Линклар

Шошилинч хабар
28 октябр 2024, Тошкент вақти: 20:32

Isroil Eron nishonlariga  “qasos zarbalari” berganini bildirdi


Isroil armiyasi Tehronning shu oy boshida Isroilga qilgan hujumlariga javob tariqasida Erondagi nishonlarga "maqsadli va aniq" zarbalarni amalga oshirganini bildirdi.

"Biz Erondagi harbiy obyektlarga aniq va aniq zarbalar berdik - zudlik bilan Isroil davlatiga tahdidlarning oldini oldik", dedi Isroil Mudofaa kuchlari vakili.

“Uchoqlarimiz eson-omon uyga qaytdi”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Isroil armiyasi Eron o‘tgan yili Isroilga hujum qilish uchun foydalanilgan raketalarni ishlab chiqargan obyektlarni nishonga olgan.

Isroil harbiy uchoqlari, shuningdek, "yer-havo" raketa majmualariga zarba berdi.

“Erondagi rejim va uning mintaqadagi ittifoqchilari 7-oktyabrdan buyon bir necha jabhada, jumladan Eron hududidan to‘g‘ridan to‘g‘ri Isroilga to‘xtovsiz hujum qilmoqda”, deyiladi Isroil rasmiy bildiruvida.

Isroil hujumi oqibatlari haqida Eron tomonidan hanuz rasmiy bayonot berilmadi.

Ammo yarim rasmiy Tasnim axborot agentligining xabar berishicha, hujumlar ortidan Eron parvozlar qisqa vaqtga to‘xtagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron poytaxti Tehron va unga yaqin joylashgan Karaj shahrida bir nechta portlashlar sodir bo‘lgani haqida 26-oktyabr kuni tongda mahalliy OAV xabar bergan edi.

Shuningdek, portlashlar haqida davlat televideniyesi va “Islom inqilobi” korpusi bilan aloqador “Fars” axborot agentligi hamda CNN ham xabar berdi.

Xabar qilinishicha, Isroil zarbalari energetika yoki yadroviy inshootlarni nishonga olmagan.

Suriyaning “SANA” davlat axborot agentligiga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida Isroil Suriyaning markaziy va janubiy qismlaridagi ba’zi harbiy obyektlarni ham nishonga olgan.

Bayrut va Livan janubiga berilgan havo hujumlari quruqlikdagi operatsiya bilan birga amalga oshirilgan.

Amerika Qo‘shma Shtatlari “Hizbulloh”ni omonidan terrorchi tashkilot deb e’lon qilgan, Yevropa Ittifoqi esa o‘zining qurolli qanotini qora ro‘yxatga kiritgan, ammo siyosiy partiyasini emas.

Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi tomonidan terrorchi tashkilot deb topilgan HAMAS jangarilari 2023-yil 7-okytabrda Isroilga o‘tib, 1200 ga yaqin odamni o‘ldirishi bilan joriy urush boshlanib ketgan edi.

XS
SM
MD
LG