Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 12:27

Qo‘ng‘ir ayiqning o‘ldirilishi: Faollar noyob hayvonlarni ovlashni taqiqlashga chaqirmoqda


Toshkent viloyatida rossiyalik ovchi O‘zbekiston "Qizil kitobi"ga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otib o‘ldirgani faollar g‘azabini keltirgan.
Toshkent viloyatida rossiyalik ovchi O‘zbekiston "Qizil kitobi"ga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otib o‘ldirgani faollar g‘azabini keltirgan.

O‘zbekistondagi hayvon huquqlari himoyachilari "Qizil kitobi"ga kiritilgan va yo‘qolib borayotgan hayvonlarni pul evaziga va boshqa ko‘ngilochar maqsadlarda ovlashga ruxsat beruvchi qonun bekor qilinishini talab qilib chiqdi.

Toshkent viloyatida rossiyalik ovchi O‘zbekiston "Qizil kitobi"ga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otib o‘ldirgani faollar g‘azabini keltirgan.

“O‘zbekistonning “Qizil kitob”ga kirgan Tyanshan ayig‘ini ovchi mutlaq qonuniy ravishda o‘ldirgan. Afsuski, bizning ekologik qonunchiligimiz ovchilarga yovvoyi noyob hayvonlarni pul evaziga o‘ldirib, undan zavq olishlariga izn beradi. Bunga chek qo‘yish kerak”, - deydi Toshkentdagi “Jivaya planeta” hayvon himoyachilari jamiyati faoli Anastasiya Tashilova.

Rossiyalik ovchi Yevgeniy Shirokovning “Qizil kitob”ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqning qonga belangan suratini tarmoqlarga joylashi o‘zbekistonliklarni g‘azabga keltirdi.

Noroziliklarga javoban Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi rossiyalik ovchiga to‘lov evaziga rasman ruxsat berilganini aytib chiqdi.

Hodisa O‘zbekistonda noyob hayvonlarni ovlash va yovvoyi tabiatni asrash bilan bog‘liq qator savollarni o‘rtaga chiqardi.

“Qizil kitob”ga kirgan hayvonlarni o‘ldirish taqiqlanadi, deyilgan. Boshqa tomondan, mamlakat qonunlari ma’lum to‘lov evaziga ularni ovlashga, o‘ldirishga ruxsat berib qo‘yibdi”, - deydi Tashilova.

O‘zbekiston Vazirlar Maxkamasining 2014 - yil 20 - oktabrdagi 290-sonli qarorida O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarni ovlash ma’lum to‘lov evaziga O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ruxsatnomalari va belgilagan kvotalari asosida amalga oshirilishi aytilgan.

“Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida"gi qonunda esa, O‘zbekiston "Qizil kitob"iga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan sut emizuvchilar turlari bo‘yicha alohida to‘lov preyskuranti ham belgilangan.

O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun narxlar ro‘yxatida Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini ilmiy, tibbiy va nazorat maqsadida tutish uchun o‘zbekistonliklarga qariyb 20 million so‘m, sport, havaskorlik va o‘lja olish maqsadida tutish uchun esa, 25 million so‘mgacha to‘lov belgilangan.

Xorijlik fuqarolar bunday noyob hayvonni ovlash uchun 3 ming dollar miqdorida to‘lov qilishi kifoya.

Qonun nafaqat noëb ayiq¸ balki boshqa jonzotlarni ham ovlashga izn beradi.

Masalan, xoldor yo‘lbars va qoplon hamda ilvirsni chet ellik ovchi O‘zbekistonda 20 ming dollar to‘lab, otib o‘ldirishi mumkin.

Xongul kiyigi¸ Turkiston silovsini kabi “Qizil kitob”ga kirgan hayvonlarni ovlash haqi 7000 AQSh dollari qilib belgilangan.

O‘zbekiston Ekologiya qo‘mtitasi rasmiylari Rossiya fuqarosi Yevgeniy Shirokovga 3 ming AQSh dollari evaziga ikkita ayiqni otish uchun shu yilning 31 - dekabrgacha litsenziya berilganini tasdiqladi.

O‘zbekiston Ekologiya qo‘mtitasi Rossiya fuqarosi Yevgeniy Shirokovga ikkita ayiqni otish uchun shu yilning 31 - dekabrgacha litsenziya bergan.
O‘zbekiston Ekologiya qo‘mtitasi Rossiya fuqarosi Yevgeniy Shirokovga ikkita ayiqni otish uchun shu yilning 31 - dekabrgacha litsenziya bergan.

“Ikkinchi ayiqni o‘ldirishga ruxsatnoma to‘xtatildi”

Ekologiya qo‘mitasining Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy xududlar masalalari boshqarmasi boshlig‘i Abdurashid Sodiqov 18 - may kuni Ozodlik bilan suhbatda Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ining o‘ldirilishi “mutlaqo qonuniy” bo‘lgani, lekin jamoatchilik e’tirozi inobatga olinib, ovchiga ikkinchi ayiqni o‘ldirishga berilgan ruxsatnoma vaqtincha to‘xtatilganini aytdi.

“Bo‘stonliqda bittasini otdi. Lekin bu qonuniy bo‘lgan. Endi bu holat jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lganidan so‘ng ikkinchi ayiqni otishga ruhsat vaqtincha to‘xtatildi, priostanovlen”, - deya ta’kidladi mulozim.

Ammo Ekologiya qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i ba’zi hayvonlarni ovlashga O‘zbekistonda umuman ruxsat berilmasligini aytdi.

“Masalan, Zarafshon qirg‘ovulini o‘ldirish mumkin emas. Yana shunga o‘xshash qirilib ketayotgan hayvonlar borki, ularni ovlash, o‘ldirish mumkin emas, million dollar to‘lasangiz ham ruxsat yo‘q”, - deydi Sodiqov.

Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i rossiyalik Yevgeniy Shirokov O‘zbekistonda o‘ldirgan yagona noyob hayvon emas.

Rossiyalik ovchi “Qizil kitob”ga kirgan burama shoxli echki, qizilqum qo‘chqori, tog‘ takasi va Buxoro urialini ham otib o‘ldirgan.
Rossiyalik ovchi “Qizil kitob”ga kirgan burama shoxli echki, qizilqum qo‘chqori, tog‘ takasi va Buxoro urialini ham otib o‘ldirgan.

O‘tgan yil noyabrida olingan videoda Shirokov “Qizil kitob”ga kirgan burama shoxli echki, qizilqum qo‘chqori, tog‘ takasi va Buxoro urialini otib o‘ldirganini ko‘rish mumkin.

2020 - yilning fevral oyida bu hayvonlar BMTning “Ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvon turlarini saqlab qolish” Konvensiyasiga kiritilgan edi.

YouTube ga joylangan videoda Shirokov O‘zbekistonga kelganida uni qimmatbaho mashinalarda kutib olishgani, Buxoro, Surxondaryo, Bo‘stonliqdagi qirlarga O‘zbekiston bayrog‘i tushirilgan vertolyotda olib borilgani, mahalliy rahbarlarning xos mehmoni bo‘lganini ko‘rish mumkin.

U videoda O‘zbekistonda ovga narx arzon ekanini ham zavqlanib gapiradi.

Shirokov 2020 - yil boshidan buyon 18 jonivorni o‘ldirib, Rossiyaning eng zo‘r ovchisi nomini olgan.

“Jivaya planeta” hayvon himoyachilari jamiyati faoli Anastasiya Tashilova O‘zbekiston faunasi nafaqat post sovet o‘lkalari, balki arab mamlakatlaridan keluvchi puldor ovchilar uchun ham joziba kasb etganidan tashvish bildiradi

“Afsuski, mamlakatimiz o‘z faunasini xorijlik puldorlarga ular ko‘ngilxushlik qilishi, hayvonlarni o‘ldirib zavq olishlari uchun berib qo‘ymoqda. Tabiatimizni sotishni bas qilaylik!, - deydi “Jivaya planeta” hayvon himoyachilari jamiyati faoli Anastasiya Tashilova.

O‘zbekistonda yo‘rg‘a tuvaloq ovlash ishqida bo‘lgan arab shahzodalari

O‘zbekistonda dunyoning boshqa joylarida uchramaydigan hayvonot va qushlar dunyosi mavjud. Mahalliy qonunchilik ularni ovlashni taqiqlamaydi.

Shu bois ham bu mamlakat xorijlik ov ishqibozlarini o‘ziga tortib keladi.

Bundan oldin Ozodlik Birlashgan Arab Amirliklari shayxlari O‘zbekistonda lochinlari bilan yo‘rg‘a tuvaloq ovlagani haqda xabar bergan.

O‘tgan yil Qoraqalpog‘istonning Ustyurt mintaqasidagi yerning noyob qushlarni ovlashni hush ko‘radigan arab shayxiga arzon-garovga berilishi mahalliy aholi noroziligiga uchragandi.

O‘zbekiston Bosh vaziri farmoyishi loyihasida Abu Dabi amirligi valiahdi, shayx Shayx Mansur bin Zaid al Nahayon O‘zbekistonda noyob qushlarning naslini ko‘paytirish uchun Qo‘ng‘irotda 200 gektarlik dala lageri ochmoqchi ekani haqda yozilgan.

Ayni paytda yo‘qolib borayotgan qushlar aynan qanday qushlar ekani farmoyishda tilga olinmagan.

Ozodlik gaplashgan qo‘ng‘irotliklar esa, arab shayxlari Ustyurt yalangliklarida Qizil kitobga kirgan yo‘rg‘a tuvaloqlarni ko‘paytirib¸ ularni lochin yordamida ovlash rejasida ekanini aytishgan.

Abu Dabi valiahd shahzodasi O‘zbekiston cho‘llaridagi noëb qushlarni ovlashga ishqi tushgan yagona arab zodagoni emas..​

2019 - yilda prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarov Navoiy viloyatida yo‘rg‘a tuvaloqlarni ovlagani kelgan Dubay valiahd shahzodasi Hamdam bin Muhammad al-Maktumni shaxsan kutib olgan edi.

O‘z lochinlari bilan kelgan shahzodaga Otabek Umarov va Shavkat Mirziyoyevning yana bir kuyovi - Oybek Tursunov hamrohlik qilgani va ularga ziyofat qilib bergani haqida Ozodlik xabar bergan.

Xalqaro "Qizil kitob"ga kiritilgan yo‘rg‘a tuvaloqlarni ov qilgan shayxning o‘nlab lochinlari “O‘zbekiston havo yo‘llari” uchog‘ining biznes salonida Toshkentdan qaytib ketayotgani videosi tarmoqlarda bahslarga sabab bo‘lgan.

Yevropa mamlakatlarida noyob hayvonlarni katta pul evaziga ham ovlash mumkin emas.

XS
SM
MD
LG