Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 10:25

Armaniston Ozarbayjon harbiylarini urush jinoyatini sodir etishda ayblamoqda


Ozarbayjon qo‘shinlari Hadrutdan keyingi hududlarni ham qo‘lga kiritib, Tog‘li Qorabog‘ poytaxti Stepanakertga yaqinlashdi.
Ozarbayjon qo‘shinlari Hadrutdan keyingi hududlarni ham qo‘lga kiritib, Tog‘li Qorabog‘ poytaxti Stepanakertga yaqinlashdi.

Margarita Karamyan ikki arman shaxsning otib o‘ldirilgani aks etgan videoni ko‘rib, yuragi ortga tortib ketganini aytadi.

Karamyan Hadrut shahri yaqinida Ozarbayjon askarlari o‘zi shaxsan tanigan 73 yoshdagi Benik Akopyan hamda 25 yoshdagi Yuriy Adamyanni qo‘lga olayotgani hamda ikki asir Hadrut markazida otib o‘ldirilgani aks etgan videolarni ko‘rgan.

Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar boshlanishi ortidan Hadrutdan Yerevanga qochib o‘tgan Karamyan Ozodlikka bergan intervyusida:

"Bu dahshatli videolarni kim menga yuborganini eslamayman. Ularni ochib, ko‘ra boshladim. Ular Yuraga yechinishni buyurayotgani va Benikni yerga itarib yuborgani aks etgan kadrgacha ko‘rdim. Shundan so‘ng to‘xtatdim. Boshqa ko‘rishga qurbim yetmadi", - dedi.

"Keyinroq [nobud bo‘lganlar] ayna ular ekanligiga amin bo‘lish uchun o‘zimni videoning qotillik aks etgan qismini ko‘rishga majburladim», - deya so‘zini davom ettirdi Karamyan.

"Dahshat. Dahshat judayam. Ammo bu kutilmagan narsa emas. Biz shunchalik ko‘p dahshatli narsalarga guvoh bo‘ldikki, zombilarga aylanib qoldik".

Qotillik aks etgan video 15 - oktabr kuni Ozarbayjonni qo‘llovchi ruscha anonim Telegram kanalda ulashildi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi video yolg‘on "provokatsiya" ekanligi haqida bayonnoma e’lon qilishi ortidan u Telegram kanalidan g‘oyib bo‘ldi.

Ertasi kuni Ozarbayjon Bosh prokuraturasi o‘tkazilgan tergov ortidan video uydirma ekanligi xulosa qilinganini bildirdi.

Ammo videoni jurnalistik surishtiruvlar o‘tkazuvchi Bellingcat guruhi saqlab olib, tahlil qilib chiqdi va uning haqiqiy ekanligini xulosaladi.

BBC ham mustaqil tergov o‘tkazib, video haqiqiy ekanligi haqida xabar berdi.

Agentlik britaniyalik sobiq razvedka zobiti videoda "haqiqiy qotillik" aks etgani haqda aytganini xabar qildi.

Armaniston inson huquqlari ombudsmani Arman Tatoyan video "rad etib bo‘lmas urush jinoyati dalili" ekanligini aytdi.

Сурат баъзи кишиларнинг таъбини хира қилиши мумкин.
25 yoshli Yuriy Adamyanning qo‘lga olinishi aks etgan video 15 - oktabr kuni Ozarbayjonni qo‘llovchi ruscha anonim Telegram kanalda ulashildi.
25 yoshli Yuriy Adamyanning qo‘lga olinishi aks etgan video 15 - oktabr kuni Ozarbayjonni qo‘llovchi ruscha anonim Telegram kanalda ulashildi.
Сурат таъбни хира қилиши мумкин – Кўрсатиш учун тугмани босинг
25 yoshli Yuriy Adamyanning qo‘lga olinishi aks etgan video 15 - oktabr kuni Ozarbayjonni qo‘llovchi ruscha anonim Telegram kanalda ulashildi.

Tatoyan Hadrutdagi qotillik "Ozarbayjon harbiylarining arman mahbuslariga nisbatan g‘ayriinsoniy munosabatidan" dalolat berishini qo‘shimcha qildi.

Bellingcat guruhi uchun videoni tahlil qilgan Britaniya armiyasining sobiq zobiti Nik Uoters Ozodlikka bergan intervyusida video urush jinoyati sodir etilganligini tasdiqlovchi dalil ekanligini ta’kidladi.

Qatl aks etgan kadrlarda ozariy tilining muayyan shevasida so‘zlagan ovoz egasi harbiylarga "boshlariga ot" deya ko‘rsatma berayotganini eshitishi mumkin.

Tatoyan ushbu dalillarni BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari, Yevropa Kengashi va boshqa xalqaro tashkilotlarga yuborganini aytdi.

Yevropa Kengashining inson huquqlari bo‘yicha komissari Dunya Miyatovichning matbuot kotibi
materiallar kengashga kelib tushganini tasdiqladi.

Video ilk bor Telegramda ulashilganidan beri Ozarbayjon qo‘shinlari boshqaruvida qolayotgan Hadrutga mustaqil tergovchilik bora olgani yo‘q.

Karamyan ommaviy axborot vositalarida Akopyan va Adamyanni Tog‘li Qorabog‘ning etnik arman mudofaa kuchlaridan "asir olingan harbiy asirlar" deb ta’riflangani xato ekanligini aytadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Akopyan va uning rafiqasi Yelena Sovet davrida Bokuda yashagan, ammo 1990-yillarning boshlarida Ozarbayjon poytaxtida etnik armanlarga qaratilgan zo‘ravonliklar boshlanganidan keyin, Hadrutga qochib borgan.

Ularga norasmiy ravishda Hadrutning Chobanstroy nomi bilan tanilgan okrugida sobiq qishloq xo‘jaligi kooperativi hududida kichik uy berilgan.

Karamyan Akopyan boshida cho‘pon bo‘lgani, keyingi yillarda odamlarning bog‘larida dehqonchilik, shuningdek, do‘konlarga kelgan mollarni va qurilish materiallarni tushirish bilan shug‘ullanganini aytdi.

Сурат баъзи кишиларнинг таъбини хира қилиши мумкин.
Xadrutda Benik Xakobyanning qo‘lga olinishi aks etgan video.
Xadrutda Benik Xakobyanning qo‘lga olinishi aks etgan video.

Karamyanning so‘zlariga ko‘ra, Akopyan yaqinda insult bo‘lgan va jismoniy mehnatni bajarishda qiynalgan. Shu sababdan Akopyan askar sifatida jang qiladigan ahvolda bo‘lmagan.

"Men u kamuflyaj kiyib olgani uchun u haqida xuddi harbiy odamdek so‘zlashishayotganini ko‘rdim”, - dedi Karamyan.

"Ammo Benik butun umri davomida shu kiyimda edi. Arsaxda (Tog‘li Qorabog‘da) deyarli hamma shunaqa kiyimda yuradi. Bu hech narsani anglatmaydi".

Karamyanning aytishicha, Akopyan hayotining so‘nggi ikki haftasida Stepanakentdan aholiga tarqatish uchun Hadrutga yuborilgan oziq-ovqat mollarini yuk mashinalaridan tushirish bilan
shug‘ullangan.

Karamyan Adamyan ham askar bo‘lmaganini ta’kidladi. Shunday bo‘lsa-da, 27-sentabrdan keyin Adamyan mahalliy jamoat xavfsizligi politsiyasi tarkibiga safarbar qilinganinini va unga qurol berilganini aytdi.

Karamyanning so‘zlariga ko‘ra, Adamyan Akopyanga mahalliy Madaniyat uyida aholiga tarqatish uchun yuborilgan yuklarni tushirishga ko‘maklashib kelgan.

Karamyan Akopyan va Adamyan 10 - oktabr kuni qo‘lga olinib, o‘ldirilganiga ishonishini aytadi.

"Bunday deb o‘ylashim sababi, [10 - oktabrda] ozarbayjonlar Hadrutga kirib kelishganidan keyin, shaharda to‘qnashuvlar boshlandi va oddiy fuqarolar u yerni tark etdi", - dedi Karamyan.

Ayirmachi Tog‘li Qorabog‘ning inson huquqlari ombudsmani Artak Beglaryanning so‘zlariga ko‘ra, 10 - oktabr kuni yana kamida to‘rt nafar Hadrut turg‘uni otib o‘ldirilgan.

Uning taxmin qilishicha, 10 - oktabr kuni ikkisi shahar markaziga jo‘nagan va Akopyanning uyidan 200 metr narida kutilmaganda Ozarbayjon maxsus kuchlariga duchor bo‘lgan.

Akopyan va Adamyanning mayiti topilmadi. Shaharda qo‘lga olingan boshqa armanlar, jumladan, Akopyan rafiqasi bedarak yo‘qolgan.

Hadrutdan Yerevanga qochib o‘tgan qochqinlar yo‘qolgan va o‘lganlar haqida bir-birlari bilan ma’lumot almashish uchun yopiq Facebook guruhini tashkil etishdi.

Ozarbayjon kuchlari tomonidan Hadrutda hibsga olingani ma’lum bo‘lgan kamida uch nafar keksa fuqaroning fotosuratlari va videolari ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

Ozodlikning arman xizmati hibsga olingan boshqa etnik armanilar ham ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgani, ular Ozarbayjon rasmiylari nazorati ostida ekanligi haqida xabar qildi.

Ozarbayjon qo‘shinlari Hadrutdan keyingi hududlarni ham qo‘lga kiritib, Tog‘li Qorabog‘ poytaxti Stepanakertga yaqinlashdi.

Asosan etnik armanlar yashaydigan Tog‘li Qorabog‘ 1988–1994 - yillardagi urushdan keyin o‘zini Ozarbayjondan mustaqil deb e’lon qilgan. Urushda 30 mingga yaqin odam o‘lgan, yuz minglab odam ko‘chib ketishga majbur bo‘lgan.

Xalqaro hamjamiyat Ozarbayjon hududi o‘laroq tan oladigan Tog‘li Qorabog‘ 1994 - yildan beri Armaniston dastaklab kelayotgan etnik armanlar nazorati ostida.

27 - sentabr kuni boshlanib ketgan to‘qnashuvlarda bugunga qadar 1000 dan oshiq odam nobud bo‘lgani aytilmoqda.

22 - oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva to‘qnashuvlarda 5 000 ga yaqin odam nobud bo‘lganiga ishonishini aytgan

XS
SM
MD
LG