Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 14:16

"Navbat "ko‘cha"dan qolishmaydigan rahbarlarga!" – tarmoqlar jinoyat olamiga qarshi reydlar haqida


Salim Abduvaliyev o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash (JKning 248-moddasi)da gumon qilinmoqda.
Salim Abduvaliyev o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash (JKning 248-moddasi)da gumon qilinmoqda.

O‘zbekistonda jinoiy avtoritet sifatida bilingan Salim Abduvaliyev hibsga olindi. Bu haqda 5-dekabr kuni Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.

Salim Abduvaliyev o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash (JKning 248-moddasi)da gumon qilinmoqda.

U O‘zbekistondagi jinoyat olamining oxirgi haftada hibsga olingan eng yuqori martabali namoyandasidir.

Ko‘chaga qarshi reydlar deb atalayotgan ommaviy hibsga olishlar pirovardida qonun ustuvorligiga olib kelishiga shubha qilayotganlar ko‘p.

Aksar faollar mahalliy mafiya va jinoiy avtoritetlar avvalroq jilovlanishi kerak edi, degan fikrda.

Inson huquqlari himoyachisi Abdurahmon Tashanov oxirgi hodisalarni “hechdan ko‘ra kech” deb izohlagan.

“Afsuski, keyingi paytlarda samosudlar, o‘zaro nizolarni qonundan tashqari ajrim qilish holatlari ko‘paygandi. Keyingi qadamlar ko‘cha bezorilaridan qolishmaydigan rahbarchalarning jilovini tortish bo‘lishi lozim. Odamlar ijtimoiy adolatni his qilishi kerak. Adam Smit aytganidek: “Odamlar adolatni sevishlari uchun ularga adolatsizliklarning oqibatlarini ko‘rsatib turmoq zarur”, deb yozdi Tashanov.

Tarmoq faoli Sherali Komilov jinoyat olamiga qarshi amaliyotning navbatdagi bosqichida “ko‘cha”ga valine’matlik qilgan IIV, prokuratura, sud, soliq, bojxona xodimlari javobgarlikka tortilishi haqidagi taxminni ilgari surdi.

“Zanjir reaksiyasi allaqachon boshlangan. Uni to‘xtatib bo‘lmaydi”, deb hisoblaydi u.

"Биродарлик ҳалқаси" ва президентнинг кенжа куёвини нима бирлаштиради?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:17:40 0:00

Mirziyoyev davrida hukumat rasmiylari, hatto prezident oilasi mansublarining jinoyat olamiga daxldor deb ko‘riladigan ziddiyatli shaxslar bilan tadbirlarda yonma-yon turishi odatiy holga aylangan.

Bloger va huquqshunos Zafarbek Solijonov ayni shu holatga e’tibor qaratadi.

“Bitta katta xato bo‘ldi. Eng tepadagilarning ayrim mansabdorlari “ko‘cha avtoritetlari” bilan ham, shu kabi bezorilar bilan ham video, rasmga tushaverdi, tadbirlarda yonma-yon o‘tiraverdi, o‘zaro suhbat qilayotganlari internetga sizdirilaverdi. Distansiya saqlashmadi. Bu esa mazkur insonlarning tepa bilan aloqasi bor degan qarashni shakllantirdi”, deydi Solijonov.

Siyosiy va jinoiy jabha o‘rtasidagi chegaralarni qorishuvi omma ongida “ko‘cha mashhurlari”ga nisbatan simpatiya ham hosil qilib ulgurgan. Blogerga ko‘ra, mavjud vaziyat davlatning “ko‘cha”ga kuchini ko‘rsatib qo‘yishini taqozo etgan.

Tarmoqlarda “Jinoyat olami vakillari shu qadar qonunlarga bepisand bo‘lib ketgan ekan, nega huquq idoralari o‘z vaqtida chora ko‘rmadi, yaraning gazak olishiga tomoshabin bo‘lib turdi?” qabilidagi e’tirozlar ham bildirilmoqda.

“Hammayog‘imiz “ko‘cha” bo‘lib ketgan ekan-ku! Qanday yashadik buncha “ko‘cha”lar orasida? Nahotki yashadik?!” deb yozdi bloger va jamoat faoli Alisher Nazar.
Toshkentda jinoiy guruhlarga qarshi keng ko‘lamli amaliyot 25-noyabr kuni “Humo Arena”dagi konsert chog‘ida yuz bergan tartibsizlik ortidan boshlangani xabar qilingan edi.

Ozodlik manbalari qozog‘istonlik reper Jah Khalibning konsertidagi tartibsizliklar payti bir necha milliy gvardiyachi pichoqlangani, kamida bir xodim o‘lganini aytgan edi.

Jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayev esa ushbu reydlar avvaldan rejalashtirilganidan bahs etdi.

“Martabali “noma’lum” manbalarning ma’lum qilishicha, bu qo‘lga olishlar 21-noyabr kuni boshlangan “Dolzarb 40 kunlik” nomli, uzoq vaqt tayyorlangan maxsus operatsiya doirasida amalga oshirilayotgan ekan. Ya’ni “Humo Arena”dagi konsertga aloqasi yo‘q. Ertaroq boshlashga arizalar yo‘qligi xalal bergan ekan – hozir qo‘lga olinayotgan odamlar ustidan ariza yozib, huquq-tartibot organlariga murojaat qilishga har kimning ham “duxi” yetavermaydi, deb manbalarning o‘zi ham tan olyapti. Bunda muammo qo‘lga olinayotganlarning haddan tashqari qudratli ekanidami yoki huquq-tartibot organlariga ishonch pastligida – bu alohida mavzu shekilli”, deb yozdi jurnalist.

Ayni paytda mahalliy OAVda keng yoritilayotgan reydlar aybsizlik prezumpsiyasiga doir xavotirlarni ham o‘rtaga chiqarmoqda.

“Keyingi kunlardagi qamoqqa olishlarga gap yo‘q, biroq aybsizlik prezumpsiyasi haliyam kuchdami degan savol yuzaga kelyapti. Yoki Karimov davridagidek istagan odamni ichkariga opkirvolib OAVda sudsiz badnom qilish amaliyoti qaytdimi? To‘g‘ri, bularning aksari jinoyatchi ekanini ko‘pchilik biladi, ammo shunday badnom qilish amaliyoti ertaga begunoh insonlarga nisbatan ham qo‘llanmaydi deb hech kim kafolat bera olmaydi? Yangilangan konstitutsiyada bu haqida nima deyilgan edi?” deya savol qo‘ydi bloger Obidjon Latipov.

Ҳокимиятга яқинлашган Салимбой Мирзиёевга "ҳеч кимни яқинлаштирмаслик"ка онт ичди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:21:42 0:00

Tarmoq faollari fikricha, surishtiruv, tergov hamda sud jarayonlari shaffof va ochiq o‘tishi lozim.

Jinoyat olamiga qarshi reydlar fonida jamiyatda tobora chuqur ildiz otib borayotgan korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurashish lozimligi haqida ham chaqiriqlar yangramoqda.

“Organ xodimlari ko‘z ochib yumguncha o‘nlab jinoiy avtoritetlarni qamoqqa oldi. Demak, xohish bo‘lsa boshqaruv va sud-huquq tizimidagi korrupsionerlar qo‘liga ham kishan urish mumkin. Xo‘sh, nega shunday qilmayapmiz? Axir, korrupsiyaning zarari mafiyanikidan kam emas-ku?!” deydi tarmoq foydalanuvchilaridan biri.

Taniqli shifokor, professor Zarifboy Ibodullayev esa hukumatni "farmmafiya"ga qarshi zudlik bilan kurash boshlashga da’vat qilgan.

XS
SM
MD
LG