Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 18:33

Mingbuloq hokimi uzr so‘radi, unga prokuratura ma’muriy chora ko‘radi


Mingbuloq hokimi Nurshod Xudoyberdiyev uzr so‘ramoqda.
Mingbuloq hokimi Nurshod Xudoyberdiyev uzr so‘ramoqda.

Namangan viloyat, Mingbuloq tuman hokimi Nurshod Xudoyberdiyev fermerlarni haqorat qilgani uchun pushaymonligini izhor etib, uzr so‘radi.

Bu haqdagi bayonotni Namangan viloyat hokimligi 3 yanvarda Feysbukdagi sahifasida tarqatdi. Hokimlik bayonotiga ko‘ra, viloyat prokuraturasi ushbu audioyozuv yuzasidan o‘rganish o‘tkazadi va ma’muriy javobgarlik jihatini aniqlab, qonuniy chora ko‘radi.

Ozodlik 2 yanvar kuni Mingbuloq tumani hokimi Nurshod Xudoyberdiyevning fermerlarni shaxsni tahqirlovchi so‘zlar bilan haqorat qilinayotgani yozilgan audioni va bunga rasmiylarning munosabatini e’lon qilgan edi.

Namangan viloyati hokimligining bayonotiga ko‘ra, bu voqeani viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va viloyat prokurorining o‘rinbosari Shuhrat Qosimov Mingbuloq tumani MMTP raislari, fermerlar, tuman faollari hamda oqsoqollar bilan muhokama qilgan.

Yig‘ilishda, "Mingbuloq tumani hokimi Nurshod Xudoyberdiyev, o‘zining vaziyatdan o‘ta pushaymonligini aytib, “Tuman hokimi sifatida bunday xatoga yo‘l qo‘yganim – bu mening aybim. Hayotda men uchun katta dars bo‘ldi. Haqiqatda pushaymonman. Barchadan ming bor uzr so‘rayman. Bunday holat umuman takrorlanmaydi deb va’da beraman. Bundan buyon faoliyatimda qonun ustuvorligini to‘la ta’minlayman” deb o‘z aybini to‘liq tan olib, yig‘ilganlardan hamda tuman xalqidan kechirim so‘ragan.

Nurshod Xudoyberdiyev viloyat hokimligi tomonidan qattiq ogohlantirilgan.

Viloyat prokuraturasi ushbu audioyozuv yuzasidan o‘rganish o‘tkazib, ma’muriy javobgarlik jihatini aniqlashi hamda qonuniy chora ko‘rishi belgilandi. Viloyat prokuraturasining qarori yuzasidan qo‘shimcha bayonot e’lon qilinadi.

Mingbuloq tumani hokimi Nurshod Xudoyberdiyev texnikasini MTPga olib borib qo‘ymagan fermerlarni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan edi:

“Men ham muovinimga aytovdum, qildirmabdi-da, bl...d. Ey a...ngni chiqaraman pid...z, bugun bormasin o‘zing borasan. Q...q, bajarganing yo‘q, p...z! Ey suka, haromdan bo‘lgan iflos, b...d! Nima qilsang qilaver, nax...y, bl...d! Suka, bl...d, ay, ko‘...ni itar...nimga Xudoga shukr deb, texnikangni olib borib qo‘ymaysanmi, bl...d! Basharangga x...yam, seni bl...d!” “Pid..zni bl...d, bitta-ikkitasiga gapiga topshirmasa ham tegmayovdim, bajarmasa ham, k...tni bl...d! Telefon qiladiganlaringga xo...m, na x...y, bl...d! Si...man!”

O‘zbekistonda viloyat va tuman hokimlarining qo‘l ostidagi xodimlarini haqorat qilishi va shaxsini tahqirlashi yangilik emas.

Ammo, hamma vaqt hokimlar kechirim so‘rash bilan jazodan qutulib qolgan.

Jumladan, Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev ro‘mol o‘ragan ayollarga “ro‘molini og‘zingga tiqaman” degan tahdidi uchun Senatda kechirim so‘ragan, unga o‘z xatolarini anglab olish va tuzatish uch oylik muhlat berilgan edi.

Ammo, uch oylik muhlat tugamasdan Shuhrat G‘aniyev norozilik namoyishini yoritgan blogerni "janozasini o‘qish" bilan tahdid qildi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi hokimning bu tahdididan jinoyat alomatlari topmadi va hukumatdan intizomiy jazo ko‘rishni so‘radi. Ammo, Shuhrat G‘aniyrvga qanday jazo ko‘rilgani hali aytilmadi.

2019 yil 26 iyun kuni Ozodlik Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov o‘tkazgan yig‘ilishining audiosi va hokimning haqoratli so‘larini oshkor qilgandi.

Shu majlisda Abdurahmonov viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ini "iflos, hayvon, hezalak", O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirini esa "maraz", "vazircha", deb so‘kkan edi.

Prezident Mirziyoyev Andijon viloyati hokimiga qarata: “Seni hurmat qilaman. Lekin internetdagi gaplar dilimni og‘ritdi. Og‘ir-bosiq bo‘l. Sadoqat boshqa, amal boshqa”,deb tanbeh bergan edi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida, 2019 yil 29 avgust kuni bir qancha o‘zbekistonliklarni faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirladi.

Mukofotlanganlar orasida Farg‘ona va Andijon viloyatlari hokimlari Shuhrat G‘aniyev va Shuhrat Abdurahmonov ham bor.

XS
SM
MD
LG