Линклар

Шошилинч хабар
29 октябр 2024, Тошкент вақти: 02:34

“Sharq”: Madaniy yodgorliklar yashirincha vayron qilinmoqda - faollar


Bir uchida ulkan soat minorasi bo‘lgan bu 16 qavatli bino Toshkentning tashrif qog‘oziga aylangan. 
Bir uchida ulkan soat minorasi bo‘lgan bu 16 qavatli bino Toshkentning tashrif qog‘oziga aylangan. 

Bir uchida ulkan soat minorasi bo‘lgan bu 16 qavatli bino Toshkentning tashrif qog‘oziga aylangan.

Ellik yil avval me’mor Rixard Bleze tomonidan sovet modernizmi uslubida yaratilgan binoning maxfiy hukumat qarori bilan moddiy madaniy meros ro‘yxatidan chiqarilgani uning buzilishi haqidagi xavotirlarni kuchaytirdi.

“Haqiqiy ismlaringiz bilan imzo chekishdan qo‘rqasizmi? Toshkentliklarning yuziga tik qarashga jur‘at yo‘qmi sizda? Madaniy yodgorliklar yashirincha, xoinlik bilan uyatsizlarcha yo‘q qilinmoqda”, deb yozdi o‘zbekistonlik taniqli jurnalist va bloger Nikita Makarenko Facebook sahifasida.

San’atshunos Boris Chuxovich esa: "Agar bu bino buziladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan bo‘lsa poytaxt markazi qiyofasida yana bir siniq tish paydo bo‘ladi. Uning o‘rniga tushadigan oltinrang qoplamali bino ham vaziyatni o‘nglay olmaydi”, - deb fikr bildirdi.

O‘tgan yil sentabr oyida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Sharq” nashriyot-matbaa korxonasi binolari va 16 qavatli kurantli binoni ham yagona mulkiy majmua sifatida savdoga, ya’ni xususiylashtirishga qo‘ygan edi.

Madaniy meros agentligi o‘shanda binoning O‘zbekiston moddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilganini eslatib, ularni auksiondan olib tashlashni talab qilgan.

Iqtisodchi Otabek Bakirov fikricha, “Sharq” nashriyot-matbaa korxonasiga tegishli tarixiy binoning moddiy madaniy meros ro‘yxatidan chiqarilishi uning “prixvatizatsiya qilib buzish” urinishlarning davomi bo‘lishi mumkin.

“Ro‘yxatdan chiqarilish, katta ehtimol, bu binoning o‘zligiga xos arxitektura yechimini saqlab qolgan holda ta’mirlash emas, "prixvatizatsiya qilib" buzishni va o‘rniga boshqa bir didsiz ballambaloni qurishni anglatadi”, deb yozdi Bakirov Telegram kanalida.

Avvalroq Buyuk Turon ko‘chasidagi boshqa bir inshoot — Davlat xavfsizlik xizmatining to‘rt qavatli sobiq qarorgohi shu tariqa xususiylashtirilgan edi.

Moddiy madaniy meros obyektlarining 2019-yilda shakllantirilgan va hukumat tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatida DXX eski binosi ham bor.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-iyundagi yopiq qarori bilan bino madaniy meros ro‘yxatidan chiqarilgan.

Shu kunning o‘zida ushbu bino sobiq Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘liga aloqador kompaniya tomonidan sotib olingani e’lon qilindi. 2023-yil iyulida binoni buzish ishlari boshlandi, o‘rnida 22 qavatli mehmonxona qurilishi boshlab yuborilgan.

Madaniy meros agentligi “Sharq” nashriyoti binolari madaniy meros obyektlari ro‘yxatidan chiqarilishini izohlarkan, “ayanchli holatida ekani va to‘liq rekonstruksiyani taqozo etishi”ni bildirdi.

“Ekspertiza natijalariga ko‘ra, Ishchi guruh tomonidan bino va inshootlarning aksariyati to‘liq rekonstruksiyani taqozo etuvchi avariya holati, ayanchli ahvolda ekani to‘g‘risida tegishli xulosalar qilindi. Shuningdek, tarixiy va madaniy ahamiyatga molik binolar aniqlandi”, deyiladi Madaniy meros agentligi bayonotida.

Bloger Nikita Makarenko fikricha, Madaniy meros agentligi bayonotidan idora “Sharq” binosini himoya qilayotgani ko‘rinmaydi.

“Toshkentning tashrif qog‘ozi bo‘lgan Rixard Bleze qurgan bino unikal ahamiyatga ega, poytaxtliklar uning yo‘q qilinishini xohlamaydilar. Bino O‘zbekistonning moddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilishi kerak. Biz yodgorliklarimizni asrab-avaylashimiz, ularni Vazirlar Mahkamasining yopiq qarorlari bilan yashirincha yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak”, deydi Makarenko.

Toshkentning siniq tishlari

O‘zbekistonlik faollar uzoq yillardan buyon Toshkent yoki boshqa shaharlarni yanada obodonlashtirish, uni chiroyli qilish vaji bilan tarixiy, madaniy qiymatga ega binolar vayron etilayotgani haqida bong urib keladi.

“Madaniy meros agentligining bugungi bayonotiga kelsak, ular 16 qavatli binoning ko‘rinishini saqlab qolishga intilishadi. O‘ylaymanki, bu yondashuvga hech kim e’tiroz bildirmaydi - bu bino o‘zining asl ko‘rinishini deyarli yo‘qotgan bo‘lsa-da, shahar makonida va xotirada o‘z ahamiyatini saqlab qolgan”, deb fikr bildiradi.

O‘zbekistonning Britaniyadagi turizm elchisi Sofi Ibotson: “Toshkentda taraqqiyot uchun joy kam emas, lekin shahar jozibador me’moriy yodgorliklarni, jumladan, “Sharq” binosini ham yo‘qotish xavfi ostida”, deydi.

O‘tgan asrning 1960-1990-yillarida Sovet Ittifoqidagi to‘rtinchi yirik shahar - Toshkentning me’moriy qiyofasi shakllandi.

Modernizm uslubidagi ko‘plab fuqarolik va ma’muriy binolar, teatr, muzey, san’at saroylari, mehmonxonalar qurildi.

“Sovet modernizmi uslubida qurilgan 16 qavatli bu binoni ba’zi arxitektorlar Toshkentning ikkinchi tashrif qog‘ozi, ayrimlari hatto birinchi tashrif qog‘ozi deb bilgan. Bino buziladigan bo‘lsa Toshkent ko‘p narsani yo‘qotadi. Agar bino rekonstruksiya qilinadigan bo‘lsa, uning asl arxitektura ko‘rinishi saqlab qolinishi kerak”, deydi Nikita Makarenoo.

O‘zbekiston 1991-yilda Sovet Ittifoqidan mustaqillikka erishgach uning birinchi prezidenti Islom Karimov davrida shaharning postsovet landshaftini modernizatsiya qilishga harakatlar bo‘ldi, ko‘plab binolar shisha va alyuminiy bilan qoplandi.

Mustaqillik maydonidagi Vazirlar Mahkamasining osmono‘par egiz binosi ham “kallaklanib”, ustiga shisha qoplandi.

Karimov vafotidan so‘ng hokimiyatga kelgan sobiq bosh vazir Shavkat Mirziyoyev davrida yirik obodonlashtirish loyihalari vositasida shaharni tubdan o‘zgartirish boshlandi.

Toshkentning yana bir noyob me’morchilik yodgorligi sanalgan “Kinochilar uyi” o‘rnida shisha bilan qoplangan ko‘p qavatli binolar paydo bo‘ldi.

Bu holat shaharning eski qiyofasini saqlab qolmoqchi bo‘lganlar noroziligiga sabab bo‘ldi.

Тошкентдаги "Киночилар уйи" бузиб ташланмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:59 0:00

Buzishlar bu bilan to‘xtamadi. ToshMIning Chor Rossiyasi podshosi Nikolay davrida g‘ishtdan qurilgan eski binosi¸ Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti bosh binosining sirt qismi batamom buzib tashlandi.

Nufuzli tadbirlar o‘tkazib kelingan asosiy marosim zallaridan biri “Navro‘z” restorani – “Navro‘z davlat qabullar uyi”ham “avariya holatida” degan vaj bilan tekislandi.

“Navro‘z” kompleksi 1980-yillardagi yuqori zilzilabardoshlik koeffitsiyentini ko‘zda tutgan sovet davri texnik reglamentlari, shaharsozlik talablari hamda qurilish normalari va qoidalariga muvofiq qurilgan. Binoning tunda shaharliklardan yashirincha buzilishi bino joylashgan joy jozibasi bilan bog‘liqligi haqidagi farazlarni o‘rtaga chiqargandi.

2020-yilda Toshkentning Mustaqillik maydonidagi gorizontal favvora shahar qiyofasini o‘zgartirish rejasining yana bir qurboni bo‘ldi.

Toshkent timsoli sifatida 52 yildan beri ishlab turgan fontan Toshkent shahrining o‘sha paytdagi hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev buyrug‘i bilan buzilganini bildirildi.

Favvora nafaqat Toshkent timsoli¸ balki me’morlik san’ati namunasi ham bo‘lgan.

Taniqli qo‘shiqchilar Botir Zokirov¸ Mansur Toshmatov va Farrux Zokirovlarning musiqali kliplarida “Porlagan Toshkent “ timsoli o‘laroq vasf qilingan fontan 1967-yili taniqli sovet arxitektori tarafidan qurilgan edi.

Mashhur sovet arxitektori Boris Mezensev rahbarligida yaratilgan bu fontan majmuasi¸ san’atshunoslar e’tirofiga ko‘ra “Sharq va G‘arb me’moriy uslublari uyg‘unligidan iborat” bo‘lgan.

SSSR davridan qolgan g‘aroyib binolardan yana biri mashhur Chorsu bozori. Feruza temuriy koshinlari bilan qoplangan keng beton gumbaz ostidagi ulkan yopiq bozor. majmuasiga katta zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan "ta’mirlash" rejalashtirilgan.

Bozor yonidagi sobiq “Moskva” hozir “Chorsu” deb ataluvchi mehmonxona ham buzilishga yuz tutgan.

Toshkent so‘nggi 30 yil ichida amalga oshirilgan buzilishlar davomida tramvay va trolleybus liniyalaridan ayrildi.

O‘tgan asrning 60-yillaridan beri tramvay va trolleybuslar Toshkent manzarasining ajralmas qismi bo‘lgan.

2016-yilda Toshkentda tramvay liniyalari hech qanday konsepsiya va muqobil yechimsiz bekor qilindi.

Millionlab dollar sarflab yangi tramvaylar sotib olingan kezda bu transport qatnovidan voz kechildi.

Tramvay yo‘llari buzilib, avtomobil yo‘llari kengaytirildi.

Bugun esa Toshkent dunyodagi havosi eng iflos shaharlardan biriga aylanar ekan, atrof-muhit himoyachilari shaharda avtomobillar harakatini cheklash va Ai-80 benzinini taqiqlash chaqiriqlari bilan chiqishmokda.

XS
SM
MD
LG