Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:39

Dnestr Rossiyaning Ukrainaga hujumida rol o‘ynaydimi?


Moldovaning bo‘lginchi Dnestr hududida Rossiya o‘n yillardirki mingdan ortiq harbiy saqlab kelmoqda. Ukraina rasmiylari bundan xavotirda.
Moldovaning bo‘lginchi Dnestr hududida Rossiya o‘n yillardirki mingdan ortiq harbiy saqlab kelmoqda. Ukraina rasmiylari bundan xavotirda.

Rossiya Ukrainani uch tomondan: janubda Qrimdan, shimolda Belarusdan va o‘zining Ukraina bilan chegarasida qurshab olgan holda 130 mingga yaqin askar va harbiy texnikani joylashtirgan.

Ukrainaning janubi-g‘arbiy chegarasida Rossiya qo‘shinlarining kichik kontingenti kamdan-kam tilga olinadi.

Ba’zi harbiy ekspertlar fikricha, agar Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy yurish boshlasa, mazkur mintaqa muhim nuqtaga aylanishi mumkin.

Vashington ham bundan xavotirda. 14 - fevral kuni AQSh Davlat departamenti AQSh fuqarolarini pandemiya va "Ukraina atrofidagi tashvishli vaziyat tufayli , shuningdek, hukumat va Dnestr bo‘lginchi mintaqasi o‘rtasidagi mojaro" sababli Moldovaga bormaslikka chaqirdi.

"AQSh fuqarolari Dnestrni zudlik bilan tark etishi kerak", deyiladi AQSh Davlat departamenti bayonotida.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirishni rejalashtirayotgani haqidagi ayblovlarini rad etib keladi. Shu bilan birga, Moskva agar Kiyevning NATOga qo‘shmaslik talabi bajarilmasa, “harbiy-texnik” choralar ko‘rishi mumkinligi bilan ogohlantirgan.

Dnestr haqida

450 000 ga yaqin aholi istiqomat qiladigan Dnestr – Ukraina va Moldova o‘rtasida joylashgan. O‘z pul birligi – Dnestr rubliga ega. Hudud sovet davridan qolgan ko‘plab haykallar va kommunizm davri arxitekturasi bilan ajralib turadi.

Asosan rusiyzabon aholiga ega mintaqa 1990 - yilda mustaqillik e’lon qildi va ikki yildan so‘ng Moldova qo‘shinlariga qarshi besh oylik urush olib bordi. 1992 - yilda sulh imzolangan, ammo mojaroni hal qilish qiyin bo‘lib qoldi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YeXHT) muammoni hal qilish uchun “5+2” formati doirasida harakat qilmoqda.

Dnestr askarlari 2012 - yil 2 sentabr kuni poytaxt Tiraspolda Mustaqillik kunini nishonlashda ishtirok etishmoqda.
Dnestr askarlari 2012 - yil 2 sentabr kuni poytaxt Tiraspolda Mustaqillik kunini nishonlashda ishtirok etishmoqda.

Gruziyaning bo‘lginchi Janubiy Osetiya va Abxaziya viloyatlari bo‘lgan norasmiy respublikalar uning mustaqilligini tan olgan, ammo Rossiya tan olmagan.

Shunga qaramay, Moskva o‘z ta’sirini mazkur mintaqada saqlab turibdi. Rossiya Dnestrni energiya bilan ta’minlaydi, biroq hisob-kitobni Moldova bilan qiladi. Xuddi boshqa bo‘lginchi hududlarda bo‘lgani kabi, Moskva Dnestr aholisiga ham Rossiya pasportlarini bergan. 2002 - yildan beri 200 000 ga yaqin inson rus fuqaroligini olgan.

Rus qo‘shinlari soni qancha?

1992 - yilda sulh imzolanganidan ko‘p o‘tmay, rus qo‘shinlari tinchlikparvar kuch sifatida hududga kiritildi. Taxminlarga ko‘ra u yerda 1200 dan 1500 gacha rus harbiylari bor. Ularning missiyasi Ukraina bilan chegaradan atigi 2 kilometr uzoqlikdagi Kobasnada joylashgan Sharqiy Yevropadagi eng yirik o‘q-dorilar omborini (22 ming tonna o‘q-dori saqlanadi) qo‘riqlashdan iborat. Moldova va YeXHT mazkur bazani yo‘q qilishni talab qilgan, biroq Rossiya buni ortga surib kelmoqda.

Moskva yaqinda NATO va Qo‘shma Shtatlarning qurol nazorati bo‘yicha muloqot evaziga o‘z qo‘shinlarini Qrimdan, Janubiy Osetiya va Abxaziyadan olib chiqish haqidagi talablarini rad etdi. Rossiya o‘z qo‘shinlari Dnestrda Rossiya fuqarolarini himoya qilish va jangovar harakatlar qayta boshlanmasligi uchun “xavfsizlik omili” o‘laroq zarurligini vaj qilgan.

Dnestr ham 4000 dan 7500 gacha o‘z qurolli kuchlariga ega. 2017 - yilgi hisobotlarga ko‘ra, ularning ba’zilari armiyaga majburan kiritilgan.

Dnestr Ukraina uchun yana bir tahdidmi?

Mavjud keskinlik fonida Ukraina Dnestr davlat raqamlariga ega avtomobillarning mamlakatga kirishini 2021 - yil 1 - sentabrdan taqiqlagan.

Yanvar oyida Ukraina razvedkasi Rossiya maxsus xizmatlarini Kobasnada urushga bahona keltirib chiqarish uchun provokatsiyalar rejalashtirayotganlikda ayblaganidan so‘ng keskinlik yanada kuchaydi.

Oradan bir oy o‘tgach, rus qo‘shinlari Dnestrda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgach, Ukrainaning xavotirlari ortdi.

Moldova tashqi ishlar vaziri Niku Popesku yaqinda “Foreign Policy” nashriga bergan intervyusida “Ayni damda biz Dnestrda noodatiy harakatlarni ko‘rmayapmiz, ammo vaziyat o‘zgarishi mumkinligidan xavotirdamiz. Biz doimiy ravishda Rossiya qo‘shinlarini Moldova hududidan olib chiqib ketishga chaqirib kelamiz va bu bizning suveren huquqimiz ekanligi ta’kidlaymiz”.

NBC News telekanali keltirgan razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinida “Moldovadan ko‘prik sifatida foydalanish va Qora dengiz qirg‘oqlarining katta qismini nazorat qilish” rejalashtirilgan bo‘lishi mumkin.

Boshqa tahlilchilarning ta’kidlashicha, Qora dengizdagi Rossiya kuchlari "Dnestrdagi rus harbiylari bilan birgalikda" Ukrainaning Odessa shahrini nishonga olishi mumkin.

Avvalroq “Conflict Intelligence Team” tahlilchilari Qrimda katta hajmdagi rus qo‘shinlari va texnikasi, yirik dengiz kuchlari to‘planganini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG