Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 06:30

Starlink Internet xizmati yil yakunigacha to‘liq mobil bo‘lishi mumkin


SpaceX shirkati 2018 - yilning fevralidan beri o‘zining Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini Yer orbitasiga chiqarib keladi. Shirkat bugunga qadar yuzlab yo‘ldoshni orbitaga chiqardi. Bir kun kelib ularning soni 54 mingga yetishi kutilmoqda.

Ushbu ulkan tarmoqni yaratishdan maqsad sayyoraning istalgan nuqtasida aholini yuqori tezlikdagi Internet aloqa bilan ta’minlashdir.

SlashGear nashrining xabar berishicha, o‘tgan haftada Ilon Mask yil yakunigacha Starlink Internet xizmati to‘liq mobil bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.

To‘liq mobil bo‘lish degani bu – Internet xizmati mijozlar ortidan turli manzillarga ergashishi va harakatlanayotgan transport vositalarida ham ishlashini anglatadi.

Bundan tashqari, o‘tgan haftada Mask Starlink yoz oylarida beta-versiyadan chiqishi mumkinligini aytgan. Bugunga qadar Starlink o‘tgan oktabrda e’lon qilgan beta xizmatga 10 mingdan ortiq odam yozilgan.

Beta-versiya foydalanuvchilari o‘z qurilmalarini bir manzildan ikkinchisiga ko‘chira olmaydilar. Bundan tashqari, beta-xizmat faqat bitta uy manzilida ishlaydi.

Twitter foydalanuvchisi savoliga javoban Mask Starlink loyihasining kelajagi haqida ko‘proq tafsilot berdi.

Foydalanuvchilarning biri qachon parabolik antennani g‘ildirakli uyga yoki kichik uyga o‘rnatish, shuningdek, bir manzildan ikkinchisiga ko‘chirish imkoniyati paydo bo‘lishi haqida so‘radi.

Bunga javoban Mask Starlink joriy yil yakuniga qadar to‘liq mobil bo‘lishini, bu esa xizmatni istalgan joyga ko‘chirish yoki harakatlanayotgan avtomobilda foydalanish imkonini berishini aytdi.

Mask to‘liq qamrovni ta’minlash uchun SpaceX "yana bir necha sun’iy yo‘ldoshni uchirishi" kerakligi hamda tizimning dasturiy ta’minoti ayrim tuzatishlarga muhtoj ekanini qo‘shimcha qildi.

SpaceX shirkati Starlink xizmatini mobil qilish uchun mart oyida AQSh Federal aloqa komissiyasiga hujjat topshirgan.

SpaceX idoraga yuborgan so‘rovida o‘z xizmatini mobil qilish jamoat manfaatini ko‘zlashi va operatorlar va yo‘lovchilarga samaradorlikni oshirish uchun xizmatlardan foydalanish imkoniyatini berishini urg‘ulagan.

XS
SM
MD
LG