Линклар

Шошилинч хабар
28 октябр 2024, Тошкент вақти: 18:27

Nukusda is gazidan zaharlangan uch kishi vafot etdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahrida er-xotin va ularning uyiga kelgan mehmon yigit is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgan. Bu haqda mahalliy nashrlar Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovdan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qilishdi.

Qayd etilishicha, hodisa 18-oktyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. O‘sha kuni ertalab soat 07:51 da IIBga 23-mavzeda istiqomat qiluvchi er-xotin va ularning uyiga mehmon bo‘lib kelgan tanishi vafot etgani haqida ma’lumot kelib tushgan.

25 yoshli A.Ya., 23 yoshli xotini M.Ya va ularning mehmoni bo‘lgan 27 yoshli A.T isitish qozonxonasi mo‘risidan chiqqan is gazi tufayli vafot etgani taxmin qilinmoqda.

BP vakili qaydicha, hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

XS
SM
MD
LG