Линклар

Шошилинч хабар
28 октябр 2024, Тошкент вақти: 22:28

Isroilning Livanga hujumi yangi urushga aylanishi mumkin


Isroil-Livan
Isroil-Livan

Isroilning 23—24-sentyabr kunlari Livanga bergan yirik zarbalari yuzlab odamlarning hayotiga zomin bo‘ldi. Bu 2006-yilda Isroilning “Hizbulloh” bilan besh haftalik urushidan beri kuzatilgan eng qonli hujum bo‘ldi. Bu Isroil va Hizbulloh o‘rtasida yangi urush boshlanganini ko‘rsatadi, demoqda ekspertlar.

Sal avvalroq peyjerlar portlatishi bilan bog‘liq hodisadan keyin Isroilning halokatli havo hujumlari yangi mojaro boshlanganidan dalolat beradi.

Ekspertlar Hizbulloh katta yo‘qotishlarga uchraganiga qaramay, jangari guruhni hisobdan chiqarmaslik kerakligini aytadi.

"Hizbulloh"ning o‘n minglab sonli jangarilari va harbiy arsenali hisobga olinsa, guruhni butkul yo‘ldan olib tashlash imkonsiz ko‘rinadi» deydi Bahraynda joylashgan tahlil markazi eksperti.

“Hizbulloh” Isroilning so‘nggi hujumiga javoban Isroil shimoliga raketalalar uchirdi. Ammo guruh hali arsenalidagi dronlar va chuqur zarba berishga qodir o‘rta va uzoq masofali raketalar foydalangani yo‘q.
“Hizbulloh” G‘azoda otashkesim bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, Isroilga zarba berishda davom etishini ta’kidlamoqda.

Isroil esa hujumlarini Livan bilan shimoliy chegara bo‘ylab xavfsizlikni ta’minlash va ko‘chirilgan isroilliklar uylariga qaytarish ekani bilan izohlamoqda.


Ekspertlar fikricha, Isroil Hizbullohga qarshi hujumlarini kuchaytirib, xavfli strategiyani qo‘llamoqda.
"Isroil “Hizbulloh” arsenalining muhim qismini guruh Isroilga qarshi yirik hujumlarni amalga oshirmasidan oldin zararsizlantirishni maqsad qilgan. Bu Eron va “Hizbulloh”ni eskalatsiyani kuchaytirishidan tiyishi mumkin. Ammo bu juda xavfli harakat”.

Hizbullohning asosiy tarafdori Eron Isroil-Hizbulloh mojarosiga bevosita aralashishni xohlamaydi.

ҲАМАС “тўлақонли келишув”га рози
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:41 0:00


Ozodlik suhbatlashgan siyosiy sharhlovchi Jaloli Hoshimiyning aytishicha, “Hizbulloh”ning 23-24-sentyabrdagi xujumlarga nisbatan sust javob bergani va Eronning Isroil bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri mojaroga kirishni istamasligi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni Livanga bosimni davom ettirishga undagan.

Eron prezidenti Ma’sud Pezeshkiyon Isroilning Livandagi havo hujumi «mintaqaviy urushga aylanishi mumkinligi» haqida ogohlantirdi.

XS
SM
MD
LG