Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:23

Ukrainadagi urush migrantlarning Rossiya pasportiga havasini so‘ndirmoqda


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Rossiya Ukrainaga hujum qilgan 24-fevraldan boshlab Rossiya fuqaroligi ortiq tojik mehnat migrantlari uchun orzu bo‘lmay qoldi. Rossiyada ishlayotgan yoki u yerga borish istagida yurgan migrantlar ham, tojik siyosatshunoslari ham shu fikrdalar.

Urush boshlanguncha vaziyat buning tamoman aksi edi. Rossiya Federatsiyasi IIV ma’lumotiga ko‘ra, Tojikiston Rossiya pasportini olgan fuqarolari salmog‘i bo‘yicha Ukrainadan keyin ikkinchi o‘rinda bo‘lgan: o‘tgan 2021-yilning o‘zida 103 mingdan ziyod tojikistonlik RF fuqaroligiga o‘tgan. So‘nggi besh yilda esa 300 mingdan ortiq kishi tojik pasportini Rossiya pasportiga almashtirgan.

Aksar tojikistonliklarga Rossiya fuqaroligi – byurokratik masalalarni hal qilish va Rossiyada ishga joylashish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishga pul to‘lamaslik uchun zarur edi. Ularning ko‘pchiligi Rossiyaga doimiy yashash uchun ko‘chib borishga, ayniqsa oilalarini olib ketishga oshiqmasdi.

“Nastoyashcheye vremya” muxbiri Dushanbe turg‘unlaridan ularda Rossiya pasporti yoki uni olish istagi bor yoki yo‘qligi, Rossiya fuqaroligi ularga nimaga zarurligi haqida so‘radi.

Mana dushanbeliklarning javoblari:

“Patentga, registratsiyaga xarajat qilmaslik uchun”, dangal tan oldi savolga tutilgan bir erkak.

“Ertaga Rossiyaga uchib ketyapman. Hujjatlarni rasmiylashtirishga o‘ttiz ming rubl sarflashim kerak. Rossiya fuqarosi bo‘lganimda bunaqa chiqimlarga hojat qolmasdi”, deydi yana biri.

“Fuqarolik ish yuzasidan zarur – hujjatlarga pul sarflamaslik uchun”, deya oldingi fikrlarni takrorlaydi uchinchi dushanbelik.

“Menimcha, fuqarolikka o‘tishga intilishimizning asosiy sababi bu bizning yaxshiroq turmush sharoitiga ega bo‘lish istagimiz bo‘lsa kerak”, deydi so‘ralgan navbatdagi kishi.

“Menga esa Rossiya pasporti kerak emas. Aslida uning aytarli qiymati yo‘q. Rossiya rasmiy idoralari xohlagan paytlarida sizni fuqarolikdan mahrum etishi mumkin”, deydi yana biri.

Tojikistonlik siyosiy sharhlovchi Abdumalik Qodirov Rossiya pasportiga talabgorlar kamayishining iqtisodiy va siyosiy sabablari mavjudligini aytadi. Biroq eng asosiy sabab, uning fikricha, Rossiya Ukrainada boshlagan urush va buning ortidan Kremlga qarshi joriy etilgan sanksiyalardir. Xususan, sanksiyalar rubl kursini tushirib yuborib, iqtisodiyotda katta muammolarni vujudga keltirdi.

“Hozir Rossiyada ishlab pul topish oson emas. Ish o‘rinlari kamayib ketdi, Rossiya hukumati esa birinchi galda o‘z fuqarolarini ish bilan ta’minlashga harakat qiladi. Bu bitta sabab. Ikkinchisi – Ukraina bilan urush: fuqarolikka potensial talabgorlar urushga borishdan qo‘rqishadi, albatta. Qolaversa, Jirinovskiy o‘lib ketgan bo‘lsa ham Sergey Mironov va unga o‘xshagan boshqa siyosatchilar tojikistonliklarni fuqarolikka qabul qilmaslikka chaqirib yotishibdi”, izoh beradi Qodirov.

Rossiya Davlat Dumasi 5-apreldan e’tiboran chet elliklar, jumladan tojikistonliklar uchun RF fuqaroligiga o‘tish tartib-taomillarini soddalashtirdi. Ammo, siyosatshunos Abdumalik Qodirov fikricha, endi bu tojikistonliklar nazarida Rossiya pasporti jobizasini oshira olmaydi.

XS
SM
MD
LG