Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 22:35

“Taslim bo‘lmayotgan qal’a” Azovstal metallurgiya zavodiga fotonigoh


Mariupoldagi sovet davrida qurilgan Azovstal temir va po‘lat zavodini hujjatlashtirgan suratkash zavod haqidagi ma’lumotlarni taqdim qildi.

Kreml nazoratidagi TASS axborot agentligiga ko‘ra, 19-aprel kuni Rossiya qo‘llab-quvvatlovidagi ayirmachilar “inshootni egallash uchun tuzilgan hujum guruhlari” bilan Mariupoldagi Azovstal zavodiga kirib kela boshlagan.

18-aprel kuni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan qariyb ikki oy o‘tib Mariupoldagi Azovstal temir-po‘lat zavodi tepasida tutun ko‘tarildi.
18-aprel kuni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan qariyb ikki oy o‘tib Mariupoldagi Azovstal temir-po‘lat zavodi tepasida tutun ko‘tarildi.

Bahsli Azov batalyonining ukrain jangchilari, neo-natsist ramzlari aks ettirilgan bayroqlarni ko‘tarib olgan batalyon a’zolari qirg‘inbarot jangga tayyorgarlik ko‘rish uchun zavod ichiga yashiringan. Ukrainaliklar taslim bo‘lish haqidagi oldingi chaqiriqlarga javob bermagan.

1978-yil. Azovstal darvozasi
1978-yil. Azovstal darvozasi

Azovstal o‘z faoliyatini 1933-yilda, sovet hukumati yuklarni temir rudasi konlaridan keltirish qulay bo‘lgani uchun Azov dengizi sohilidagi joyni tanlagach boshlagan. Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinidan oldin zavodda 10 000 dan ortiq kishi ishlagan.

1943-yilda Mariupoldan chekinayotgan fashistlar vayron qilgan Azovstalning bir qismi.
1943-yilda Mariupoldan chekinayotgan fashistlar vayron qilgan Azovstalning bir qismi.

1941-yilda zavod ichidagi jihozlarning ko‘p qismi Sovet Ittifoqining sharqiy hududlariga olib ketilgandan so‘ng Azovstal o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ladi.

Suratkash Viktor Macha
Suratkash Viktor Macha

Chexiyalik sanoat suratkashi Viktor Macha 2016-yilda zavodning ichki qismini hujjatlashtirgan. Machaning aytishicha, u butun Yevropa bo‘ylab metallurgiya zavodlari yopilishi va rejali buzilishlarida ishtirok etgan. Biroq, uning fikricha, Azovstalning hozirgi o‘qqa tutilishi “mutlaqo nazoratsiz vahshiylik”.

Quyidagi fotosuratlar Macha 2016-yilda Azovstalga borganida olingan bo‘lib, hozirgi janglarning yakuniy qismi qanday bo‘lishi haqida bir oz tasavvur beradi.

Azovstaldagi pechlar va katta maydondan o‘tadigan temir yo‘llardan biri
Azovstaldagi pechlar va katta maydondan o‘tadigan temir yo‘llardan biri

Ukraina janubi-sharqidagi Mariupolda ikkita yirik metallni qayta ishlash zavodi joylashgan. Azovstaldan kattaroq bo‘lgan Ilich po‘lat zavodi aprel oyining o‘rtalarida Rossiya boshchiligidagi kuchlar tomonidan bosib olingan va katta zarar ko‘rgan. Machaning aytishicha, kichikroq Azovstal zavodi ukrainalik jangchilarning so‘nggi istehkomi sifatida tanlangani bejiz emas, chunki uning ostida "bombadan muhofaza qiluvchi boshpanalar" mavjud.

Azovstal po‘lat zavodi ishchisi
Azovstal po‘lat zavodi ishchisi

2016-yilgi tashrifi chog‘ida unga Azovstal boshpanalariga kirishga ruxsat berilmagan bo‘lsa-da, Machaning aytishicha, zavod 1940‑yillarda Ikkinchi jahon urushining og‘ir saboqlaridan so‘ng qayta tiklanganida, sovet hukumati “avval bomba boshpanalarini qurgan, keyin esa yuqoridagi po‘lat tegirmonni qayta qurishgan. Shu sababli zavoddagilar yaxshi himoyalangan, ammo bu yetarli emas”.

Azovstaldagi og‘ir plastinka bukadigan stanoklar
Azovstaldagi og‘ir plastinka bukadigan stanoklar

Macha Ozodlik bilan suhbatda kuchli bombalangan zavod ichidagi sharoitni “haqiqiy dahshat bo‘lsa kerak” deb tasavvur qilishini ta’kidladi. “Azov batalyoni va tinch aholi hozir nimalarni boshidan kechirayotganini tasavvur qila olmayman”, deydi suratkash.

Mariupol shahar kengashining bildirishicha, Azovstal ostidagi bunkerlarda 1000 dan ortiq tinch aholi boshpana topgan. Rossiya qo‘llab-quvvatlaydigan ayirmachilar esa zavod hududida tinch aholi borligini rad etadi.

Azovstaldagi pechlar
Azovstaldagi pechlar

Chexiyalik suratkash Mariupoldan kelayotgan xabarlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda va jangdan keyin "Azovstaldan ko‘p narsa qolmaydi" degan xavotirda.

Azovstalda issiq metall aralashtirgich
Azovstalda issiq metall aralashtirgich

Azovstalning allaqachon uzoq o‘tmishda boshdan kechirgan vayronagarchilik tarixini inobatga olgan holda, Macha ukrainaliklar uchun bunday vaziyat yangilik emasligi, ular Ikkinchi Jahon urushidan keyin bo‘lgani kabi, Azovstalni yana tiklashiga ishonadi.

XS
SM
MD
LG