Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 18:30

Rasmiylar Chustda bolalarning ommaviy zaharlanish sababi va miqyosini ochiqlamayapti


Chust tuman shifoxonasi, 22-sentabr. 2023. Video skrinshoti
Chust tuman shifoxonasi, 22-sentabr. 2023. Video skrinshoti

Namangan viloyatining Chust tumanida bog‘cha va maktab bolalarining ommaviy zaharlanish hodisasidan qariyb bir kun o‘tib hanuz zaharlanish sababi va miqyosi noma’lumligicha qolmoqda. Bu esa jamoatchilikda savollarni yanada ko‘paytirmoqda.

21-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Chust tumanida o‘nlab bola zaharlanib kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar tarqaldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Abrorbek Alijonov Ozodlikka bu xabarni tasdiqladi. Zaharlanish 20-sentabr kuni bog‘cha va maktablarda bolalarga bepul yod preparati berilgani ortidan sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiya qilgan va sotish uchun mo‘ljallanmagan 1 mg (0,001mg) kaliy yodid hukumatning oldinroq e’lon qilingan bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlashga oid dasturi doirasida tarqatilgan. Xuddi shu kuni respublikaning boshqa hududlarida ham ayni turdagi preparat bog‘cha va maktab bolalariga berilgani va haftaning har chorshanbasi "yod kuni" deb e’lon qilingani aytilmoqda. Tarmoqlarda ushbu preparat bog‘cha va maktablardan yig‘ishtirib olinayotgani haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqalmoqda. Bolalarning ommaviy zaharlanishiga ayni shu preparat sabab bo‘lgani rasman tasdiqlangani yo‘q.

Tarmoqlarda zaharlangan bolalar ko‘pligidan ba’zilarini shifoxona qabul qilmay uyiga yuborayotgani haqida ota-onalarning videomurojaatlari tarqaldi.

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga ko‘ra, Chust tumanidagi 23-sonli DMTTning tarbiyalanuvchilari orasida tana haroratining ko‘tarilishi, qusish, qorin og‘rig‘i alomatlari kuzatilgan. Dastlabki shikoyat bo‘yicha 5 nafar bola shifoxonaga olib kelingan. Keyinchalik shikoyat qiluvchilar soni 71 nafarga yetgan.

Boshqarma zaharlanish alomati ko‘ringan barcha bolalar – bog‘cha tarbiyalanuvchilari va maktab o‘quvchilari shifoxonaga yotqizilgani, ularning hech biri og‘ir ahvolda emasligini ma’lum qilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy xabarida zaharlanish holati yuzasidan barcha kerakli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani bayon qilingan.
“Ayni paytda bolalarning holati qoniqarli, ulardan 10 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berildi. Mazkur holat sabablariga oydinlik kiritilgach, qo‘shimcha axborot beriladi”, deyiladi vazirlik bildirgisida.


Ommaviy zaharlanish sababli Chustda favqulodda holat e’lon qilingani haqida ovoza ham tarqaldi.

Bosh prokuratura buni rad etib, tergovga qadar tekshiruv olib borilayotganini bildirdi.

Bolalarning aynan nimadan zaharlangani haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Ota-onalar va shifokorlar nomidan tarqatilayotgan xabarlarda bolalar yoddan zaharlangani iddao qilinadi.

SSV mulozimi Otabek Choriyevning mahalliy matbuotga ma’lum qilishicha, ayni paytda ovqat yoki doridan zaharlanish ehtimoli o‘rganilmoqda.


Ayni paytda Andijon viloyati rasmiylari viloyatda ham bolalarning ommaviy zaharlanish holatlari kuzatilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi.

Hodisa ortidan Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Elmira Bositxonova lavozimidan bo‘shatilgani haqida 22-sentabr kuni tarqalgan xabarlar ham rad etildi.

Hozircha rasman tasdiqlanmagan xabarga ko‘ra, Bosh vazir Abdulla Aripov vaziyatni o‘rganish uchun Namangan viloyatiga yo‘l olgan.

Rasmiylar vaziyat to‘liq nazorat ostida ekani, o‘lim holati qayd etilmagani va tekshirishlar natijasi bo‘yicha axborot berilishini aytmoqda.

Kun.uz” nashri Toshkent viloyati Angren shahridagi 3 ta davlat bog‘chasida bir vaqtning o‘zida 40 nafar bola zaharlangani haqida xabar e’lon qildi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, angrenlik bolalar ovqatdan zaharlangan.

O‘zbekistonda bolalarning zaharlanish holati tez-tez kuzatiladi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ma’lumotiga qaraganda, mamlakatda joriy yilning 8 oyi davomida 39 ta ovqatdan guruhli zaharlanish holati qayd etilgan. Oqibatda 412 kishi jabrlangan, ikki kishi vafot etgan. Zaharlanganlarning 86 nafari bolalardir.

Oxirgi hodisa Toshkent shahar sudida o‘tgan yili Hindistonda ishlab chiqarilgan «Dok-1 Maks» siropidan 65 nafar bolaning nobud bo‘lishi yuzasidan mahkama jarayoni davom etayotgan pallada yuz berdi. Mahkama jarayonini kuzatayotgan huquq faollariga ko‘ra, sud tergovi «Dok-1 Maks» siropi va boshqa dorilarning korrupsiyaviy sxemalar orqali mamlakatga kirib kelgani va iste’molga chiqarilgani fosh etgan.

"Ўлим сиропи": Ҳиндистонда «Док-1 Макс» ишлаб чиқарувчиси тергов қилинмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:20:22 0:00

17-avgustdagi sud tergovi chog‘ida davlat ayblovchisi xorijlik tadbirkordan yirik miqdordagi pulni kimga va nima uchun berganini so‘ragan. Hindistonlik tadbirkor 33 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni Farmatsevtika agentligining Dori vositalari tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi mulozimi J.E.ga tekshiruvlarni to‘xtatish evaziga pora sifatida berganini aytgan.

«Dok-1 Maks» siropining sifat nazorati pastligi, ularning zararlari oqibatlari yuzasidan Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti 2022-yil oktabr oyining boshidayoq ko‘plab mamlakatlar qatori O‘zbekistonni ham ogohlantirgan. Biroq ogohlantirishlardan so‘ng ham dori vositalari o‘tgan yilning qurbonlar soni keskin ortib ketgan dekabr oyida ham iste’molga chiqarilgan.

XS
SM
MD
LG