Линклар

Шошилинч хабар
29 октябр 2024, Тошкент вақти: 04:16

O‘zbekiston: Natijasi oldindan ma’lum saylovga 10 kun qoldi


Saylovda qatnashayotgan qolgan 4 nomzod hukumatparast partiyalar nomzodlari bo‘lib, amaldagi prezident "Mirziyoyev chizig‘idan chiqmaydi".
Saylovda qatnashayotgan qolgan 4 nomzod hukumatparast partiyalar nomzodlari bo‘lib, amaldagi prezident "Mirziyoyev chizig‘idan chiqmaydi".

O‘zbekistonda 24 - oktabr kuni o‘tadigan prezident saylovlarini kuzatayotgan xalqaro va mustaqil nashrlar Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti 8 - sentabr kuni e’lon qilgan oraliq hisobotidagi tanqidga e’tibor qaratmoqda.

Prezidentlikka nomzodlar o‘rtasida raqobat yo‘qligi va yuzma-yuz munozara ko‘zga tashlanmayotgani aytilgan hisobotdagi tanqidlarga o‘zbek rasmiylari, jumladan, O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi hozirga qadar biron munosabat bildirgani yo‘q.

Eurasia.net nashri amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev bilan "bellashayotgan" to‘rt da’vogar nomigagina nomzod bo‘lib, ularning barchasi Mirziyoyevni tanqid qilishdan o‘zini tiyib turgani haqida yozdi.

Mirziyoyevga qarshi da’vogarlar «Adolat» partiyasi yetakchisi Bahrom Abduhalimov, «Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi yetakchisi Narzullo Oblomurodov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi rahbarining o‘rinbosari, yagona ayol nomzod Maqsuda Vorisovalardir.

To‘rtala nomzod qonunan ro‘yxatdan o‘tgan besh partiya nomzodi bo‘lib, bu partiyalar Mirziyoyev chizig‘idan chiqmaydi.

Muxolifat nomzodlarining saylovda qatnashish urinishlari esa samara bermadi.

Shu yil boshida sobiq xonanda Jahongir Otajonov muxolifatdagi «Erk» partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzodini ilgari surishini e’lon qildi, ammo o‘zi va yaqinlariga bosimlar tufayli siyosatdan chekindi.

Yozda O‘zbekiston Adliya vazirligi «Xaqiqat va taraqqiyot» sotsial-demokratik partiyasi rahbari, professor Xidirnazar Allaqulovni «imzo to‘plashdagi kamchiliklar» vajidan ro‘yxatga olishni rad etdi.

«DIIXB avval ortiqcha yuk hosil qiladigan va ixtiyoriy qo‘llashga ochiq deb baholagan siyosiy partiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazishga doir qonun hujjatlari hamon o‘zgartirilmagan», deyiladi YeXHT kuzatuvchilari hisobotida.

Saylovoldi kampaniyasi davomida siyosiy rallilar va teledebatlar o‘tkazilmayapti.

YeXHT hisobotida teledebatlarga ruxsat berilgani, ammo nomzodlar bu imkoniyatdan foydalanmayotgani e’tirof etildi.

«DIIXB muloqot qilgan ko‘p kishilar OAV iqlimi yaxshilanganligini ta’kidladilar; shuningdek ular jurnalist va bloggerlarni qo‘rqitish va ta’qib qilish, OAV uchun taqiqlashga moyil qonun hujjatlari va ba’zi xalqaro OAV organlarining va inson huquqlari tashkilotlarining veb-saytlarini yopish kabi davom etayotgan muammolar borasida tashvish bildirdilar», deyiladi saylov kuzatuvchilari hisobotida

O‘zbekistonda iyul oyidan beri Twitter, TikTok va VKontakte ijtimoiy tarmoqlari hamda Skype va WeChat messenjerlari chetlatilgan.

Saylov kuzatuvchilari O‘zbekiston hukumati saylov o‘tkazish bo‘yicha ayrim avvalgi tavsiyalarga amal qila boshlagani, ammo boshqalariga e’tibor bermayotganini e’tirof etdilar:

«Hozircha qabul qilingan o‘zgartishlarda DIIXB ning avvalgi tavsiyalardan bir qatori hisobga olingan, jumladan kampaniya tadbirlari to‘g‘risida xabar qilishning soddalashtirilgan jarayoni, kampaniya o‘tkazish paytida lavozimni suiiste’mol qilishga qarshi ba’zi choralar, nizolarni hal qilishning parallel yo‘llarini bartaraf qilish va kampaniya bilan bog‘liq oraliq moliya hisobot talablari. Boshqa, fundamental huquq va erkinliklarni muhofaza qilishdagi kamchiliklarga doir tavsiyalar ko‘rib chiqilmaganicha qolmoqda», deya YeXHT hisobotidan iqtibos keltirdi Eurasia.net nashri.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik sanasining 30 yilligida qilgan chiqishida, "bo‘lg‘usi saylovlar yuksak demokratik mezonlar asosida o‘tishi va yangi O‘zbekiston xalqining o‘sib borayotgan siyosiy tafakkurini, ijtimoiy faolligi va madaniy saviyasini yaqqol namoyon etishiga ishonishi"ni aytgan.

XS
SM
MD
LG