. Tushdan keyin uyga tarqaldik”.

Ismi sir qolishini so‘ragan boshqa haydovchining aytishicha, ular paxta mavsumida terimchilarni tashigan, ammo bu uchun ham haq to‘lanmagan:

“Avgust oyida korxonamizga Toshkentdan Davron Sarapov degan yigit direktor bo‘lib keldi. Paxtadan oldin 500 ming so‘mdan berdi. Tamom, shu bilan ikki oy odam tashidik, fermerlar pullarini korxonaga o‘tkazib bergan, lekin bizga bir so‘m ham ish haqi berilmadi. Shartnoma bo‘yicha biz topshirgan pulning 10 foizini ish haqi qilib berishlari kerak. Lekin shu 10 foiz ham berilmayapti”.

Haydovchining tan olishicha, ish haqi berilmagani uchun ular kassaga kam pul topshirishga majbur bo‘lyapti:

“Endi o‘zingiz o‘ylang, bizning ham bola-chaqamiz bor, ertadan kechgacha ruldamiz. Albatta kuniga 40-50 ming so‘m pul qolyapti bizga marshrutda. Endi esa bular planni ko‘taryapti, shu ham qolmaydi, haydovchilar shundan norozi. Aniq bir tizim, aniq bir ish uslubi yo‘q. Biz qancha pul topshirganimiz haqida ma’lumot ololmaymiz. Bitta vedomostga qo‘l qo‘yamiz tamom. Hisobot ber desak, bermaydi”.

Қашқадарё вилоят Транспорт бошқармаси бошлиғи Нарзулла Номозовнинг иш ташлаган ҳайдовчилар билан учрашуви
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:28 0:00

Qashqadaryo viloyat Transport boshqarmasi boshlig‘i Narzulla Nomozov Ozodlik bilan suhbatda “ish tashlash” emas, balki tushunmovchilik bo‘lgan, dedi:

- Men boshqarmaga rahbar bo‘lganimga uch kun bo‘ldi. Bular bankdan 20 milliard so‘m qarz bo‘lib qolgan. Haydovchilar esa avtobuslarni xuddi o‘zining shaxsiy moshinasiday qilib, haydab yurgan. Men o‘zim borib ular bilan gaplashdim, hammasini tushuntirdim, ular tushunib ishga chiqib ketdi. Kimdir ularga yangi rahbar planni 400 ming qo‘yadi, deb aytgan ekan? Bu yolg‘on. 80 ish o‘rni bo‘lsa, birorta ish o‘rni qilinmagan, hammasi noqonuniy ishlab yuribdi.

Ozodlikning, agar haydovchilar noqonuniy ishlab yurgan bo‘lsa, ularga yo‘l xatini kim beradi, kim yo‘nalishga chiqaradi?”, degan savoliga Narzulla Nomozov:

- Noto‘g‘ri tizim bo‘lgan. Pulni kassaga topshiryaptimi, bank pulni olyaptimi, 20 milliard qarzi bo‘lsa, bank bularga pul bermagandan keyin qanday oylik beradi? Hozir moshinlar ballonini almashtiradigan vaqti bo‘lgan, eskirib boryapti. Bu kimning aybi? Beshta rahbar almashgan, hammasi ham to‘rt-besh oy ishlab, tashlab ketgan. Bu korxonaga rahbar bo‘lsam, qamalib ketaman deb, hech kim korxonani bo‘yniga olmayapti. Shofyorlar bilan gaplashdim, tushuntirdim, hammasi rozi bo‘lib ketdi.

Narzulla Namozovning aytishicha, avtobus haydovchilari bilan bo‘lgan muammo bir oy ichida to‘liq hal etiladi.

Ishchi-xodimlarning uyushgan holda ish tashlashi O‘zbekistonda kam kuzatiladigan holat. Mavjud qonunchilikka ko‘ra bu kabi norozilik aktsiyalari jamoat tartibini buzish deya malakalanadi. Mamlakatda kasb egalarining manfaatlarini himoya qiladigan mustaqil kasaba uyushmalari mavjud emas.

Joriy yil 21 - oktabrida Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida Enter Engineering shirkatining minglab ishchilari stixiyali norozilik aksiyasiga chiqqan edi.

Oylik va ovqatning vaqtida berilmaganidan g‘azabga kelgan ishchilarning noroziligi ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketgan.

XS
SM
MD
LG