Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 04:27

Migrantlar nomiga kredit. Rossiyada yuzlab muhojir firibgarlik qurboni bo‘ldi


Rossiyada markaziy osiyolik yuzlab migrant telefon firibgarlaridan jabr ko‘rdi. Jinoyatchilar ularning nomlariga katta-katta kreditlar olishgan – ularni to‘lash esa oddiy farrosh va kuryerlar gardaniga tushmoqda.

“Migrant Media” loyihasi jurnalistlari jabrlanuvchilar bilan gaplashdi.

“100 ming rubl olishgan ekan, foizlari bilan 249 ming bo‘lyapti”, deydi ulardan biri.

Firibgarlar tuzog‘iga tushgan migrantlarning barchasi bitta mobil servisdan – “Zolotaya korona” tizimi ilovasidan foydalangan. Ya’ni, shu ilova orqali uylariga pul jo‘natib turganlar. Telefon firibgarlari bilan gaplashgandan so‘ng esa o‘zlari bilmagan holda kredit oluvchilarga aylanishgan.

“Ularga kodni aytganimdan so‘ng “Sizga “Zolotaya korona” xodimi qo‘ng‘iroq qiladi”, deyishdi va vaqtincha ilovaga kirmay turishni iltimos qilishdi. Keyin kartamdan 30 ming rubl yechib olinganini bildim. Ustamasini qo‘shganda 50 ming qarz bo‘lib qoldim”, deydi Bakit ismli migrant.

Firibgarlar hiylasi bekam-ko‘st ishlagan. Ular migrantlarga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini bank xodimi deb tanishtirganlar, so‘ngra abonentning ism-familiyasini aytib, ularning “Zolota korona” pul o‘tkazish tizimi orqali bajargan so‘nggi pul operatsiyalari haqida gapirishgan. Keyin esa, ularning telefoniga boradigan kodni jo‘natishni so‘raganlar.

“Eng qizig‘i, firibgarlarda mening shaxsiy ma’lumotlarim bor edi. Ular men qachon, qayerga qancha pul jo‘natganimni bilishardi. Menga kod keldi, so‘ngra 50 ming rubl kreditni bo‘ynimga ilishdi”, deydi o‘z hikoyasida Mas’uda ismli ayol.

Jabrlanuvchilar yuzlab kishini tashkil etadi. Firibgarlar ularning nomiga 10 mingdan 200 ming rublgacha kreditlar olishgan. Jabrlanuvchilarga ko‘ra, pullar ularning hisobiga tushganu darrov g‘oyib bo‘lgan.

“Shundoq ham Qirg‘izistonda kreditim bor. To‘lay olmaganim uchun bu yerga ishlagani kelgan edim. Endi bu yerda ham bo‘ynimga kredit ilishdi. Uchinchi darajali rak kasalim bilan uni qanday to‘layman?” – kuyunadi Janarbyu.

Servis foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari qanday qilib firibgarlar qo‘liga tushib qolganini hozirda politsiya surishtiryapti. “Zolotaya korona” vakillari qarz berish bilan ular emas, balki hamkorlari – “Strana ekspress” shirkati shug‘ullanishini ma’lum qilishdi. Ushbu mikrokredit muassasasi esa, jabrlanuvchilarning politsiyaga murojaatidan so‘ng ichki tekshiruv o‘tkazilganini, ammo ma’lumotlar sizdirilgani fakti tasdiqlanmaganini bildirdi.

“U kimsalar mijozlarimizning personal ma’lumotlarini qanday qo‘lga kiritgani bizga ayon emas, lekin biz tekshiruvni davom ettiryapmiz”, deydi “Stana ekspress” shirkati vakili Oksana Sokolova.

Moskvadagi qirg‘iz diasporasi “firibgarlar rus tilini yaxshi bilishmagani sababli aynan Markaziy Osiyo migrantlarini ov qilishgan”, deb hisoblaydi. Qator hollarda firibgarlar migrantlarga “migratsiya kartangni bloklab qo‘yamiz”, deb tahdid qilishgani ochiqlandi.

Намойишга чиққан мигрантлар отишма билан огоҳлантирилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:40 0:00

“Yuzlab yurtdoshlarimiz “Zolotaya korona” mijozlarining shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanuvchi firibgarlardan aziyat chekishdi. Hozirda politsiya ishni surishtirmoqda. “Zolotaya korona” pul o‘tkazish tizimi rahbariyati bilan gaplashdik. Ular ayblari yo‘qligini, endilikda firibgarlar qo‘llaydigan hiyla-nayrang usullarini barbod qilish ustida ish olib borilayotganiin aytishyapti”, deydi Moskva shahri va viloyatidagi qirg‘iz diasporasi rahbari Qubanichbek Osmonbekov.

Moskva politsisi firibgarlik fakti bo‘yia bir nechta jinoyat ishi ochgan. Aytilishicha, “Zolotaya korona” foydalanuvchilarning ma’lumotlarini ishonchli saqlay olmagani tergovda aniqlanib, sudda isbot kilinsa, qarzdorlar kreditlarning bekor qilinishiga erishishlari mumkin.

Aksi bo‘lganida esa migrantlar birovlarning kreditini to‘lashga majbur bo‘ladilar. Kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari esa kun sayin oshib bormoqda.

XS
SM
MD
LG