Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:18

OzodTa’sir: Fermerlardan noqonuniy undirilgan pullar qaytarib berildi


Jizzaxlik fermerlardan 3 million so‘m uchun olingan cheklar qaytarib berildi.
Jizzaxlik fermerlardan 3 million so‘m uchun olingan cheklar qaytarib berildi.

Jizzax viloyati Do‘stlik tumani hokimining talabi bilan fermerlardan “Obod mahalla” dasturi uchun 3 million so‘mga olingan bank cheklari fermerlarga qaytarib berildi.

2 - dekabr kuni bu haqda xabar bergan fermerlarning aytishlaricha, 1 - dekabr kuni Ozodlikda nashr qilingan “Jizzaxlik fermerlar “Obod mahalla” dasturi uchun 3 million so‘mdan pul o‘tkazishga majburlanmoqda” sarlavhali maqolasidan so‘ng bu noqonuniy harakatga chek qo‘yilgan.

Ismi sir qolishini so‘ragan fermerlardan birining aytishicha, tuman hokimi Ulug‘bek Uzoqov ulardan olingan cheklarni zudlik bilan egalariga qaytarish haqida 1 dekabr kuni kechqurun farmoyish bergan:

Chek hali to‘ldirilmagan ekan, o‘shanday pustoy qaytarib berishdi.

“Bugun ertalabdan buxgalterlar gruppa-gruppa bo‘lib olib, uyma-uy yurishib, fermerlardan olingan cheklarni qaytarib berdi. Men o‘zim ham “shu nomerli chekni qaytarib oldim”, deb tilxat yozib berdim. Chek hali to‘ldirilmagan ekan, o‘shanday pustoy qaytarib berishdi. Bugundan tender ham to‘xtadi. Fermerlar juda xursand bo‘ldi. Sizlarga rahmat!”.

1 - dekabr kuni Ozodlikka gapirgan fermerlar hokim yo‘q yerdan tender uyushtirib, 3 million so‘mdan “Obod mahalla” uchun bank cheki berishga majburlaganini, bermaganlar esa yeri olib qo‘yilishi bilan tahdid qilinganini aytgan edi:

Hokimlik bizning ishimizga aralashmasligi, pulimizga xo‘jayin bo‘lmasligi kerak.

“Hukumat tomonidan hech qanday optimallashtirish to‘g‘risida qaror bo‘lmagan. Lekin shunga qaramasdan, hokim Ulug‘bek Uzoqov fermerlardan pul undirishning yangi yo‘lini o‘ylab topdi. Hammamiz shartnomani bajarganmiz, qolaversa, shartnomamiz faqat klaster bilan. Hokimlik bizning ishimizga aralashmasligi, pulimizga xo‘jayin bo‘lmasligi kerak. Endi, sektor rahbarlari, bank xodimlarini yig‘ib bitta-bitta fermerni chaqirib 3 million so‘mga chek berdingmi, deb so‘rayapti. Yo‘q desa o‘t bu yoqqa, sen tenderdan o‘tmading, yeringni olamiz, deyapti. Kim chekni bergan bo‘lsa, unga boshqa savol bermay, senga javob deyapti. Bunaqa zo‘ravonlik yana qayerda bor?”, degan edi fermerlardan biri.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 4 - fevral kuni qishloq xo‘jaligida klasterlar faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishida hokimlarning fermerlar ishiga aralashmasligini aytgan edi.

“Paxta va g‘alla yetishtirishga davlat buyurtmasini bekor qilib, ushbu mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tamiz. Agar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi, hokimlarning esa ish uslubi o‘zgarmaydi”, - degan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident bu sohada davlat aralashuvini keskin kamaytirish bilan birga, hokimlarning reja ortidan quvish va majburiy mehnatga jalb qilish amaliyotiga butunlay chek qo‘yilishini aytgan edi.

Ammo Ozodlikka kelayotgan xabarlarga ko‘ra, hokimlarning fermerlar faoliyatiga aralashishi, ulardan reja talab qilish amaliyoti hali ham davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG