Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 20:35

Bayraktar nima?


Nisbatan kamxarj turk dronlarining so‘nggi mojarolarda qanday rol o‘ynamoqda?

28-may kuni Ozarbayjon poytaxti Bokuda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada “Bayraktar” (“Bayroqdor”) TB2 droni bilan suratga tushish uchun olomon jam bo‘ldi. Bu ushbu uchoq 2014-yilda amalga oshirgan ilk parvozidan keyin ancha mashhurlikka erishganini ko‘rsatadi.

28-may kuni Bokuda bo‘lib o‘tgan Teknofest Aerokosmik va Texnologiyalar festivaliga tashrif buyurganlar Bayraktar droni bilan suratga tushdi.
28-may kuni Bokuda bo‘lib o‘tgan Teknofest Aerokosmik va Texnologiyalar festivaliga tashrif buyurganlar Bayraktar droni bilan suratga tushdi.

Hozirgacha Ukraina qurolli kuchlari tomonidan 36 ta TB2 samolyotlari sotib olingan. Ukrainada Bayraktar droni sharafiga qo‘shiq yozilgan hamda bir qancha hayvonlarga Bayraktar nomi ham berilgan.

Qolaversa, ukrainalik namoyishchilar Bayraktar qo‘shig‘ini kuylab, rus askarlarini masxara qilayotgani aks etgan videolar ham tarqalgan edi.

2021-yil iyun oyida Ukrainadagi Bayraktar TB2 va Su-25 uchog‘i
2021-yil iyun oyida Ukrainadagi Bayraktar TB2 va Su-25 uchog‘i

29-may kuni Litva xayriya jamoatchilik fondi Ukrainaga TB2 Bayraktar dronlarini sotib olish uchun 5 million yevro to‘plaganidan so‘ng, turk dronlari yana muhokamalar mavzusiga aylandi.

Selchuk Bayraktar. 2019-yil, Turkiya
Selchuk Bayraktar. 2019-yil, Turkiya

TB2 Massachusets Texnologiya Instituti bitiruvchisi Selchuk Bayraktar tomonidan Turkiyada ishlab chiqilgan. Selchukni noyob harbiy uchog‘i va tanqidchilarga nisbatan ba’zan keskin munosabatlari sababli Ilon Maskka ham qiyoslashadi.

Bayraktar Baykar mudofaa kompaniyasining texnologiya bo‘yicha bosh direktori bo‘lib, 2016-yilda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning qiziga uylanib, prezidentga kuyov bo‘ldi.

Bayraktar TB2 28-may kuni o‘tgan Bokudagi Texnofest namoyishida.
Bayraktar TB2 28-may kuni o‘tgan Bokudagi Texnofest namoyishida.

Bayraktar TB2 oddiy propellerli dvigatelda 27 soatgacha havoda bo‘la oladi va bazasidan 150 kilometrgacha uzoqlikka ucha olishi mumkin. Shuningdek, dronni bir necha kilometr uzoqlikdagi zirhli transport vositalarini yuqori aniqlikda yo‘q qila oladigan to‘rtta "aqlli mikroraketalar” bilan jihozlash mumkin.

Bayraktar TB2 dronini yerdan boshqaradigan ko‘chma stansiya
Bayraktar TB2 dronini yerdan boshqaradigan ko‘chma stansiya

Samolyot nisbatan arzonligi va qulayligi uchun ham inqilobiy ahamiyatga ega. MQ-9 Reaper tipidagi AQShda ishlab chiqarilgan yirik harbiy dronlar o‘n millionlab dollarga tushadi. Bunday texnologiyani sotib olishga qodir bo‘lgan mamlakatlar ham uni sotib olishdan oldin yuz marta chamalab ko‘radi.

Vashington faqat kam sonli hukumatlar bilangina bunday turdagi harbiy savdolarni amalga oshiradi. AQShning qimmatbaho jangovar uchuvchisiz samolyotlari "yo‘qotishga arziydigan" dronlar turkumiga kirmaydigan deb hisoblanadi.

Turk harbiy uchuvchilari Shimoliy Kiprdagi Bayraktar TB2 dronini boshqarish xonasida.
Turk harbiy uchuvchilari Shimoliy Kiprdagi Bayraktar TB2 dronini boshqarish xonasida.

Avtoritar prezident bo‘lgan Erdo‘g‘on boshqaruvidagi Turkiya o‘z qurollarini bexavotir sotmoqda. Hozirda TB2 dronlaridan kamida 11 mamlakat harbiy tuzilmalari foydalanmoqda. Yana bir qancha davlatlar yetkazib berilishini kutmoqda. Polsha Turkiya dronlarini sotib olgan Yevropa Ittifoqidagi birinchi davlat bo‘ldi.

Polsha prezidenti Anjey Duda 2021-yilning may oyida Turkiyada Bayraktar TB2 jangovar uchuvchisiz dronini ko‘zdan kechirmoqda.
Polsha prezidenti Anjey Duda 2021-yilning may oyida Turkiyada Bayraktar TB2 jangovar uchuvchisiz dronini ko‘zdan kechirmoqda.

Bayraktar TB2 ning narxi oshkor qilinmagan. Ammo, yaqinda o‘tkazilgan kraudfanding kampaniyasining litvalik tashkilotchilari bitta samolyot uchun 5 million yevro yetarli ekanligini aytishdi. Dron bilan birga ko‘chma qo‘mondonlik punkti ham yetkazib beriladimi yoki yo‘q hozircha noma’lum.

Arman askari o‘z hududi uzra uchayotgan dronga qaramoqda. 2020-yil oktabr.
Arman askari o‘z hududi uzra uchayotgan dronga qaramoqda. 2020-yil oktabr.

TB2 dronlari Turkiya tomonidan kurd jangarilariga qarshi "aksilterror" operatsiyalarida va Liviyada davom etayotgan fuqarolar urushida foydalanilgan. Ammo dronlarning halokatli ta’siri 2020-yilgi Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroda, Ozarbayjon harbiylari tomonidan etnik arman kuchlariga qarshi qo‘llanganida ko‘proq namoyon bo‘ldi.

Ozarbayjon tomonidan e’lon qilingan o‘nlab videolarda, arman jangchilari daraxtlar yoki tepaliklar ortidagi avtomobillarga berilgan raketa zarbalaridan so‘ng qochayotgani tasvirlangan.

Qirg‘izistondagi raketalar o‘rnatilgan Bayraktar
Qirg‘izistondagi raketalar o‘rnatilgan Bayraktar

2020-yilda Ozodlik bilan suhbatlashgan arman jangchisi Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjonning ommaviy hujumi chog‘ida osmonda uchuvchisiz dronlar “muntazam” aylangani hamda arman askarlari yakka “mudofaa” sifatida Bayraktar raketalariga qarshi ochiq maydonda yolg‘iz yurishga majbur bo‘lganini so‘zlab bergan. Birgina harbiy qimmat raketa bilan o‘ldirilishga arzimaydi.

Angardagi Ukraina Bayraktarlari
Angardagi Ukraina Bayraktarlari

TB2 ning Ukraina mojarosiga ta’siri dastlab sezilarlidek tuyuldi. Kiyev asosiy nishonlar, jumladan, Rossiya harbiy-dengiz kuchlari kemalari yo‘q qilingani haqida bir nechta videolarni joylashtirdi. Ammo, bora-bora bunday videolarning chiqishi kamaydi. Rus harbiylari esa o‘nlab harbiy dronlarni urib tushirganini da’vo qildi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy sekin uchadigan va osongina aniqlanadigan dron Rossiya zenit tizimlari uchun tayyor o‘ljaga aylanayotganiga ishora qilib, havo hujumidan mudofaa "tarixi" deganda, "Bayraktarga va har qanday texnikaga hurmat bilan, men sizga ochiq aytamanki, bu boshqa urush”, deya ta’kidladi.

"Dronlar yordam berishi mumkin, ammo ular ustunlik bermaydi", deya qo‘shimcha qildi u.

XS
SM
MD
LG